O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
 
4.1. Fanning namunaviy o`quv dasturi 
 
4.2. Fanning ishchi o`quv dasturi 
 
4.3. Tarqatma materiallar 
 
4.4. Testlar 
 
4.5. Baholash mezoni 
 
4.6. O`UM eiektron variant 
 



1-MAVZU. KIRISH. FAN HAQIDA UMUMIY TUSHINCHA. 
FANNING MAQSAD VA VAZIFALARI 
Reja
1. 
Fan haqida umumiy tushincha.
2. 
Fanning maqsad va vazifalari
Tayanch suzlar: dorivor o‗simlik mahsulotlari, xom-ashyo, saqlash, qayta 
ishlash, go‗sht, yog‗, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar, sabzavot va mevalar, 
pomidorqoqisi tayyorlash, uzum, ukrop, kashnich, rayxon, jambil va achchiq 
qalampir, quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan kog‗oz 
qutilar va b.q. 
 
1. 
Fan haqida umumiy tushincha. 
Insoniyat dorivor o‗simlik mahsulotlaridan foydalana boshlagandan to shu 
kungacha ularning xom-ashyosini saqlash va qayta ishlash bilan shug‗ullanib 
kelgan. Etishtirilgan mahsulotni sifatli xolatda saqlash, undan unumli foydalanish 
o‗tmishdan inson ehtiyojlarining asosiy vositalaridan biri bo‗lib kelgan. 
Ko‗chmanchi halqlar yig‗ilgan meva va urug‗larni saqlash uchun maxsus erto‗lalar 
qazishgan. O‗tmishda xayotiy zarurat tufayli qadimgi qabilalar ham ortiqcha (oziq-
ovqat) mahsulotlarni saqlash va zararkunandalardan asrash choralarini o‗rgana 
boshlashgan.
Mamlakatimiz olimlarining turli hududlarida olib borilgan arxeologik 
(qazilmalardan) izlanish natijalari qishloq xo‗jalik mahsulotlarini saqlash quldorlik 
tizimi davridayoq amalga oshirilganligidan dalolat beradi. Bu erlardan maxsulotlar 
saqlanadigan xumlar, ko‗za va boshqa idishlar topilgan.
Markaziy Osiyo, jumladan O‗zbekiston sharoitida ham qadimdan asosan 
qishloq xo‗jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga katta e‘tibor qaratilgan. 
Dastlab, inson faoliyati uchun zarur bo‗lgan mahsulotlarni saqlash maqsadida ular 
(go‗sht, yog‗, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar, sabzavot va mevalar) muzlatib 
qo‗yilgan.
O‗zbekistonda oziq ovqat mahsulotlarini saqlashning eng qadimgi 
usullaridan mahsulotni ko‗mib yoki osib-quritib saqlash, mevalardan qoqi 
tayyorlash kabi quritish usullaridan keng foydalanilgan. Mahsulotlarni saqlash
qayta achitish, sabzavot, don, meva, go‗sht, sarig‗-yog‗, suzma, qazi va tuxumni 
erga ko‗mib va tog‗li xududlarda tabiiy g‗orlarda saqlash, poliz mahsulotlarini osib 
saqlash, turli meva, qovun, pomidordan qoqi tayyorlash, uzum, ukrop, kashnich, 
rayxon, jambil va achchiq qalampirni quritish amalda keng qo‗llanib kelingan. 
Asosan quruq mahsulotlar tez buzilmaydiganlar hisoblanib, ular quruq joyda, 
shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan kog‗oz qutilarda saqlangan. Don 
va un asosan qoplarda, katta ko‗za, xum yoki toldan to‗qilgan savat-qutilarda 
saqlangan. 
Dorivor o‗simliklarni tayyorlash saqlash va qayta ishlash texnologiyasiga 
doir dastlabki umumiy ma‘lumatlarni IX-X asrlarda bayon etilgan manbalarda 
keltirilgan bo‗lib, bunda asosan Evropa davlatlari bilan savdo-sotiq orqali ularni 
Markaziy Osiyoga kirib kelishi va chiqishiga doir ma‘lumotlarni uchratish 



mumkin.
Markaziy Osiyoda X-XII asrlarda qishloq xo‗jalik mahsulotlarini saqlash 
va qayta ishlash bo‗yicha bir qator asarlar yaratildi. Ularda esa asosan 
dehqonchilik, oziq-ovqat va ziravor mahsulotlarini qayta ishlashga doir 
ma‘lumotlar keltirilgan.
Dorivor o‗simliklarni tayyorlash saqlash va qayta ishlash hamda ulardan 
tayyorlanadigan preparatlar va dorilarga doir dastlabki sistematik tafsilotlar 
ma‘lumotlarni XIII-XV asrlarda bayon etilgan manbalarda keltirilgan. Manbalarda 
keltirishicha, XV-asrlardan boshlab maxsus kitoblar chop etilgan va dorixonalar 
rasman faoliyat ko‗rsata boshlagan.
Ma‘lumki, keyingi yillarda dorivor o‗simlik xom-ashyo resurslariga talab 
oshganligi sababli ulardan oqilona foydalanish, ularni madaniy holda etishtirish, 
tayyorlangan xomashyoni saqlash va dastlabki qayta ishlash usullarini ishlab 
chiqish dolzarb vazifalardan biri bo‗lib hisoblanmoqda. Jumladan, O‗zbekiston 
Respublikasi farmatsevtika sanoatini dorivor o‗simlik xom ashyolariga bo‗lgan 
talabni qondirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari qabul 
qilindi. Bular 2004 yil 28 oktyabrda O‗zR Vazirlar Mahkamasining №508–sonli 
―O‗zbekiston Respublikasi xududidan tashqariga olib chiqish va olib kirish
biologik resurslardan ratsional foydalanish uchun nazoratni kuchaytirish 
to‗g‗risida‖gi, ―Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2013 yil 5 avgustdagi 222-
sonli majlisi bayonining 3 bandida ko‗rsatilgan – ―Dorivor o‗simlikshunoslik va 
yangi dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalarini tashkillashtirish uchun 
dorivor o‗simliklarni sanoat miqyosida plantatsiyalarini yaratish‖ to‗g‗risidagi 
qarorlari, ―2015 yil 20 yanvardagi № 5-sonli ―2015-2017 yillarda o‗rmon 
ho‗jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va oziqabop o‗simliklar xom-ashyosini 
etishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora tadbirlari 
to‗g‗risida‖ majlis byonnomasi 1.12 bandi‖, ―O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2014 yil 19 noyabrdagi ―Unabi (CHilonjiyda) plantatsiyalarini 
kengaytirish, uning shifobaxsh va oziq-ovqatlik xususiyatlaridan keng foydalanish 
to‗g‗risidagi‖ 851-f sonli farmoyishi, 2017 yil 3 may oyida Prezident farmoni (PF- 
5032-sonli) 
asosida 

ta 
farmatsevtika 
xududlari 
(Qoraqalpog„iston 
respublikasida-Nukus farm, Surxondaryo viloyatida-Boysun farm, Toshkent 
viloyatida-Parkent va Bo„stonliq farm, Jizzax viloyatida-Zomin farm, Sirdaryo 
viloyatida-Sirdaryo farm, Namangan viloyatida- Kosonsoy farm) tashkil etildi.
SHuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning 2017 
yil 24-25 fevralь kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashriflari davrida, 
Respublikamizda za‘faron (shafran) plantatsiyalarini barpo etish, farmatsevtika 
sanoati ehtiyojlarini ta‘minlash va eksportbop dorivor o‗simliklarni ko‗paytirishni 
tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risida majlis qarori va unga asosan 2017 yil 21 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling