Reja: Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari 2


Download 1.44 Mb.
bet1/15
Sana16.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1511511
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

SOLIQ AXBOROT TIZIMLARI
Reja:
1. Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari
2. Axborot tizimi va uning vazifalari.
3. Axborot tizimlarining tuzilishi va tasnifi.
4. Axborot tizimlarining turlari.


Kirish
Mamlakatimizda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgan edi, buning uzviy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni15da ham «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish vazifasi qo’yilgan. Bularning barchasi albatta yurtimizda elektron soliq tizimini takomillashtirish va joriy etish borasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirishga labatta hissa qo’shadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlab o‘tganidek, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlamasdan, daromadlarini yashirishga urinmasdan, aksincha, o‘z ishlab chiqarishini rivojlantirish va daromadini oshirishga intilgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash lozim. Lekin hozirgi kunda korxonalar faoliyatini rivojlanishida soliq tizimi to‘siq bo‘lmasligi lozim. Aytish joizki, soliqqa tortish jarayonlarida: soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarning ko‘pligi, tadbirkorlik sub’ektlarida soliq yukining yuqoriligi, samarasiz soliq imtiyozlarining mavjudligi, yagona soliq to‘lovini to‘lovchi korxonalar tomonidan tushumni yashirishlari, bankdan tashqari naqd pul aylanmasining ko‘payib borishi va xufiyona iqtisodiyotning avj olib borishi kabi muammolarning mavjudligiga nazarimiz tushishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimi avtomatlashtirilgan axborot tizimlari turkumiga kirib, uning asosiy vazifasi mamlakat miqyosida soliqqa oid umumlashtiruvchi axborotlarni saqlash, unga ishlov berish va qidirish hamda kompyuterlarda axborotlarni to‘plash, tayyorlash va uzatish, shuningdek axborotni iste’molchiga chiqarib berish bilan bog`liq amallarni bajarishdan iborat.
Soliq tizimida axborot texnologiyalarining vazifasi soliq xizmati organlari oldiga qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun ishlab chiqilgan maxsus algoritmlar asosida to‘langan soliqlar va yig`imlar tushumi haqida ma’lumotlar statistikasini olib borish va tegishli organlarga uzatish, tushumlar dinamikasini tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy ma’lumotlarni berish, tahliliy ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlash masalalarini yechishni ta’minlashdan iborat.
Soliq xizmati organlarida axborot tizimlari va texnologiyalarini joriy etishning maqsad va vazifalari soliq xizmati organlari bajaradigan funksiyalar, vazifalar, bir xildagi operatsiyalarni yangi dasturlar bilan imkoni boricha kengroq qamrab olishni ta’minlashdir, zero bu dasturlar soliq ma’lumotlariga ishlov berish jarayonini jadallashtirish, soliq inspektorlari ishining samaradorligini oshirish, ularning ishidagi bir tusdagi hisob-kitob va oxiri yo‘q yozuvlar bilan ishlash yukini kompyuter statistikasining zamonaviy vositalaridan foydalangan holda ijodiy tahlil qilish sohasiga chiqish imkonini beradi.


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling