O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117
 
 
 
10-rasm. Po„stloq xom ashyolarini quritish (ochiq maydonda). 


33 
11-rasm. Ildiz xom ashyosini kuritish 
O‗simlikning er ustki qismlari (poya, barg va gullar) maxsus qurilgan 
bostirma, shiypon yoki cherdaklarda quritiladi. Bu joylar toza va shamol o‗tib 
turadigan bo‗lishi kerak. Dorivor mahsulotlar maxsus ishlangan stelajlarga yupqa 
qilib yoyiladi. 
Mevalar quritiladigan moslamalarni (pechlar) ham dorivor o‗simlik xom-
ashyo mahsulotlarni quritish uchun moslashtirish mumkin. Buning uchun esa 
dorivor o‗simlik mahsulotlarini umumiy quritish qoidalariga qat‘iyan rioya qilish 
talab etiladi. Bundan tashqari, ho‗l mevalarni, masalan, chernika, malina, 
klyukvalarni quritgichlarda quritsa ham bo‗ladi (rasm). 
So‗nggi yillarda dorivor o‗simlik mahsulotlarini tabiiy usulda quritish bilan 
bir qatorda turli tipdagi quritgichlarda sun‘iy quritish keng qo‗llanilmokda.
Ayrim dorivor o‗simliklar 
tarkibidagi ta‘sirchan qimmatbaho kimyoviy birikmalar (masalan, glikozidlar) 
tabiiy ravishda uzoq quritilganda parchalanib ketishi mumkin. SHuning uchun 
ularni sun‘iy ravishda quritgan yaxshi. Bundan tashqari, sun‘iy ravishda 
quritilganda dorivor mahsulot tez quriydi va sifatli bo‗ladi. 


34 
a)
b)
12-rasm. Mevalarni quritish usullari. 
a-stelajlarda; b- quritgich moslamalarida 
Tarkibida efir moyi bo‗lgan dorivor mahsulotlar 25-30
0
da, alkaloidlar, 
glikozidlar va boshqa moddalar bo‗lgan dorivor xom-ashyo mahsulotlari esa 50-
60

da quritilishi lozim. Mahsulotni me‘yordan ziyod quritib yubormaslik tavsiya 
etiladi, aks holda u kukunga aylanib ketadi. Masalan, na‘matak mevalari maxsus 
qurituvchi moslamalarda 80°S atrofidagi haroratda bir necha soat davomida yoki 
kuz oyining issiq kunlarida soya-salqin joylarda (tomlarni ostida taxminan 40-60
0

atrofida) quritish tavsiya etiladi. Mevalarni quritish davrida tez-tez bilan 
aralashtirib turish talab etiladi. Ba‘zan, ularni oftobda quritish natijasida xom-
ashyoning sifati buzilishi mumkin. 


35 
Tirnoqgul o‗simligining xom ashyo mahsuloti qiyg‗os gullagan vaqtda 
teriladi. YAngi ochilgan gullar asosan qo‗lda va ba‘zan tayyorlangan tarish 
moslamalarida (sovokalar) teriladi. Gul savatchalari tez-tez ochilishi munosabati 
bilan har 3 kunda, kechi bilan 4-5 kunda terib turiladi. O‗simlikdan terib olingan 
to‗pgullar qizib ketmasligi va uning sifati buzilmasligi uchun savatchalarda va 
to‗plamlarda 3-4 soatdan ortiq saqlanmaslik kerak. Terilgan mahsulot maxsus 
quritgich asboblarda (SPK), havo (VPT-400, 600) quritgichlarda 40-45°S gacha 
haroratda yoki issiq kunlarida soya-salqin joylarda (tomlarni ostida taxminan 30-
40
0
S atrofida) quritiladi. 4-6 kun davomida quritilgan xom-ashyo mahsulot g‗ovak 
holda (bosilmasdan) maxsus qog‗ozdan yasalgan qopchalarda 20kg dan qilib 
joylashtirib saqlanadi. Mahsulotni quruq omborlarda saqlash muddati 2 yildan 
oshmasligi kerak. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling