Reja: Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari 2


Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari


Download 1.44 Mb.
bet2/15
Sana16.06.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1511511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1. Soliq xizmati organlaridagi axborot tizimlari va texnologiyalarining vazifalari

Xodimlar ishini avtomatlashtirishning asosiy jihati soliq xizmatining asosi - soliq inspektorlari faoliyatini avtomatlashtirish, bunda soliq to‘lovchilar va ularning soliq majburiyatlari bo‘yicha ma’lumotlarning yagona markazlashtirilgan banklarini barpo etish, ya’ni hududiy organlar va markaziy apparatning o‘zini axborot bilan ta’minlashni avtomatlashtirish hisoblanadi. Bugungi kunda Davlat soliq idoralarida zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilmoqda. Katta sa’y-harakatlar axborotni bosqichlar o‘rtasida ayirboshlash vazifasini majmuali hal etishga qaratilgan, bu esa joylardan soliq xizmatining markaziy apparatiga uzatiladigan hisobot va tahliliy ma’lumotlarning tezkorligi, haqqoniyligi va sifatini oshiradi.


Axborotlashtirish xizmatlari DSQ hududiy bo‘linmalarida ham joriy etilgan. Ular yangi dasturiy ta’minot va elektron-hisoblash texnikasi vositalarini joriy etish va ishlatish bilan shug`ullanadilar, tizimli va amaliy dasturiy mahsullarning uzluksiz va uyg`un ravishda ishlashini, o‘zaro axborot bilan hamkorlikni ta’minlaydilar. Soliq tizimida soliq axborotiga birinchi ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimlari asosiy tamoyillari va ularni rivojlantirish yo‘llarini belgilaydigan.
O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Ma’lumotlarga ishlov berishning yagona kompyuter tizimini rivojlantirish” konsepsiyasi ishlab chiqildi va maqsadli amalga oshirilmoqda. Unda soliq xizmatining uchchala bosqichini hisoblash va kommunikatsiya uskunalari bilan qo‘shimcha jihozlash ko‘zda tutilgan, bu esa soliq axborotiga to‘liq va tezkor ishlov berish hamda uni saqlashni ta’minlaydi. Zamonaviy axborot texnologiyalari orasida ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari bilan ishlash va soliq ma’lumotlarining yagona axborot bazasini yaratish ham bor. Mijoz-tarmoq intranet, internet vositalariga asoslangan axborot tizimlari joriy etilmoqda. Soliq tizimi uchun boshqa davlat tashkilotlarining axborot tizimlari bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Axborot oqimlari qo‘shilganda va ularning o‘zaro ayirboshlanishida qo‘shimcha hisob tavsiflari bilan soliq to‘lovchilar reestrini, soliq qonunchiligini buzishlar bo‘yicha malumotlarning qo‘shma bankini, yuridik va jismoniy shaxslardan soliq tushumlari borasida budjetning shaxsiy hisob-varaqlaridagi harakatlar to‘g`risida ma’lumotlar bankini yaratish va ulardan birgalikda foydalanish mumkin bo‘ladi. Shu sababli idoralararo axborot ayirboshlashning avtomatlashtirilgan integratsiya tizimini yaratish bo‘yicha bosqichma-bosqich ish olib borish maqsadga muvofiq. Xususan, Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi, iqtisodiyot vazirligi va boshqa idoralar bilan axborot ayirboshlash borasida hamkorlik qilinmoqda.
Davlat soliq xizmati organlarida joriy etilgan ma’lumotlarni uzatish korpotariv tarmog‘ining har bir bo‘g`inida belgilangan talablar bo‘yicha asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
· soliq to‘lovchilarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish;
· soliq to‘lovchilar tarkibini tahlil qilish;
· tushgan soliq to‘lovlarining o‘z vaqtidaligi va to‘liqligini tahlil qilish;
· tushgan soliq to‘lovlari bo‘yicha hisobot hujjatlarini shakllantirish;
· soliq tushumlari va boshqa to‘lovlarni bashoratlash;
· me’yoriy-ma’lumotnoma axboroti ma’lumotlari bazasini yuritish;
DSQ va uning bo‘g`inlari bilan ularga aloqador tashkilot va muassasalar uchun talab etilgan tartibda axborot va ma’lumotlar tayyorlashdan iborat.
Davlat soliq xizmati organlari axborot texnologiyalarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi masalalar hal etilgan:
· Barcha hujjatlar mazmuni va shakli standartlashtirilgan va unifikatsiyalashtirilgan;
· axborotlar klassifikatsiyalashtirilgan va kodlashtirilgan;
· bo‘g`inlar va tizimning bosqichlari o‘rtasida axborotni uzatish tizimi joriy etilgan;
· avtomatlashtirilgan tizim, hamda u bilan bog`liq bo‘lgan axborotlashgan tizim o‘rtasida axborotlar almashish yo‘lga qo‘yilgan;
Dasturiy – texnik majmua va tizimli dasturiy ta’minot unifikatsiyalashtirilgan.
Soliq xizmati organlarida joriy etilgan axborot tizimlari va texnologiyalarining tuzilishi va tarkibi hamda unga yuklatilgan vazifalar soliq tizimida boshqaruvni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga u takomillashib, yangilanib borish xususiyatiga ega.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling