O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   117
Topshiriqlar: 
1) Ildiz va tuganakildizlarni namuna olishdan maqsad nima. 
2) Xom ashyoni saqlash davrida to‘plamning tabiiy kamayishini hisoblash.


116 
3) Ildiz va tuganakildizlarni saqlash usullari. 
4) Saqlashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganda qanday xolat yuz berishi mumkin 
(misollar asosida tushuntiring) 
5) Ildiz va tuganakildizlarni saqlashga xos tavsiyalar ishlab chiqing. 
6) Shirinmiya xom ashyosi namunalarini tayyorlang. 
8-Amaliy mashg„ulotlar 
Dorivor o„simlik mahsulotlarini qabul qilishda taxlilga namunalar olish, 
uning ko„rsaatgichlarini aniqlash 
Darsning maqsadi: Dorivor o‗simliklarni qabul qilishda namuna olish 
tartibi. Dorivor o‗simlik partiyalaridan namunalar olish. O‗rtacha namuna ajratish. 
Namunalarni idishlarga joylash va taxlilga yuborish tartibi bo‗yicha ko‗nikmalarga 
ega bo‗lish. 
Kerakli jixozlar: O‗simlik namunalari, etiketkalar, namuna olish tartibi 
ko‗rsatilgan GOST, SOP, qo‗lqop, qisqich elektron torozi, Kanop qopchalar 
(namunalar olish qopchasi) 
Reja: 
1. Dorivor o„simliklarni qabul qilishda sifatiga qo„yiladigan talablar 
2. Dorivor o„simlik xom-ashyosidan taxlilga namuna olish 
1. Dorivor o„simliklarni qabul qilishda sifatiga qo„yiladigan talablar. 
Farmatsevtika zavodi va fabriklarida hamda markazlashtirilgan omborlarda dorivor 
mahsulotlar odatda ko‗p miqdorda to‗plam-to‗plam qabul qilinadi. Og‗irligi 50 kg 
dan kam emas, har taraflama bir xil bo‗lgan, uning sifatliligini tasdiqlovchi bitta 
xujjat bilan rasmiylashtirilgan mahsulot bitta to‗plam hisoblanadi: 
To‗plamga ilova qilingan hujjatda quyidagi ma‘lumotlar bo‗ladi: 
1.Xujjatning soni, uni berilgan oy, uni va yili. 
2.Jo‗natgan korxonaning nomi va manzili. 
3.Mahsulot nomi 
4.To‗plam soni 
5.To‗plam og‗irliga (miqdori, massasi) 
6. Yig‗ilgan yoki terilgan yili va oyi 
7.Tayyorlangan nohiyasi (yovvoyi holda o‗sadigan o‗simliklar uchun) 
8.Mahsulot sifatini tekshirish natijalari 
9.Mahsulotga normativ-texnik xujjatlarni belgilash 
10.Mahsulot sifatiga javobgar shaxsning ismi-sharifi, lavozimi va imzosi 
Dorivor mahsulot qabul qilinayotgan GOST 6077-80 ga muvofiq quyidagi 
qoidalarga amal qilinadi: 
1.Qabul qilinadigan to‗plamning tashqi ko‗rinishini umumiy tekshirish 
2.Dorivor mahsulot o‗ramining tahlil uchun ochiladigan o‗rnini tanlash 


117 
3.Qabul qilinayotgan to‗plamning bir xilligi va nuqsonini aniqlash 
Dorivor o‗simlik xom ashyolarini farmatsevtika zavodi va dorixonalarda 
qabul qilish uchun quyidagilarga rioya qilinadi (GOST 6076-51) 
1.Qabul qilinayotgan partiyaning tashqi ko‗rinishini umumiy tekshirish 
(odatda hamma o‗rinlar birma - bir tekshirib chiqiladi). 
2.Dorivor xom ashyo upakovkasi ochiladigan joyni tanlash. 
3.Qabul qilinayotgan partiyaning bir xilligini va nuqsonnini aniqlash. 
4.O‗rtacha namuna olish. 
Agar partiya 5 tagacha bo‗lsa, hammasi ochiladi. 
Agar partiya 10 ta bo‗lsa, 5 tasi ochiladi. 
Agar 10 tadan ko‗p bo‗lsa, birinchi 5 ta o‗ringa qo‗shimcha yana har bir 10 
tasidan 1 dona ochiladi. 
Upakovkasi ochilganda dorivor xom ashyo rangiga, maydaligiga
namligiga, tozaligi-ga, xidiga, bir xilligi va boshqalarga ahamiyat beriladi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling