O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Er ostki a’zolari (Podzemnыe organы)-


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   117
Er ostki a’zolari (Podzemnыe organы)- ildiz, ildizpoya, tuganak ildiz va 
piyoz. 
O‘simlikning er ostki qismlari- odatda kuz mavsumida, ba‘zi-bir hollarda 
vegetatsiya boshlanishidan oldin erta bahorda tayyorlanadi. Xom-ashyoni 
tayyorlashdan oldin er ustki qismlari o‗rib olinadi va o‗simlikning er ostki a‘zolari 
belkurak, ketmon, panshaha va puluglarda qazib olinadi. Qazib olingan 
o‗simlikning ildiz va ildizpoyalari dastlab yuviladi, tuproqdan tozalanadi yoki 
shilimshiq bo‗lgan hollarda ulardan holi etiladi. Undan so‗ng ular ba‘zi-bir 
hollarda 5-10 smdan, yoki 10-15 smdan maydalanadi. SHirinmiya, igir yoki 
gulxayrining er ostki qismlari olinayotganda ularning ko‗pgina yon ildizchalaridan 
tozalanadi. Maydalab kesilgan xom-ashyo quritgichlarda quritilib, so‗ngra qayta 
ishlash uchun kraft qog‗ozli qoplarda alohida belgi ostida qoplanadi. 
Barg (Listьya) – Odatda o‗simlik bargi g‗unchalash va gullash davrida
barg to‗liq shakllangandan so‗ng terib olinadi. Barg me‘yoriy xujjatlarga asoslanib, 
to‗liq shakllangandan so‗ng g‗unchalash bosqichida (buta va daraxtlarda) pichoq 
va qaychi yordamida asta-sekinlik bilan yig‗iladi. Plantatsiyalarda esa o‗t 


143 
o‗simlikning barglari (gazanda o‗t, qalampir yalpiz, uch bo‗lakli qariqiz, rozmarin) 
odatda, ularning er ustki qismi o‗rib olinadi va angarlarda (ayvon) yaxshi 
quritilgandan so‗ng ularning barglari qoqib tushiriladi. SHuningdek, buta va 
daraxtlardan barg terilayotganda tupdagi 2/3 qism barglar terib olinadi va qolgan 
barglar tupda qoldiriladi. Barg xom-ashyosidan mayda poyalar, gullar, organik va 
mineral aralashmalar ajratib tashlanadi.
Gul (Svetki) – Xom-ashyosini tayyorlashda alohida gullar yoki gulbandlari 
bilan teriladi. Qo‗l yordamida teriladigan gul xom-ashyosiga dorivor moychechak, 
dorivor tirnoqgul o‗simliklarida, qaychi yordamida teriladigan gul xom-ashyosiga 
do‗lana, jo‗ka yoki maxsus moslama yordamida yig‗iladi. Plantatsiyalarda maxsus 
gul yig‗ish mashinalaridan foydalaniladi. Xom-ashyoning ayrim turlariga alohida 
tartib qo‗llaniladi (cho‗l o‗lmas o‗ti – 1 sm. Gacha, dorivor moychechak – 3 sm. 
Gacha). Xom-ashyo yig‗ilishi bilan o‗simlikni boshqa qismlarini, zararlangan yoki 
gullashdan qolgan, g‗uncha qismlari ajratib olinadi,

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling