O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   117
Nazorat savollari 


31 
1. 
Dorivor o‗simliklarni tayyorlashni uyushtirishda nimalarga e‘tibor 
berilishi lozim. 
2. 
Dorivor o‗simliklarni kimyoviy tarkibi 
3. 
Ddorivor mahsulotlarni tayyorlash usullari 
4. 
Mahsulotlarni tayyorlash usullari.
 
5 -MAVZU. DORIVOR XOM ASHYO MAHSULOTLARINI TABIIY 
QURITISH USULLARI 
REJA 
1. 
Quritish qoidalari 
2. 
Tabiiy quritish usullari?.
3. 
Tabiiy quritish kamchiliklari? 
4. 
Tabiiy quritish qurilmalari 
Tayanch iboralar: 
Dorivor 
o„simlik 
xom-ashyoslariga 
birlamchi 
ishlov 
berish.Tayyorlangan dorivor mahsulotlarni boshqa o‗simlik aralashmalari, loy, 
tuproq, qum va boshqalardan tozalangandan so‗ng tezda quritishga kirishiladi. 
Quritishning umumiy tartib qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Tarkibida efir moylari mavjud xom-ashyo 30-35 (40)
0
S haroratda 
quritiladi. 10-15 sm qalinlikda efir moylarini uchib ketishiga yo‗l qo‗ymagan 
holda. 
2. Tarkibida glikozidlar mavjud xom-ashyo 50-60
0
S haroratda. Ushbu 
holda fermentlar glikozidlarni tarkibini buzishga ulgurmaydi. 
3. Tarkibida alkoloidlar mavjud xom-ashyo 50
0
S gacha haroratda quritiladi. 
4. Tarkibida askorbin kislotasi mavjud xom-ashyo 80-90
0
S haroratda 
quritiladi.
Quritishning barcha usullarida (efir moylilaridan tashqari) xom-ashyo qalin 
yoymasdan joylashtirilib, tez-tez ag‗darilib turiladi, ammo maydalanib ketishiga 
yo‗l qo‗yilmaydi (rasm).
9-rasm. Dorivor xom ashyoni stelajda quritish usullari 


32 
Dorivor o‗simlik xom-ashyolari–ildiz, ildizpoya, po‗stloq, poya egilmasdan 
sinish darajasiga kelganda; barg va gullar ishqalanganda kukun holatiga kelganda; 
sersuv mevalar bir-biriga yopishmasdan, bosilgan holda sochilib ketish holatiga 
kelganda quritish jarayoni tugallangan hisoblanadi
Quritishning eng oddiy va oson usuli tabiiy sharoitda, ya‘ni ochiq havoda 
quritishdir. Lekin o‗simliklarning er ustki qismlarini (po‗stloq, meva va 
urug‗laridan tashqari) ochiq havoda, quyoshda qurutib bo‗lmaydi. Aks holda 
o‗simlikning er ustki organlari hujayralaridagi yashil rang beruvchi xlorofill hamda 
gul qismlaridagi rang beruvchi pigmentlar parchalanib ketib, poya, barg va qisman 
gullar sarg‗ayib (ko‗pincha gullar rangsizlanib) qoladi. Xlorofill pigmenti 
parchalanishi bilan birga o‗simlik tarkibidagi boshqa kimyoviy birikmalar ham 
gidrolizlanishi mumkin. SHuning uchun ham odatda quyosh issig‗ida faqat er ostki 
organlar, po‗stloq, meva va urug‗lar quritiladi (rasm).

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling