O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Hozirgi kunda dorivor o„simlikshunoslik sohasi


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Hozirgi kunda dorivor o„simlikshunoslik sohasi 
 
Tayanch iboralar: o‗simlik dunyosi, savdo-sotiq, kanakunjut o‗simligi, 
Buqrot,Arastu,Teofrast,Dioskorid,Galen va Pliniy,Galen preparatlari, farmatsiya 
sohasi,Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab tabobati va b.q. 
Dorivor o„simliklardan foydalanish tarixi. O‗tmishdan insoniyat 
o‗simlik dunyosidan oziq-ovqat va shifobaxsh vosita sifatida foydalanib kelingan. 
SHu davrda dorivor o‗simliklar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar qabiladan-qabilaga va 
avloddan-avlodga faqat og‗zaki ravishda o‗tib kelgan va tarqalgan.
Keyinchalik, davlatlar o‗rtasida savdo-sotiq va boshqa munosabatlar 
o‗rnatilgandan so‗ng, ana shu davlatlarda boshqa davlatlardan keltirilgan dorivor 
o‗simliklar hisobiga dorivor o‗simliklar mahsulotining turlari ko‗paya bordi. 
YOzuv paydo bo‗lganidan keyin dorivor o‗simliklar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar 
yozma ravishda tarqala boshladi. Demak, dorivor o‗simliklardan foydalanish 
bo‗yicha boshlang‗ich tarix ma‘lumotlarini yozuv va ilm-fan taraqqiy topgan 
davrdan boshlangan deb hisoblash mumkin. 
Qazilmalarda Suriya shoxi Assurbanipal (Sardanapal, eramizdan avvalgi 
668 yil) kutubxonasidagi sopolga mixxat bilan yozilgan 22000 jadval topilgan 
bo‗lib, shundan 33 ta jadval dorivor o‗simlik mahsulotlariga doir ma‘lumotlar 
kayd kilingan. Tarixiy ma‘lumotlarga qaraganda, o‗sha davrda Suriya davlatida 
dorivor o‗simliklar ekiladigan maydonlar ham bo‗lgan. Misrda esa dorivor 
o‗simliklar bundan ham ilgari ekila boshlangan. Masalan, eramizdan 2000 yil 
avval Misrda kanakunjut o‗simligi ekilganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. 
Dorivor o‗simliklar haqida hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan qadimiy 
ma‘lumotlarni yunon adabiyotlarida uchratish mumkin. YUnonlar (Greklar) 
o‗zlarida etishtiriladigan dorivor o‗simliklardan foydalanish bilan bir qatorda
Misr, Eron va boshqa Osiyo mamlakatlaridan keltirilgan dorivor mahsulotlardan 
ham foydalanishgan. 
Mashhur qadimgi xakimlar (vrachlar) Buqrot (Gippokrat), Arastu 
(Aristotelь) va ularning shogirdi Teofrast, farmakognoziya «asoschisi» Dioskorid 
kabi olimlarning nomlari dunyo bo‗ylab tarqalgan. 
Buqrot (eramizdan avvalgi 460-377 yillar) bemorlarni parhez ovqatlar bilan 
davolagan. U yozgan kitoblarida dorivor o‗simliklarning 236 turi ta‘riflangan. 
Arastu va uning shogirdi Teofrast (eramizdan to‗rt asr oldin) ko‗pgina 
dorivor o‗simlik turlarini ta‘riflash bilan birga ularning shifobaxsh (foydali) 
xususiyatlarini ham ko‗rsatib o‗tishgan. 



O‗z davrining atoqli olimi vrachi Dioskorid (eramizning I asrida yashagan), 
«Materia medica» nomli mashhur kitobida juda ko‗p dorivor o‗simliklarni rasmlari 
bilan keltirgan va tavsif bergan. Lotin tiliga tarjima qilingan bu kitobdan Evropalik 
vrachlar XVI asrgacha qo‗llanma sifatida foydalanib kelganlar. 
Ko‗xna Rimda Galen va Pliniy (akasi) dorivor o‗simliklar bo‗yicha darslik 
tayyorlash bilan uzoq vaqt shug‗ullanganlar. Vrach Galen (eramizning 130- 
yillarida tug‗ilgan) farmatsiya va tibbiyot sohasiga doir bir qancha kitoblar yozgan. 
Olimlar o‗z kitoblarida 304 ta dorivor o‗simlik, 80 ta hayvon va 60 ta mineral 
moddadan olinadigan dorilarni ta‘riflagan.
Galen o‗simlik va hayvon organlaridan tayyorlangan (tarkibida ta‘sir 
etuvchi modda bo‗lgan) dori turlari bilan bemorlarni davolashni birinchi bo‗lib 
taklif etadi. Bu dorilar hozirgi kunda ham «Galen preparatlari» nomi bilan 
yuritiladi. Galenning tibbiyot va farmatsiya sohasida yozgan asarlari XIX asrgacha 
tibbiyot amaliyotida katta ahamiyatga ega bo‗lib keldi. 
Osiyoning sharqiy-janubida joylashgan davlatlarda (Xitoy, Tibet, 
Xindiston) qadimdan bemorlarni asosan dorivor o‗simliklar bilan davolab 
kelingan. SHu sababli Hindiston, Tibet, Xitoy va Arab tabobatida (tibbiyotlarida) 
ishlatiladigan dorivor o‗simliklar bugungi kunda ham o‗z ahamiyatini 
yo‗qotmagan.
Hindiston florasi o‗simliklarga juda boy bo‗lib, unda ko‗plab dorivor 
o‗simliklar uchraydi. SHuning uchun bu erda xalq tabobati boy tajribaga ega 
bo‗lib, bemorlarni asosan mahalliy flora dorivor o‗simliklari bilan davolanganlar. 
«YAyur-veda» («Hayot hakidagi fan») dorivor o‗simliklar haqida yozilgan 
ko‗xna hind kitobidir. Bu kitob qayta-qayta ishlanib bir necha bor chop etilgan. 
Hind olimi Vrach Sushruta qayta yozgan bu kitobda 700 xil dorivor o‗simlik bayon 
etilgan. Bu kitob hozirda ham o‗z qimmatini yo‗qotmagan. 
Hind tibbiyoti dastlab Tibet, Xitoy, YAponiya, keyinchalik esa 
Mo‗g‗uliston va Rossiyaga (Buryatiyaga) yoyila boshlaydi. Bu davlatlardagi 
mahalliy dorivor o‗simliklar soni Hindistondan keltirilgan o‗simliklar hisobiga orta 
bordi. 
Osiyo davlatlarida qadimdan foydalanib kelinayotgan dorivor o‗simliklar, 
hayvon mahsulotlari va mineral moddalarni ma‘lum bir tizimga solishda Arab 
tibbiyot olimlarining xizmati katta bo‗ldi. Ular tibbiyot sohasida yozilgan 
kitoblarni nafaqat arab tiliga tarjima qilish, balki qayta nashrdan chiqarishga xam 
erishdilar. Hindistondagi dorivor mahsulotlar va moddalarni arab tibbiyotida 
qo‗llay boshladilar.
O‗z davrining mashhur tabiblari yurtdoshimiz buxorolik Abu Ali Ibn Sino, 
xorazmlik Abu Abdallah Muhammad Ibn Muso Al-Xorazmiy, Abu Bakir 
Muhammad ibn Zakariya ar-Roziy, Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad al-
Beruniy, 
eronlik 
Abu 
Mansur 
Muvafaq, 
arab 
Muhammadxon 
o‗g‗li 
Abdulg‗ozixon, Ibn Baytar va boshkalar butun dunyoga mashxur. 
Abu Mansur Muvafak Hindistonga sayohat qilib, hind tibbiyoti hamda u 
erda ishlatiladigan dorivor moddalar bilan tanishadi va bu haqda kitob yozadi. 
Muallif o‗z asarlarida 466 ta o‗simlik va 44 xil hayvondan olinadigan dorivor 



mahsulotlarning qo‗llanishini ta‘riflaydi. Ozarbayjonlik farmatsiya magistri Abdul 
Axundov 1893 yilda bu kitobni chuqur o‗rganib, arab tilidagi dorivor 
mahsulotlarni aniqladi. 
Ibn Baytar o‗z kitobida 1400 xil dorivor mahsulotlarni ta‘riflagan. 
Mashhur hakim Abu Ali Ibn Sino-1020 yilda 5 jildlik «Al- qonun» («Tib 
qonunlari») kitobini yozadi. Bu kitobning II-jildi oddiy va V- jildi esa murakkab 
dorilarga bag‗ishlangan bo‗lib, kitobning II-jildida o‗sha zamonda tibbiyotda 
ishlatiladigan 811 ta dorivor o‗simliklar, ulardan va hayvonlardan olingan 
mahsulotlar hamda mineral dorivor vositalariga tavsif berilgan. Kitobda keltirilgan 
dorivor o‗simliklar soni 500 tadan, o‗simliklardan olingan dorivor vositalar soni 40 
tadan ortiqni tashkil etadi.
«Tib qonunlari» («Al-qonun») asari ko‗pgina Evropa tillariga tarjima 
qilingan bo‗lib, fakat lotin tilining o‗zida 16 marta chop etilgan. XVI asrgacha 
Evropa vrachlari undan qo‗llanma sifatida foydalanganlar. Osiyo mamlakatlarida, 
ayniksa tabobatda va an‘anaviy tibbiyotda hozirda ham «Al-konun»dan keng 
foydalanilmokda. 
Buyuk muttafakir olim Abu Rayhon Beruniy umrining so‗ngi yillarida 
«Kitob as-saydana fi-t-tibb», ya‘ni «Tibbiyotda dorivor»asarini yaratadi. Bu asarda 
o‗sha davrning sharq tabobatida qo‗llaniladigan 674 ta dorivor o‗simlik va 90 ta 
o‗simlik mahsulotlari to‗g‗risida fikr yuritiladi. Bulardan tashqari, «Saydana»da 
yana 104 ta hayvonlardan olingan mahsulotlar hamda bu vaqtgacha to‗g‗ri 
aniqlanmagan 113 ta dorivor o‗simliklar haqidama‘lumotlar mavjud. 
Ibn Sino va Al-Beruniy asarlarida dorivor o‗simliklarni saqlash va qayta 
ishlash texnologiyasiga doir qator ma‘lumotlar (dorivor o‗simlik maxsulotlarini 
yig‗ish, quritish, saqlash muddati, ulardan turlari tayyorlash masalalari va 
boshqalar) o‗z ifodasini topgan. 
Amerika qit‘asining XV asrda ochilishi munosabati bilan Evropa 
medsinasida ishlatiladigan dorivor o‗simlik turlari Amerika florasi o‗simliklari 
(masalan, koka, tamaki, kakao, xin daraxti va boshkalar) hisobiga ko‗paya 
boshladi. 
Arab tibbiyoti XII asrdan boshlab asta-sekin Evropaga tarkala boshladi. 
SHu davrda Evropada ham arab dorixonalarshga o‗xshash dorixonalar ochiladi. 
Evropada sharq dorilaridan tashkari, mahalliy dorivor o‗simliklardan foydalana 
boshladilar, dorivor o‗simliklar haqida o‗nlab kitoblar yozildi. 
Evropaliklar XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Afrika va Avstraliya 
tropik mamlakatlarining dorivor o‗simliklarini o‗rganishgakirishdilar. Afrikada 
o‗sadigan kola yong‗ogi, strofant, kalabar dukkagi hamda Avstraliyada o‗sadigan 
evkalipt daraxti Evropa farmakopeyasidan o‗rin oldi. 
Demak, XVII-XX asrlarda g‗arbiy Evropa davlatlari dorixonlarida 
mahalliy dorivor o‗simliklar bilan bir qatorda, Xindiston, Afrika, Amerika, 
Avstraliya va boshqa qit‘alardan keltirilgan mahsulotlar ham bo‗lar edi. 
G‗arbiy Evropa ilmiy tibbiyoti XVII asrdan boshlab o‗zinish turli xil dori 
mahsulotlari bilan Rossiyaga ta‘sir ko‗rsata boshladi. Slavyan xalqlari ham 
qadimdan bemorlarni davolashda dorivor o‗simliklarni ko‗p ishlatganlar. 


10 
Rossiyada dorivor o‗simliklar bilan shug‗ullanadigan kishilarni «travniklar» deb 
atashgan. 
IX asrdan boshlab xorijny mamlakatlarda, xususan Vizantiyada dorivor 
o‗simliklar haqida turli xil ma‘lumotlar tarqala boshlaydi. Ba‘zi shaharlarda 
dorivor o‗simliklar sotadigan do‗konchalar ochiladi, do‗kondorlar dori sotish bilan 
birga, dorivor o‗simliklarni yig‗ish va ulardan dori tayyorlash bilan mashg‗ul 
bo‗ladilar. O‗sha vaqtdagi dorivor o‗simliklar ichida hozirda keng qo‗llanadigan 
xren, na‘matak va boshqalarni uchratish mumkin. 
Rossiya bilan G‗arbiy Evropa davlatlari o‗rtasida aloqa o‗rnatilgandan 
so‗ng XVI asrda Moskvada birinchi dorixona ochiladi. Dorixonadagi dorilarning 
deyarli hammasi G‗arbiy Evropadan keltirilgan bo‗lib, u erda chet eldan kelgan 
kishilar xizmat qilardi. 
Keyinchalik shark davlatlari, xususan Xitoy va Hindiston savdogarlari 
Moskvaga dorivor mahsulotlar keltirib sota boshlaydilar. SHu asnoda Rossiyada 
mahalliy dorivor o‗simliklarni yig‗ish ishi ham avj olib ketdi. 
SHu davrda Moskvada ruslardan vrach va dorixona xodimlari 
tayyorlaydigan meditsina maktabi ochildi. 1654 yilda birinchi marta unga 30 
o‗quvchi qabul qilindi. 
XVII asrning oxirlariga kelib rus tilida yozilgan kitoblar ham nashr qilina 
boshlandi. Moskva va uning atrofida dorivor o‗simliklar o‗stiriladigan maxsus 
dorixona maydonlari tashkil etiladi. 
Dorivor o‗simliklarni ekish va yig‗ish ishlariga Petr I juda katta ahamiyat 
beradi. 1701 yilda Moskvada 8 ta dorixona ochish hakida buyruk chikadi. Ana shu 
dorixonalarni dorilar bilan ta‘minlash uchun Rossiyaning turli tumanlaridan dori 
mahsulotlari keltirila boshlandi. 1702 yilda Petr I Sibirdan dorivor o‗simliklar 
keltirish haqida buyruq chikaradi. Keyinchalik Qozon, Novgorod, Lubni va boshqa 
shaharlarda ham dorixonlar ochiladi. Lubni dorixonasi asosan harbiy qismlarni 
dori bilan ta‘minla- gan. Petr I buyrug‗i bilan g‗arbiy gospitallar qoshida ham 
dorixona maydonlari barpo kilindi. 
Astraxanь, Lubna va Peterburg shaharlarida dorivor o‗simliklarning katta 
plantatsiyalari tashkil etildi. Plantatsiyalar qoshida Galen laboratoriyasi va 
mahsulot saqlaydigan ombor bo‗lgan. Kyoyinchalik dorivor o‗simliklar 
o‗stiriladigan issik xonalar qurildi. ' 
Petr I yovvoyi holda o‗sadigan dorivor o‗simliklarni yig‗ish masalasiga 
ham jiddiy e‘tibor beradi. U dehqonlarga dorivor o‗simliklarni majburiy ravishda 
yigdirgan. 
Petr I 1724 yilda Rossiya Fanlar akademiyasini ochish to‗g‗risida farmon 
chiqaradi. SHu davrda Rossiya florasini ilmiy asosda o‗rganish maqsadida Fanlar 
akademiyasi tomonidan bir qancha ilmiy ekspeditsiyalar uyushtiriladi. 
1754 yilda tibbiyot meditsina kanselyariyasi (Aptekarskiy prikaz o‗rniga 
tashkil etilgan) chet davlatlardan dorivor o‗simliklar olmaslik to‗g‗risida ko‗rsatma 
berdi. 
XVII asr oxirlariga kelib matbuotda dorivor o‗simliklar to‗g‗risida bir 
qancha yangi ma‘lumotlar e‘lon kilindi va kitob bo‗lib bosilib chiqadi. A. T. 


11 
Bolotovning makolalari va meditsina fanlari doktori, professor N. M. 
Maksimovich-Ambodikning ko‗p jildli kitobi shular jumlasidandir. 
XIX asrning birinchi yarmida bosilib chikkan dorivor o‗simliklarga oid 
muhim kitoblardan professor I. A. Dvigubskiy asari hamda professor A. P. 
Nelyubinning ikki jildli «Farmakografiya» kitobi ayniqsa dikkatga sazovor. 
XVII XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida davlatlar o‗rtasida 
savdo-sotiq ishlari keng yo‗lga ko‗yilganligi tufayli butun qit‘alardan Evropa 
bozoriga dorivor o‗simliklar keltirila boshlandi. Ular ko‗pincha qirqilgan holda 
bo‗lib, bu mahsu- lotlarning tozaligini, tarkibida aralashma bor-yo‗qligini aniq- 
lash kerak bo‗lardi. SHu sababli farmakognoziya boshqa farmatsiya fanlaridan 
mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va bu ishlar bilan shug‗ullana boshladi. Oradan 
ko‗p o‗tmay turli tillarda farmakognoziyadan ko‗llanmalar bosilib chiqdi. 
Dorivor o‗simlik mahsulotlarining anatomik tuzilishini rus olimlari 
mikroskop yordamida o‗rgana boshladilar. Moskva universitetining farmatsiya 
professori A. V. Tixomirov 1900 yilda bosilib chikkan kitobida ko‗pgina dorivor 
o‗simlik mahsulotlari- ning anatomik tuzilishini birinchi bo‗lib tasvirlab berdi. 
1899 yilda professor Varlix Rossiyada o‗sadigan dorivor o‗simliklar 
atlasini va shu davrda rus olimi N. I. Annenkov botanika lug‗atini tuzadi. Bu 
kitoblar hozir ham o‗z kimmatini yo‗qotmagan. 
SHveysariyalik farmatsiya professori CHirx G‗arbiy Evropada o‗sadigan 
o‗simliklar ustida uzoq vaqt ish olib boradi. Uning shu sohada yozgan uch jildli 
kitobi olamga mashhur. 
Birinchi jahon urushi boshlangandan so‗ng chet mamlakatlardan Rossiyaga 
dori mahsulotlari olib kelish imkoni bo‗lmay qoldi. SHundan keyin Rossiya 
florasini, ayniqsa dorivor o‗simliklarni o‗rganish va ularni ko‗p miqdorda yig‗ish 
ishlari boshlanib ketdi. Ba‘zi dorivor o‗simliklar (ko‗knori, angishvonagul, 
kanakunjut) plantatsiyalari tashkil etildi. Belladonna o‗simligi o‗sadigan joylar 
aniklandi. 
Rossiya dorivor mahsulotlarga muhtoj bo‗lsada, lekin ularni yig‗ish ishlari 
fakat Rossiyaning Evropa qismidagina uyushtirilgan bo‗lib, floraga boy Kavkaz, 
Sibir, O‗rta Osiyo va boshqa erlar e‘tibordan chetda koldirilgan edi. 
Sobiq Ittifoq Xalq Komissarligi Respublikada 1921 yilda dorivor 
o‗simliklarni yig‗ish va ekish to‗g‗risidagi maxsus Dekret chiqaradi. Bu Dekret 
farmatsevtika sanoatining rivojlanishida, dorixonalarni dori mahsulotlari bilan 
ta‘minlash hamda dorivor o‗simliklarni yig‗ishda katta ahamiyatga ega bo‗ladi. 
Dori mahsulotlarini yig‗ish ishi bilan fakat davlat mahkamalari shug‗ullana 
boshlaydi va bu ish ma‘lum reja asosida olib boriladi. Dekret asosida yangi ilmiy-
tekshirish muassasalarini ochish, dorivor mahsulotlar sifatini aniqlab beruvchi 
qo‗llanma va standartlar tuzish hamda mutaxassislar tayyorlash uchun darsliklar 
yaratish zarur edi. SHu maksadda 1931 yilda Butunittifok, dorivor va hushbo‗y 
o‗simliklar ilmiy-tekshirish instituti (VILAR) ochiladi. 
Bundan tashqari shu davrda Butunittifoq o‗simlikshunoslik instituti (VIR) 
ochiladi. Bu institutning asosiy vazifasi chet eldan keltirilgan dorivor va boshqa 


12 
foydali o‗simliklarni ekish usullarini hamda ularning agrotexnika qoidalarini 
o‗rganishdan iborat edi. 
Dorivor o‗simliklarni ekish va agrotexnika usullarini o‗rganish bilan ularga 
bo‗lgan ehtiyojni qondirish qiyin bo‗lib, shu sababli dorivor o‗simliklarni qidirib 
topish maqsadida tashkil etilgan ekspeditsiyalar Kavkaz, Urta Osiyo, Sibir, Uzoq 
SHark va boshka tumanlar florasini o‗rgana boshladi. Bunday ekspeditsiyalar 
Butunittifok dorivor o‗simliklar instituti (VILR), Respublikamiz va respublikalar 
fanlar akademiyasiga qarashli botanika institutlari, botanika bog‗lari, farmatsevtika 
institutlari va boshqa oliy o‗kuv yurtlari hamda ilmiy-tekshirish institutlarining 
ayrim laboratoriyalari tamonidan uyushtirilib kelindi. Ayniqsa bu sohada VILR va 
Rossiya Fanlar Akademiyasining Botanika bog‗lari tomonidan o‗tkazilgan 
ekspeditsiyalar diqqatga sazovordir. Ekspeditsiyalar natijasida yangi, ayniksa chet 
eldan keltirilgan dorivor o‗simliklar o‗rnini bosadigan juda ko‗p dorivor 
o‗simliklar topildi. SHu bilan birga qator dorivor o‗simliklarning ko‗p o‗sadigan 
joylari, ularning zaxiralari aniqlandi va maxsus xaritalarga belgilandi. Kamayib 
ketayotgan muhim dorivor o‗simliklarni ma‘lum mikdorda tayyorlash va ularni 
saqlab qolish tadbirlari ishlab chiqildi. 
Dorivor o‗simliklarni izlab topish va o‗rganish ishi hozir ham keng 
ko‗lamda olib borilmokda. YAngi dorivor o‗simliklarni topishda xalq tabobatida 
ishlatiladigan 
dorivor 
mahsulotlarni 
o‗rganish, o‗simliklarni filogenetik 
qardoshligidan foydalanish bilan bir qatorda ma‘lum tuman florasini yalpi 
kimyoviy analiz qilish katta ahamiyatga ega. 
Tibbiyotda ma‘lum 
kasallikni davolash va shu kasalliklarni oldini olish uchun qo‗llaniladigan 
o‗simliklarni dorivor o„simliklar deb yuritiladi. 
Kasallikni davolash va uning oldini olish maqsadida dorivor o‗simliklardan 
dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor preparatlar va sof holdagi dorivor 
moddalar olinadi. Buning uchun shu o‗simliklarning kasalliklarni davolash 
xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bo‗lgan qismlaridan-ya‘ni, ba‘zi 
o‗simliklarning er osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), 
ba‘zilarining esa ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug, po‗stloq yoki o‗t 
o‗simliklarning butunlay er ustki qismi o‗ti) foydalaniladi. Ba‘zi dori turlari, 
dorivor preparat va toza moddalar o‗simlik hamda hayvonlarning birlamchi ishlash 
yo‗li bilan olingan efir moylari, smolalar, moy va yog‗lar, daraxt elimlari, zaharlar 
(ilon va asalari zaharlari), lanolin,prapolis va boshqalardan ham tayyorlanadi va 
olinadi. 
Dorivor o‗simliklarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasida dori turlari 
tayyorlash hamda dorivor preparatlar va toza moddalar olish uchun ishlatiladigan 
dorivor o‗simliklar va hayvon organlari yoki ulardan birlamchi ishlash yo‗li bilan 
olingan mahsulotlar dorivor mahsulotlar deb ataladi. 
Davlat farmakopeyasiga (DF) kiritilgan dorivor mahsulotlar ofitsinalь 
mahsulot, farmakopeyaga kiritilmaganlari esa noofitsinalь mahsulot hisoblanadi. 
Noofitsinalь dorivor mahsulotlar Respublika davlat standartlari: yoki boshqa 
normativ-texnik hujjatlarda (NTH) bayon etiladi. 


13 
Dorivor o‗simliklarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi 
fanining asosiy negizi «farmakognoziya» fani bo‗lib, uning tibbiyotda ahamiyati 
katta. CHunki, kimyo fanining, ayniqsa sintetik kimyoning yuqori darajada 
taraqkiy qilishiga va ko‗plab kuchli ta‘sir etuvchi dorivor moddalar sintez yo‗li 
bilan olinishiga qaramay tibbiyotda qo‗llaniladigan dorivor preparatlarning 10 ga 
yaqin o‗simliklardan olinadi. Bu ko‗rsatkich ayrim kasalliklarni-masalan, 
yurakqon tomirlari kasalliklarini davolash sohasida ishlatiladigan dorivor 
preparatlarda 80 % ni tashkil qiladi. Kelajak tibbiyotida o‗simliklardan olinadigan 
dorivor preparatlar va dorivor o‗simliklarni yanada ko‗proq ishlatish 
rejalashtirilmokda. 
Dorivor o‗simliklar va ulardan olinadigan tabiiy preparatlarga tibbiyot 
sohasida bo‗lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Bu hol asosan sintez yo‗li bilan 
olingan har bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt uzluksiz ravishda iste‘mol 
qilish inson va hayvon organizmida turli noxush o‗zgarishlarni yuzaga keltirishi 
bilan izohlanadi. SHunga ko‗ra oxirgi vaqtlarda butun dunyoda o‗simlik dorivor 
preparatlariga- fitopreparatlarga va dorivor o‗simliklarga ehtiyoj ortmoqda. Bu esa 
o‗z navbatida dorivor o‗simliklarni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi fani 
ahamiyatining yanada oshishiga va uni yanada chuqur o‗rganishga olib keladi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling