O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Hаrаkаt аnаlizаtоrining funksiоnаl hоlаtini aniqlаsh
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
sport tibbiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reabilitatsiyaning pedagogik omillari.
Hаrаkаt аnаlizаtоrining funksiоnаl hоlаtini aniqlаsh.
1. Tеkshiriluvchining bitta oyog`i yoki qo`ligа kinеmоtоmеtr аsbоbi biriktirilаdi (bоg`lаnаdi), so`ngrа u shu qo`li yoki oyog`ini, 37
80 to`ldirish maqsadida, sportchi organizmining funksional holatini e`tiborga olmagan holda, mashg`ulot hajmi va tezligini qisqa muddat davomida oshirib yuborilishi. Buning natijasida sportchida o`tkir yoki surunkali zo`riqish holati yuzaga kelishi. Tajribali trener bunday buzilishlarga albatta yo`l qo`ymasligi tabiiy. Reabilitatsiya jarayonida sportchi kuch-quvvatini tiklashning uch guruh omillari qo`llanishi, ular bir-birini to`ldirishi lozim. Jumladan, pedagogik, psixologik, tibbiy reabilitatsiya omillari. Reabilitatsiyaning pedagogik omillari. Bu sog`lomlash- tirilgan sportchilarning ish qobiliyatini to`liq ishga solishda asosiy ahamiyatga ega. Bunda trener faoliyati, uning bilimi va tajribasi asosiy o`rinni egallaydi. Jumladan, trenirovka rejasi va jadvalini ilmiy asosda tuzish, mashg`ulotlar hajmi va tezligini sportchi organizmining funksional holatini hisobga olgan holda belgilash. Zo`riqish, kasallik, shikastlanishdan davolanib, tuzalib, sport- ga qaytgan sportchining trenirovka boshlash muddatini sport vrachi belgilaydi. Trenirovka rejasida asosiy mashg`ulotlar bilan birga, sportchi o`tkazgan kasallik yoki shikastlanishni e`tiborga olgan holda, davo- lash gimnastikasi mashqlari ham nazarda tutilishi kerak. Davolanishdan keyin, trenirovka boshlanishi davrida sportchi kasallanish (shikastlanish yoki zo`riqish) dan oldin, bajarishga moslashgan yuklamaning 30-40 foizi qo`llanadi. Katta kuch va tezlik talab etiladigan mashg`ulotlar berilmaydi. Trenirovka jara- yonida sportchi charchamasligi kerak. Mashqlar o`rtasidagi dam olish (tanaffus) vaqti odatdagidan uzoqroq bo`lishi lozim. Trenirovkaning kirish va tayyorgarlik qismlariga ko`proq vaqt ajratiladi. Trenirovkada dasturdagi mashg`ulotlar bilan birga me`yorlashtirilgan yurish, yugurish, suzish, umumiy rivojlantiruv- chi mashg`ulotlar, sport o`yinlari o`tkaziladi. Shuningdek, massaj, trenajyorlarda shug`ullanish, davolash gimnastikasi keng qo`llanadi. Trenirovkaning birinchi davrida (bir necha kun davomida) kasallik yoki shikastlanishdan endigina sportga qaytgan sportchi- ning o`ziga mos bo`lgan sherik (partnyor) topishi qiyin, shuning uchun mazkur sportchining shaxsan o`zi (indiviudal holda), trener- 5. Ko`rish o`tkirligi pаsаygаn оdаm, spоrtning yuqorida ko`rsаtilgаn turlаri bilаn shugullаnishi mumkin emаs. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling