O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Xom ashyoni saqlash davrida to’plamning tabiiy kamayishini hisoblash
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
Xom ashyoni saqlash davrida to’plamning tabiiy kamayishini hisoblash.
Tabiiy kamayishning hajmi butun oy davomida saqlanadigan mahsulotning o‘rtacha miqdoridan hisoblanadi va quyidagicha jamlanib aniqlanadi: 1. Oyning birinchi kunidagi mahsulotning 1/2 og‘irligi. 111 2. Oyning 11 kunidagi mahsulotning og‘irligi. 3. Oyning 21 kunidagi mahsulotning og‘irligi. 4. Keyingi oyning birinchi sanasidagi mahsulotning 1/2 og‘irligini ham qo‘shib 3 ga bo‘linadi. O‘rtacha topilgan og‘irlikdan oylik kamayish foizga asosan mahsulotni tabiiy kamayishi topiladi. Tabiiy kamayish o‘lchamlari barcha mahsulotlar uchun hisoblanadi. Agar omborda mahsulot chirish, mog‘orlash, kemiruvchilar, qushlar va hasharotlar tomonidan yeyilishi va boshqa sabablarga ko‘ra kamaysa, u tabiiy kamayishga kiritilmaydi. Ildizlarga nisbatan tuganakildizlarni saqlashdagi talablar. Tuganakildizlarning sifati oziq-ovqat, mazalik va texnologik qimmatlari bilan tavsiflanadi. Ular kimyoviy va mexanik tarkibi, fizikaviy xossalari, tashqi tovarlik ko‘rinishi va bu xossalarini saqlash davomida yo‘qotmaslik qobiliyatiga bog‘liqdir. Tuganakildizlarning sifatiga mahsulotning navi, agrotexnikasi, yetishtirish sharoitlari, terish muddati va usullari ham ta‗sir etadi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar saqlash muddati va sharoitiga qarab ham o‘zgaradi. Mahsulotning har bir partiyasidan ajratib olingan o‘rtacha namuna bo‘yicha barcha turdagi xom ashyo sifati aniqlanadi. Bir vaqtda topshirilgan yoki qabul qilingan, bir xil botanik navga ega bo‘lgan va bir xil qadoqlangan har qanday miqdordagi xom ashyo partiya hisoblanadi. Xom ashyolar taralarda keltirilganda har bir transportdagi, har bir 100 dona taradan o‘rtacha namuna uchun uch donadan tara ajratib olinadi. Agar avtomobilda (traktor telejkalarida) 100 donadan ortiq taralar bo‘lsa, u holda har bir ortiqcha 50 donasidan yana bittadan tara olinadi. So‘ngra har bir ajratib olingan idishdan (yuqorisidan, o‘rtasidan va pastidan) kamida 10% namuna olinadi. Ajratib olingan mahsulotlar o‘zaro aralashtirilib, ulardan kamida 10 kg miqdorida o‘rtacha namuna olinadi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling