O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Nazorat savollari 
1. 
Dioskoridning mashhur kitobi? 
2. 
«Galen preparatlari» nomi bilan yuritiladi. 
3. 
Farmakognoziya fani nimalarni o‗rgatadi 
4. 
Dorivor mahsulotlar deb nimalarga ataladi. 
 
3-MAVZU. DORIVOR O„SIMLIK HOM-ASHYOLARINI TAYYORLASH 
ASOSLARI 
Reja 
1. 
Xom ashyosini tayyorlash asoslari 
2. 
Dorivor o„simlik xom ashyolarini tayyorlashda quyidagi ishlar 
bajariladi:
Tayanch iboralar: dorivor vositalar, yurak glikozidlar, qator alkaloidlar, 
terpenlar, saponinlar, steroid va fenolli birikmalar va boshqa biologik faol 
moddalar, sintez usuli va b.q.
  
Xom ashyosini tayyorlash asoslari.  
Mavzu 4 soatga mo‗ljallangan. 
Ma‘ruza rejasi: 
1.Dorivor o‗simliklar xom ashyosini tayyorlash ishini uyushtirish. 
2.Dorivor o‗simliklar xom ashyosini yig‗ish.
3.Yig‗ilgan xom ashyoni quritish.
4.Yig‗ilgan xom ashyoni standart holga keltirish. 
5.Xom ashyoni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).


14 
6.Xom ashyolarni transport vositalari bilan jo‗natish. 
7.Xom ashyoni saqlash.
Tayanch iboralar: dorivor o„simliklar xom ashyosini tayyorlash, quritish
standart xoliga keltirish, qadoqlash, asosiy dorivor o„simliklar ro„yxati. 
O‗zbekiston tibbiyotida qo‗llaniladigan dorivor vositalarning 38-40% ni 
o‗simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba‘zi og‗ir kasalliklarni 
davolashda ishlatiladigan muhim ahamiyatli ayrim dorivor preparatlarni (yurak 
glikozidlar, qator alkaloidlar, terpenlar, saponinlar, steroid va fenolli birikmalar va 
boshqa biologik faol moddalar) shu vaqtgacha sintez yo‗li bilan olib bo‗lmadi. 
Ularni olish manbai hozircha faqat o‗simliklar bo‗lib qolmoqda. 
Hamdo‗stlik mamlakatlari juda katta turli geografik hududlardan tashkil 
topgan. Bu hududlar tropikdan tashqari hamma iqlimli tumanlarni: abadiy muzlik 
bilan qoplangan baland tog‗lar, tundra, tayga o‗rmonlari, cho‗l, yarim cho‗l, sahro 
hamda nam subtropik va boshqalarni o‗z ichiga oladi. SHuning uchun ham 
ularning florasi juda boy. U 19000 dan ortiq o‗simlik turlaridan tashkil topgan. 
SHular ichida dorivor o‗simliklar ham ko‗p. Ammo, hozirgi vaqtda ularni 
hammasidan ham tibbiyotda kasalliklarni davolashda to‗liq foydalanilmayapdi. 
Sog‗liqni saqlash vazirligi tomonidan chop etilgan dori vositalari rasmiy 
ro‗yxatida tibbiyotda ishlatiladigan 282 taga yaqin shifobaxsh o‗simliklar 
keltirilgan. 
Kimyoviy farmatsevtika sanoatiga qarashli korxonalarda 254 xil 
fitopreparatlar ishlab chiqarilgan. SHu dorivor preparatlar 152 tur dorivor 
o‗simliklardan olingan va 171 xil mahsulotlar tayyorlangan. SHu ko‗rsatilgan 
dorivor mahsulotlar asosan mamlakatimiz hududida tabiiy holda o‗sadigan hamda 
ayrim xo‗jaliklar dalalarida o‗stiriladigan dorivor o‗simliklardan tayyorlangan. 
YUqorida 
ko‗rsatilganidek, 
kimyo-farmatsevtika 
sanoati, 
Galen 
laboratoriyalari va dorixonalar ehtiyojini qondirish maqsadida har yili ko‗p 
miqdorda dorivor o‗simlik xom ashyo mahsulotlari tayyorlanadi.
Farmatsevtika Farmatsevtikasanoati va dorixonalar ehtiyojini qondirish 
maqsadida har yili katta miqdorda dorivor o‗simliklar mahsuloti tayyorlanadi. 
Mahsulotlar asosan tabiiy holda o‗sadigan dorivor o‗simliklardan yig‗iladi. Yil 
sayin dorivor o‗simlik xom ashyo mahsulotlariga bo‗lgan talab oshmoqda. Bu esa 
o‗z navbatida tayyorlanadigan xom-ashyo mahsuloti miqdorining oshib borishiga 
sabab bo‗lmoqdalar.
Tabiiy holda o‗sadigan dorivor o‗simliklarning xom ashyo zahirasi har 
qancha ko‗p bo‗lmasin, farmatsevtika sanoatiningdorivor o‗simlik mahsulotlariga 
bo‗lgan talabiri qondirish muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda 
tabiiy sharoitda o‗sadigan o‗simliklarni populyasiyasini saqlab qolish va ularni 
xom ashyolarini tayyorlashnibelgilangan tartibda amalga oshirish talab etiladi. Bu 
esa mahsulotlarning tayyorlashni ilmiy-amaliy asoslangan rejasini ishlab chiqish 
va ungaqat‘iy rioya qiliishni taqozo etadi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling