Reja: Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari 2


Download 1.44 Mb.
bet14/15
Sana16.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1511511
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Turizm uchun keshbek
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida “turizm uchun keshbek” platformasi ishga tushirilgan. Shunga ko‘ra, mahalliy sayyohlar respublika bo‘ylab sayohat qilish uchun sarflangan xarajatlarning 15-50 foizini qaytarib olishlari mumkin.
Platforma foydalanuvchilari uchun qulaylik yaratish maqsadida “Soliq” mobil ilovasining (Android / iOS)  keshbek to‘lash tizimidan foydalanildi.
S arflangan mablag‘larni hisobga olish uchun foydalanuvchilar transport va joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalanganlik hamda madaniyat tashkilotlariga tashrif buyurganlik uchun berilgan cheklarni (QR-kodini) skanerlashi kerak.Barcha cheklar skanerlangandan so‘ng, to‘plangan keshbek summasi avtomatik tarzda hisobga olinadi va belgilangan muddatda ishtirokchining shaxsiy bank kartasiga o‘tkaziladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda soliqda axborotda tizimlarini qo’llash bugungi kunda bizning sohada mutaxasislarimizning ishini osonlashtirish va avtomatlashtirishda ishlatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma‘ruzasida ta‘kidlab o‘tilganidek, -Axborotkommunikatsiya va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish bo‘yicha tub va ijobiy ma‘nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar safiga qo‘shilishimiz zarur. Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimiz yuqori suratdagi jadallik bilan rivojlangan davlatlar qatoriga kirib bormoqda. Albatta ushbu jarayonda turli sohalar bo’yicha xalqaro standartlarga javob bera olish salohiyatiga ega bo’lish zarur. Soliq sohasi va elektron soliq tizimi takomillashuvi ham ushbu islohot va rivojlanish jarayonida katta ahamiyat kasb etadi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling