O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. Er ostki qismi xom ashyolari


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   117
7-rasm. Er ostki qismi xom ashyolari 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. 
Ildiz va ildizpoyalarni qay vaqtda teriladi 
2. 
Ildizlar qanday quritiladi 
3. 
Iildizpoyalarni qanday quritiladi 
4. 
Tuganak kartoshkalilar qanday quritiladi 
5. 
Piyozlar va tuganak piyozlar qanday quritiladi
 
 
10-MAVZU. DORIVOR O„SIMLIK XOM-ASHYO SIFATIGA 
QO„YILADIGAN ASOSIY TALABLAR 
Reja 


53 
1. 
Xom ashyolarni dorivormahsulotlarnitovar holatiga
2. 
keltirish 
3. 
Dorivor o‗simliklarni qabul qilishda sifatiga qo‗yiladigan talablar. 
Tayanch iboralar: Xom ashyo, tovar holat, Aralashma, Mahsulotning 
nuqsonli qismlari, Mahsulotni maydalangan qismi, Mahsulotni qayta quritish
Mahsulotni maydalash, Farmatsevtika va boshqalar 
 
Xom ashyolarni dorivormahsulotlarnitovar holatiga
keltirish. Xo‗jalik idoralari, jamoalar va ayrim shaxslar tomonidan 
tayyorlangan dorivor o‗simlik xom-ashyo mahsulotlari qabul qilish punktlariga 
turli ko‗rinishda, ya‘ni standart talabiga javob bermaydigan holatda kelishi 
mumkin. SHuning uchun mahsulotlarni idishlarga joylashtirib (qadoqlab), 
omborlarga jo‗natishdan avval ularni ma‘lum talablarga javob beradigan holda 
keltirish zarur. 
Dorivor mahsulotlarni tavar holiga keltirish uchun quyidagi ishlar 
bajariladi: 
1. Aralashmalardan tozalash. Tayyorlovchilarning tajribasizligi yoki 
shoshilib va tartibsiz ishlashlari oqibatidan ba‘zan qabul punktlariga topshirilgan 
dorivor mahsulotlar tarkibida turli aralashmalar bo‗lishi mumkin. Ular organik va 
mineral aralashmalarga bo‗linadi.
Organik aralashmalarga dorivor o‗simlikka o‗xshagan yoki uning yonida 
o‗sadigan boshqa o‗simlik qismlari, xashak, somon, ko‗mir va boshqalar hamda 
shu dorivor o‗simlikning xom-ashyo mahsuloti bo‗lmagan qismi kiradi. Mineral 
aralashmalar odatda kesak, tosh, tuproq, qum hamda shisha, sopol, chinni 
bo‗lakchalaridan iborat bo‗ladi. 
Mahsulotni tavar holatga keltirish uchun uni aralashmalardan tozalash 
kerak. Buning uchun u mashinalar yordamida yoki qo‗lda elanib, aralashmalardan 
tozalanadi va navlarga ajratiladi. Ayrim hollarda esa (o‗simlikning er ustki 
qismidan gul va barglarning aralashmasini ajratib olish uchun) mahsulot avval 
mashinalarda yanchilib, so‗ngra elanadi, poya va shoxlar ajratib tashlanadi.
2. Mahsulotning nuqsonli qismlarini ajratish. Agarda dorivor xom-ashyo 
mahsuloti yomg‗ir yog‗ib turgan vaqtda, yomg‗ir yog‗ib o‗tgan, lekin o‗simlik hali 
qurimagan va havoda namlik ko‗p vaqtda, o‗simlikdan ertalabki shudring hali 
ko‗tarilmaganda tayyorlansa, u holda tayyorlanayotgan mahsulot quritish paytida 
sarg‗ayib yoki qorayib qolishi mumkin. Xom ashyo mahsuloti to‗g‗ri, havo quruq 
vaqtda tayyorlansada ammo noto‗g‗ri quritilsa, unda ham ularning sarg‗ayib yoki 
qorayib qolishi kuzatiladi. Bu nuqsonlarga tegishli GOST larda ma‘lum miqdorda 
ruxsat etiladi. Agar ular ko‗rsatilgan miqdordan ortiq bulsa, bu mahsulot sifatiga 
ta‘sir kiladi. SHuning uchun dorivor xom ashyo mahsuloti navlarga ajratilib, 
qoraygan va sarg‗aygan qismlardan tozalanadi.
3. Mahsulotni maydalangan qismdan tozalash. Dorivor mahsulot tarkibida 
maydalangan qismning miqdori tegishli GOST da chegaralangan bo‗ladi. 
CHinonchi, mahsulotni tarkibida maydalangan qismi me‘yoridan ortiqcha bo‗lsa, 


54 
uning sifati past hisoblanadi. SHu sababli, dorivor mahsulotni standart talabiga 
javob beradigan qilish maqsadida uni mayda qismidan tozalanadi. Buning uchun 
mahsulot tegishli GOST talabiga binoan kerakli teshikli elaklarda elanadi. 
4. Mahsulotni qayta quritish. Qabul punktlarida qabul qilib olingan 
mahsulotlar, aksariyat hollarda etarli darajada quritilmagan bo‗ladi. Bundan 
tashqari, bu mahsulotlar (ayniqsa gigroskopik mahsulotlar) saqlash davrida 
(tayyorlovchilar zudlik bilan qabul punktlariga topshirmaganlarida) va qabul 
punktlariga olib ketilayotgan vaqtda sharoitga qarab bir oz namlanib qolishi 
mumkin. Xatto, keyinchalik ham, bu mahsulotlar omborlarda yoki dorixona va 
laboratoriyalarda saqlanish davrida mog‗orlab, sarg‗ayib yoki qorayib o‗z sifatini 
yo‗qotadi. Mahsulotning qimmatini saqlab qolish uchun tegishli GOST da 
ko‗rsatilgan namlik qolguniga qadar qayta quritiladi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling