O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   117
G‘uncha (Butonы) –Xom-ashyo achchiq ermon, yapon soforasi 
o‗simliklarida gullar ochilish davrigacha terib olinadi.
Ut (Trava) – gullash davrida yig‗ib olinadi. Ayrim turlarini – gulashni 
boshlagan davrda (achchiq ermon, navbatgulli afsonak,), mevalash davrida (oddiy 
igir). Dorivor o‗tlar orasidan begona o‗tlarni olib tashlagan holda o‗roq, pichoq, 
qaychi yordamida o‗rib olinadi. O‗tlarning bir turlarida erdan 5-10 sm yuqori qilib 
kesib olinadi. O‗sish nuqtasini saqlagan holda yoki dag‗allashgan poya qismidan 
tashqari (dalachoy, katta qoncho‗p, dala qirqbo‗g‗imi, tog‗rayxon navbatgulli 
afsonak), boshqalarda faqat belgilangan uzunlikdagi gullagan qismi yoki yon 
shoxlari (uchbo‗lakli ittikanak). Ayrim hollarda (bir yillik o‗simliklarda) ildiz 
qismi bilan sug‗urib olinadi va so‗ngra ildizi kesib tashlanadi (Jag‗-jag‗). 
O‗simliklarni qayta tiklanishi uchun 1 m2 da rivojlangan bir necha ekzeplyar 
o‗simliklar qoldiriladi. Quritishdan yig‗ilgan xom-ashyoning qo‗shimcha qismlari, 
yo‗g‗on yog‗ochlangan poyalari olib tashlanadi (Bu tadbirlar dastlabki qayta 
ishlash hisoblanadi). Ayrim hollarda quritishdan so‗ng xom-ashyo maydalanadi 
(kiyik o‗ti, devzira, dorivor moychechak).
Meva va urug‘ (Plodы i semena)-To‗liq pishgan davrda yig‗ib olinadi 
(sersuv mevalar – ezilmagan, yumshoq bo‗lmagan va b.), Ko‗pchilik mevalar 60-
70% pishish davriga kelganda yig‗ib olinadi (Soyabonguldoshlar, Zig‗irdoshlar, 
Karamguldoshlar). Quruq meva va urug‗larni tayyorlash davrida odatda 
o‗simlikning er ustki o‗rib olinadi, quritiladi va maydalanadi (Oqzira). Sersuv 
mevalar qo‗lda teriladi, meva po‗stlog‗ini shikastlamagan holda terish kerak
chunki shikastlanish mevalar mog‗orlanadi. Ayrim hollarda ko‗p shikast 
etkazmagan holda mevalarni maxsus moslamalar yordamida yulib olinadi, shu 
borada dastlabki ishlov berish alohida e‘tibor talab qiladi. CHakanda, do‗lana, 
itburunlar va boshqalarning mevasini yig‗ishda shoxlarni kesib olish yoki sindirish 
yo‗l qo‗yilmaydi. Dastlabki ishlov berishda sersuv mevalar orasidan ezilgan, 
pishish davri o‗tib ketgan, pishmasdan qolgan, hashoratlar va zararkunandalar 
zararlaganlari olib tashlanadi, quruq mevalar orasidan ezilib ketgan boshqa 
o‗simliklar qismlarini, organik va mineral aralashmalari olib tashlanadi.


144 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling