O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Er ostki a’zolari (Podzemnыe organы)-
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barg (Listьya)
- Gul (Svetki)
Er ostki a’zolari (Podzemnыe organы)- ildiz, ildizpoya, tuganak ildiz va
piyoz. O‘simlikning er ostki qismlari- odatda kuz mavsumida, ba‘zi-bir hollarda vegetatsiya boshlanishidan oldin erta bahorda tayyorlanadi. Xom-ashyoni tayyorlashdan oldin er ustki qismlari o‗rib olinadi va o‗simlikning er ostki a‘zolari belkurak, ketmon, panshaha va puluglarda qazib olinadi. Qazib olingan o‗simlikning ildiz va ildizpoyalari dastlab yuviladi, tuproqdan tozalanadi yoki shilimshiq bo‗lgan hollarda ulardan holi etiladi. Undan so‗ng ular ba‘zi-bir hollarda 5-10 smdan, yoki 10-15 smdan maydalanadi. SHirinmiya, igir yoki gulxayrining er ostki qismlari olinayotganda ularning ko‗pgina yon ildizchalaridan tozalanadi. Maydalab kesilgan xom-ashyo quritgichlarda quritilib, so‗ngra qayta ishlash uchun kraft qog‗ozli qoplarda alohida belgi ostida qoplanadi. Barg (Listьya) – Odatda o‗simlik bargi g‗unchalash va gullash davrida, barg to‗liq shakllangandan so‗ng terib olinadi. Barg me‘yoriy xujjatlarga asoslanib, to‗liq shakllangandan so‗ng g‗unchalash bosqichida (buta va daraxtlarda) pichoq va qaychi yordamida asta-sekinlik bilan yig‗iladi. Plantatsiyalarda esa o‗t 143 o‗simlikning barglari (gazanda o‗t, qalampir yalpiz, uch bo‗lakli qariqiz, rozmarin) odatda, ularning er ustki qismi o‗rib olinadi va angarlarda (ayvon) yaxshi quritilgandan so‗ng ularning barglari qoqib tushiriladi. SHuningdek, buta va daraxtlardan barg terilayotganda tupdagi 2/3 qism barglar terib olinadi va qolgan barglar tupda qoldiriladi. Barg xom-ashyosidan mayda poyalar, gullar, organik va mineral aralashmalar ajratib tashlanadi. Gul (Svetki) – Xom-ashyosini tayyorlashda alohida gullar yoki gulbandlari bilan teriladi. Qo‗l yordamida teriladigan gul xom-ashyosiga dorivor moychechak, dorivor tirnoqgul o‗simliklarida, qaychi yordamida teriladigan gul xom-ashyosiga do‗lana, jo‗ka yoki maxsus moslama yordamida yig‗iladi. Plantatsiyalarda maxsus gul yig‗ish mashinalaridan foydalaniladi. Xom-ashyoning ayrim turlariga alohida tartib qo‗llaniladi (cho‗l o‗lmas o‗ti – 1 sm. Gacha, dorivor moychechak – 3 sm. Gacha). Xom-ashyo yig‗ilishi bilan o‗simlikni boshqa qismlarini, zararlangan yoki gullashdan qolgan, g‗uncha qismlari ajratib olinadi, Download 7.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling