O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-rasm. Mahsulotni maydalangan qismdan tozalash


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   117
22-rasm. Mahsulotni maydalangan qismdan tozalash. 
5. Mahsulotni maydalash. Dorixonaga ko‗pchilik mahsulotlar maydalangan 
(mayda bo‗laklarga qirqilgan yoki kukun-poroshok) holda yuboriladi. Mahsulotlar 
faqat omborlarda tezda buzilib, o‗z sifatini yo‗qotmasligi uchun butunligicha
maydalanmasdan saqlanadi. 
Mahsulotlarni maydalash (barglarni qirqish, er ustki qismini yanchish, ildiz 
va ildizpoyalarni kubsimon qilib qirqish, kukun–poroshok holiga keltirish) 
mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Har bir o‗simlik turi xom-ashyo 
mahsulotini maydalash darajadasi tegishli standartlar (GOST) da ko‗rsatilgan 
bo‗lib, bu ishlar markazlashtirilgan va moslangan qabul punktlarida bajariladi. 
Dorivor o„simliklarni qabul qilishda sifatiga qo„yiladigan talablar. 
Farmatsevtika zavodi va fabriklarida hamda markazlashtirilgan omborlarda dorivor 
mahsulotlar odatda ko‗p miqdorda to‗plam-to‗plam qabul qilinadi. Og‗irligi 50kg 
dan kam emas, har taraflama bir xil bo‗lgan, uning sifatliligini tasdiqlovchi bitta 


55 
xujjat bilan rasmiylashtirilgan mahsulot bitta to‗plam hisoblanadi: 
To‗plamga ilova qilingan hujjatda quyidagi ma‘lumotlar bo‗ladi: 
1. Xujjatning soni, uni berilgan oy, uni va yili. 
2. Jo‗natgan korxonaning nomi va manzili. 
3. Mahsulot nomi 
4. To‗plam soni 
5. To‗plam og‗irliga (miqdori, massasi) 
6. Yig‗ilgan yoki terilgan yili va oyi 
7. Tayyorlangan nohiyasi (yovvoyi holda o‗sadigan o‗simliklar uchun) 
8. Mahsulot sifatini tekshirish natijalari 
9. Mahsulotga normativ-texnik xujjatlarni belgilash 
10. Mahsulot sifatiga javobgar shaxsning ismi-sharifi, lavozimi va imzosi 
Dorivor mahsulot qabul qilinayotgan GOST 6077-80 ga muvofiq quyidagi 
qoidalarga amal qilinadi: 
1. Qabul qilinadigan to‗plamning tashqi ko‗rinishini umumiy tekshirish 
2. Dorivor mahsulot o‗ramining tahlil uchun ochiladigan o‗rnini tanlash 
3. Qabul qilinayotgan to‗plamning bir xilligi va nuqsonini aniqlash 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling