Reja: Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari 2


Download 1.44 Mb.
bet13/15
Sana16.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1511511
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Yangilangan mobil ilova
2022 yil 1 yanvardan boshlab yangilangan “Soliq” mobil ilovasida jismoniy shaxslar uchun «Keshbek» va «Soliq hamkor» bo‘limlari paydo bo‘ldi.
«Keshbek» – bunda isteʼmolchilar QR-kodli xarid cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazib, oy oxirida xaridlar miqdorining 1 foiziga ega bo‘ladi.
«Soliq hamkor» – nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish tartibi buzilganligi to‘g‘risida xabar berish uchun. Keshbek summasi har oyda chek ro‘yxatdan o‘tgan oydan keyingi oyning 25-kunidan keyin to‘lab beriladi.
Mobil ilova ushbu davr mobaynida uning interfeysi optimallashib foydalanuvchilar uchun qulayroq va soddaroq ko‘rinishga keltirilmoqda.
Mobil ilova:

  • Android https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.soliq.mobile

  • iOC https://apps.apple.com/uz/app/soliq/id1518038410

  • Harmony OS https://appgallery.huawei.com/app/C106269769

kabi operatsion tizim foydalanuvchilari uchun mavjud.
Yil boshidan buyon foydalanuvchilar soni bir milliondan oshdi. Hozirda mobil ilovada jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashlari mumkin (mulk egasining JSHSHIR kodi orqali). FACE ID – chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxsning qo‘shimcha identifikatoridir. Jarayon oddiy: JSHSHIR kiritish va yuzni to‘liq ko‘rinishda suratga olib maʼlumotlarni tekshirish uchun yuborish lozim. Muvaffaqiyatli avtorizatsiyadan so‘ng, shaxs tasdiqlanadi.
Shuningdek, ilovaga o‘zini-o‘zi band qilishi, talabalar uchun ijara shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va avtotransport vositalarini ijaraga berish funksiyalari qo‘shildi.
Soliqlari to‘lash
Jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi soliq turlari bo‘yicha qarzdorlik haqida maʼlumot olish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoni yaratilgan:

To‘lovni amalga oshirishdan oldin ko‘chmas mulk (yer uchastkasi) egasining JShShIRi ko‘rsatish, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun esa Face ID orqali avtorizatsiyadan o‘tish kifoya. Tizim avtomatik ravishda mavjud qarzdorlik yoki uning yo‘qligini aks ettiradi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling