Reja: Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari 2


Download 1.44 Mb.
bet11/15
Sana16.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1511511
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Onlayn nazorat-kassa mashinalari
2020-yildan Onlayn-NKM va virtual kassalar tizimiga o‘tish jarayoni boshlandi. Onlayn NKM – bu kassa mashinalarining yangi avlodi bo‘lib, bugungi kunda undan barcha dorixonalarda, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish punktlarida, yirik savdo tarmoqlarida, shuningdek, 2021 yildan boshlab yillik tushumi 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishi kerak. Onlayn-NKM chekini bermaslik soliq huquqbuzarligi hisoblanadi. Ayni paytga qadar Davlat reyestriga 13 ta Onlayn-NKM, 11 virtual kassa dasturiy mahsuloti va 20 ta texnik xizmat ko‘rsatish markazi kiritilgan. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar eski uslubdagi texnologiyalarga nisbatan aniq ustunliklarni qayd etmoqda: hisobotlarni qog‘oz shaklida bermaslik, savdo va xodimlarni masofadan boshqarish, qo‘shimcha qurilmalarni ulash va boshqalar. 2020-yilda naqd pul tushumiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga jami 105 mingta onlayn-NKM, virtual kassa o‘rnatildi.
Natijada, Toshkent shahrida I yarim yillikda 3,6 mingta onlayn-NKM orqali 1,4 mln.ta 456 mlrd. so‘mlik chek berilgan bo‘lsa, II yarim yillikda 22 mingta onlay-NKMdan 40,7 mln.ta 11,1 trln. so‘mlik chek berilgan yoki cheklar soni 29,1 baravarga va summasi 24 baravarga oshgan.
Onlayn-NKMdan tushumlarning yuqori darajasi insofli soliq to‘lovchilar va chek o‘yinlarining ommalashish natijasidir. O‘yin shartlari juda sodda – onlayn-NKM va virtual kassadan berilgan cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish kifoya. Bunday cheklar odatdagi cheklardan QR-kodi va fiskal belgisi mavjudligi bilan farq qiladi. Yutuqli chek o‘yinlari fuqarolar sotib olingan tovarlar (ishlar yoki xizmatlar) uchun to‘lovni tasdiqlovchi cheklar va boshqa hujjatlarni talab qilishga odatlanishiga o‘ziga xos turtki bo‘ldi.


Soliq mobil ilovasi
DSQ Soliq mobil ilovasi 2020-yilda amalga oshirilgan eng ommabop loyihalardan biri bo‘ldi. Mazkur yangi ilova soliq to‘lovchilarga karantin davrida uydan chiqmagan holda soliq majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini berdi. Ilovada yuridik va jismoniy shaxslar uchun bir qator elektron soliq xizmatlari jamlangan. Xususan, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini mobil ilova orqali to‘lashlari mumkin. STIRni aniqlashi, onlayn-NKM chekini ro‘yxatdan o‘tkazishi, huquqbuzarlik haqida xabar berishi, shaxsiy hisobvaraq ma’lumotlarini (hisoblangan, to‘langan, qarzdorlik, penya) bilib olishi mumkin. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun ham bir qator xizmatlar mavjud.
Ilovaga “Soliq hamkor” tizimi integratsiya qilingan, shuningdek, masofadan turib o‘zini o‘zi band qilish va onlayn-NKM chekini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni modernizatsiya qilish orqali soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish uchun 2020-yil 20-martga qadar Davlat soliq qo‘mitasi, «Soliq servis» DUK, Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklariga: Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va autsorsing asosida xizmatlar ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mablag‘lari moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 mln AQSh dollari ajiratildi. Keyingi yillalarda O‘zbekiston soliq-byudjet siyosati orqali amalga oshirilgan keng ko‘lamdagi iqtisodiy islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini bera boshladi. Jumladan, iqtisodiyotimizda 2017-yilda yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlanib, aholining real daromadlari 121,7-foizga va YaIM hajmi esa 107,6 foizga oshdi22 . Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish uchun barcha rag‘batlantiruvchi omillar orasida aynan soliqlar asosiy jihat hisoblanadi, chunki: • soliq imtiyozlari birinchi navbatda tartibga solish, barcha innovatsion rivojlanish vositalari uchun rivojlanish omillaridan hisoblanadi va elektron hukumatga zamonaviy resurslar, budjet hisobi bo’yicha yangicha infrastrukturani ta’minlab turadi; • soliq imtiyozlari soliq solish shakllari, usullari va ob’ektlarining xilma-xilligi innovatsiyalarni rivojlantirish uchun qo’shimcha resurslar jalb qilishning eng moslashuvchan usullaridan biridir; • elektron soliq tizimi orqali mamlakatning budjet aylanmasi holati yaxshilanib, unga tushumlar mexanizmi takomillashadi . Ammo yanada progressiv soliq tizimini ishlab chiqishda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishda quyidagilarni hisobga olish lozim. • soliq imtiyozlarini berish ustuvorligi birinchi navbatda bo’lishi lozim, chunki mamlakatning avtomatik elektron hukumat va soliq tizmiga o’tishi jarayonida to’lash va undirishga qo’yiladigan talablar aniqligi va majburiyligi imtiyozlarni qo’llash talabini yuzaga keltiradi; Joriy yilgi davlat dasturiga ko’ra quyidagilarni amalga oshirish belgilab olindi. Ushbu mexanizimni tadqiqotimiz bilan bog‘liq qismi quydagilar: -Davlat soliq qo‘mitasining AKTni rivojlantirish bo‘yicha strategiyasini ishlab chiqish; -soliq to‘lovchilarni segmentlash, xavflilik darajasidan kelib chiqib, inson omilini to‘liq bartaraf etadigan soliq nazoratini amalga oshirishni nazarda tutuvchi «Tahlika-tahlil» dasturiy mahsulini yaratish; -onlayn nazorat kassa-mashinalari, virtual kassalar hamda elektron hisobvaraqfaktura ma’lumotlarini qayta ishlash va ular asosida soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirish jarayonini avtomatlashtirish; -«Big Data» arxitekturasi asosida ma’lumotlarni qayta ishlovchi «Business Intelligence» tahliliy modellarni joriy etish, yirik hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlarni qayta ishlash markazi quvvatini oshirish; -AKT parkini yangilash; -«Ishonchli hamkor» loyihasi doirasida tijorat banklari va boshqa tashkilotlar orqali soliq to‘lovchilar haqidagi axborotlarni jamlagan (skoring) xizmat turlarini joriy etish.





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling