O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   117
13-rasm. Tirnoqgul xom ashyosi 
Dorivor o„simlik xom-ashyolarini quritish usullari. Dorivor o‗simlik 
xom-ashyoslari asosan 2 xil usul bilan quritiladi; 
1. Tabiiy (sun‘iy isitmagan holda) yoki soya-salqin joylarda quyosh nuri 
ta‘siri yordamida; a) soya-shamol yordamida, ochiq havoda amalga oshiriladi
ammo soyada, ayvonlarda, uy shipining oralig‗ida, maxsus quritish omborida va 
shamol yordamida quritish moslamalarida; b) quyosh yordamida, ochiq havoda 
yoki quyosh quritish moslamalarida. 
2. Sun‘iy maxsus quritgich moslamalari yordamida. (Sun‘iy isitish yoki 
qizitish yordamida). 
Tabiiy quritish. Tabiiy quritish qadimdan ma‘lum. Bu usul iqtisodiy 
jihatdan samarali ekanligi bilan alohida qadrlanadi. Hozir ham yozi issiq va quruq, 
kuzi iliq va quruq bo‗lgan qit‘alarda bu usullar qo‗llaniladi. Ammo, tabiiy quritish
usuli ayrim kamchiliklardan ham holi emas.
Bu usul bilan xom ashyoni quritishda ma‘lum vaqt (3-5 kun) talab etadi. 
Dorivor o‗simlikning quruq moddasi sezilarli miqdorda kamayadi. Bundan 
tashqari mahsulotni quritish uchun ajratilgan joylar (punktlar) chang yo‗llardan 


36 
uzoqroqda joylashtiriladi. SHuningdek, quritish punktlari tekis, changdan 
tozalangan, quyosh nuri yaxshi tushadigan, shamol yaxshi esadigan, somonli 
suvoq qilingan, toza oqib turgan suv bo‗lishi va quritilgan mahsulotni yig‗iladigan 
(xirmon) joy bo‗lishi kerak. 
O‗zbekistonning iqlim sharoiti (yuqori havo harorati, havo namligi past 
bo‗lishi) dorivor o‗simlikni tabiiy holda quritish uchun juda qulay bo‗lib 
hisoblanadi. Tabiiy holda quritilgan xom-ashyo mahsulotlarini, sun‘iy quritilgan 
mahsulotlarga nisbatan sifat jihatdan qisman past bo‗lsada, ammo iqtisodiy 
jihatdan juda samarali hisoblanadi.
Dorivor o‗simliklarni tabiiy quritish vaqtida vaziyatlardan kelib chiqqan 
holda ayrim holatlarni in‘obatga olish lozim bo‗ladi; 
-bular quritish uchun ochiq joylarni va xom-ashyo mahsuloti uchun 
maxsus jihozlangan quritish maydonlarini to‗g‗ri tanlash. Bu hol esa o‗z navbatida 
mahsulot tan narxining pasayishiga hamda mahsulot sifatining yaxshilanishiga 
ta‘sir etadi.
-quritish punktlari dalaga yaqin joylashishi bilan ammo, maydonning sathi esa 
quritiladigan xom ashyo mahsulot turining har-bir (1m

) maydonga to‗g‗ri kelishi 
va joylashtirilishi miqdoriga ham bog‗liqdir. Masalan, agar quritish uchun har 
kuni 1t. dan dorivor o‗simlik xom ashyosi kelib tushsa va har ( kuni) m
2
ga 3 kg 
dan quritish mahsuloti to‗g‗ri kelsa, bunda mavsum davomida 1t. xom-ashyo 
mahsulot uchun 1000m
2
, yoki quritish maydoni talab etilar ekan.
Quritish maydonning har bir (m
2
) kvadrat maydoniga maydalangan va hul 
(yashil massa) xom-ashyo mahsulotlardan 2-3 kg dan joylashtirish mumkin. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling