O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Dorivor o„simlik xom-ashyosidan taxlilga namuna olish.
Ombor zararkunandalari: un kanasi - oq rangli;
Ombor uzuntumshug‗i - qo‗ng‗ir rangli; Don qayroqchisi - qo‗ng‗ir rangli; Ombor kuyasi - katta zarar keltiradi. Dorivor xom ashyolarning zararlanganligi darajasini aniqlash uchun ularni teshigini diametri 0,5 mm (kanalar uchun) yoki 2,5 mm (uzun tumshuq uchun) bo‗lgan elakda elanadi. Elakdan o‗tgan poroshokdagi zararkunandalar lupa orqali aniqlanadi. Agar elakdan o‗tgan qismida 20 ta kana bo‗lsa - 1 daraja. Agar elakdan o‗tgan qismida 20 tadan ortiq bo‗lsa-yu kolonna xosil qilmagan bo‗lsa 2 darajali, agar kanalar juda ko‗p bo‗lib, yurishiga joy qolmagan bo‗lsa 3 darajali zararlangan hisoblanadi. Elakdan o‗tgan qismda 1-5 ta uzun tumshuq bo‗lsa xom ashyo 1-darajali. Agar 6-10 ta bo‗lsa, 2 - darajali. Agar 10 tadan ko‗p bo‗lsa 3-darajali, xom ashyo zararlangan hisoblanadi. Ombor zararkunandalariga qarshi nam usulda yoki gaz berib dezinfeksiya qilinadi. Kerosin, oxak emulьsiyasi, NaOH ni 10-15% li eritmalari qo‗llaniladi. 2. Dorivor o„simlik xom-ashyosidan taxlilga namuna olish. To‗plamning har qaysi o‗rin birligining umumiy tashqi ko‗rinishi tekiriladi. Bunda tananing zararlanmaganligiga, namlanmaganligiga, GOST 6077-80 bo‗yicha to‗g‗ri o‗ralgani va markirovka qilinganligiga e‘tibor beriladi. O‗rtacha namuna oli to‗plamining soni va o‗lchamiga bog‗liq. Sobiq Ittifoq farmokopeyasi (XI nashri) va GOST 24027-0-80 bo‗yicha agar to‗plamda 1 tadan 5 tagacha nuqsonsiz o‗rin bo‗lsa, hammasini ochib ko‗rib o‗rtacha namuna olinadi, 6 tadan 50 tagacha o‗rni bo‗lsa, tanla 5 tasi ochiladi, 50 tadan ortiq bo‗lsa, 50 ta o‗rni o‗rindan ajratib olingan 5 taga qo‗shimcha keyingi har qaysi 10 ta o‗rin 119 hisobidan yana bittadan ochib ko‗riladi. Agarda to‗plamda 50 dan ortiq o‗rin bo‗lsa ularning 10% ochib ko‗riladi. To‗plam ochib ko‗rilganda rangi, hidi, bir xilligiga va namligiga katta ahamiyat beriladi. Dorivor mahsulot quyidagi hollarda yaroqsiz deb topiladi va qabul qilinmaydi: 1. bir kecha-kunduz shamollatishda ketmaydigan badbo‗y yot xid bo‗lsa yoki o‗ziga xos hidini yo‗qotgan bo‗lsa; 2. zaharli o‗simlik mahsuloti aralashmasi bo‗lsa; 3. begona, dorivor va boshqa o‗simlik (somon, xashak) yoki mineral aralashmalar (qum, tosh) hamda qush va hayvonlar chiqindisi ruxsat etilgan normadan juda ko‗p bo‗lsa; 4. mahsulot mog‗orlangan va chirigan bo‗lsa; 5. ombor zararkunandalari bilan II-III darajada zararlangan bo‗lsa. Agar mahsulotning tashqi ko‗rinishi tekshirilganda uning bir xil emasligi, qisman mog‗orlaganligi va chiringanligi, boshqa o‗simliklar bilan ruxsat etilgan miqdordan anacha ko‗p va boshqa nuqsonlar aniqlansa, u vaqtda to‗plam butunlay navlarga ajaratilib tozalanadi va qaytadan ikkinchi marta qabul qilinadi. Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling