O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117
6-Amaliy mashg„ulotlar 
Ildiz va tuganakildizlari foydalaniladigan o„simliklar 
Igir xom-ashyosini tayyorlash yoz va kuz oylarida (iyunь - sentyabrь) 
botqoq va sizot suvlar qurigan vaqtda amalga oshiriladi. Bunda igir ildizpoyasini 
kovlab, ba‘zan esa plug yordamida qazib olinadi, botqoq joylardan esa haskash 
yordamida yig‗ib olinadi. Yig‗ilgan va tozalangan ildizpoyalarni ochiq havoda 
suvsizlantiriladi va quritiladi, so‗ngra 20-30 sm bo‗laklarga bo‗linib, xavo yaxshi 
aylanadigan, harorati 30-35
0
S dan yuqori bo‗lmagan xonalarda quritiladi. Igir 
ildizpoyalarini tayyorlashda ularning xom-ashyo zaxirasini qayta tiklash uchun 3 
yildan kam bo‗lmagan muddat zarurligini hisobga olish muhim hisoblanadi. 
SHu bois igir ildizpoyasini yig‗ishda, o‗simlik jamoasining orasidan 30% 
dan kam qisminigina yig‗ish kerak. Mavjud talab me‘yoriga binoan, igir 
ildizpoyasining bo‗laklari 20-30 sm uzunlikda, 1-2 sm qalinlikda, tashqi rangi 
sarg‗ish-qo‗ng‗ir, sindirilganda esa oq va pushti-sarg‗ish rangli bo‗lishi kerak. Hidi 
o‗ziga xos, xushbuy, ta‘mi achchiq. Xom-ashyo qog‗oz solingan yog‗och 
yashiklarda 3 yil muddatgacha saqlanadi. 
Gulxayri o‗simligining xom-ashyosini kuzda (sentyabrь-oktyabrь) er ustki 
qismi nobud bo‗lgach yoki bahorda aprelь va may oyining birinchi yarmida 
o‗simlik hali ko‗karmasidan oldin ildiz va ildizpoyasini yig‗ib olinadi. Gulxayri 
ildizi va o‗t qismini o‗simlik vegetatsiyasining 2-3 yili yig‗iladi. Tuproq ustki 
kismidan 25 sm balandlikda o‗rilgan o‗tni suvsizlantiriladi, so‗ngra usti yopiq 
ayvonlarda, 50 sm dan oshmagan qalinlikda yoyib quritiladi. Qazib olingan 
ildizlarni silkitib, tuproqdan tozalanadi, oqar suvda yaxshilab yuviladi. Ularni tez, 
shilliqlanguniga qadar yuviladi. Keyin qurigan ildizlar 20-25 sm uzunlikda jodida 
qirqiladi. YOg‗ochga aylana boshlagan ildiz va ildizpoyalar olib tashlanadi, keyin 
pichoq bilan po‗sti shilinadi, soya joyda quritiladi. Agar egganda bukilmay sinib 
ketsa, demak ildiz yaxshi qurigan bo‗ladi. 
Xom-ashyoning namligi 14 % dan, umumiy kul miqdori 7 % dan, 
shuningdek 10 % - li sulьfat kislotasida erimaydigan kul mikdori 0,5% dan, 
yog‗ochlashgan ildiz 3 % dan, po‗stdan tozalangani 3% dan, organik aralashmalar 
0,5% dan, mineral aralashmalar (tuproq, qum, tosh) 0,5% dan oshmasligi kerak. 
Quruq xomashyoni shamol yaxshi aylanadigan xonalarda 3 yilgacha saqlash kerak. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling