JISMONIY TARBIYA VA SPORT BILAN
SHUG`ULLANUVCHILARNI TEKSHIRISH
SHAKLLARI VA USLUBLARI
Yurak-tomir tizimining funksional holatini aniqlash.
“Sportchi yuragi” ning funksional xususiyati.
Sport mashg`ulotlarida harakatlarni bajarish og`irligi ko`proq
yurakka tushadi. Mashg`ulotlarni muntazam ravishda bajarish, asta-
sekin mashg`ulot hajmi va tezligini oshirish natijasida, yurakning
funksional imkoniyati asta-sekin kuchaya boradi, ya`ni u katta
hajmdagi va tezlikdagi harakatlarni bajarganda tananing barcha
hujayra, to`qima, a`zolarini qon, kislorod, oziq moddalar bilan
ta`minlashga moshlashadi, yurak chiniqadi. Yurakning muskul
tolalari yo`g`onlashadi, devorlari qalinlashadi, bo`shlig`i kengayadi,
hajmi kattalashadi, qisqarish kuchi oshadi. Sportchi yuragining
shunday xususiyatlarga ega bo`lishi “Sportchi yuragi” ning funk-
sional xususiyati deb nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |