O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   117
 
Sun‟iy quritish. So‗ngi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar dorivor 
o‗simlikni quritishda sun‘iy quritish usullarining imkoniyatlari (avtomatlashgan) 
cheksiz va maqbul ekanligini ko‗rsatadi. Sun‘iy quritish jarayonida-birinchidan 
vaqtdan tejaladi, ikkinchidan xom-ashyoning sifat ko‗rsatkichlari talab doirasida 
bo‗ladi va uchinchidan xom-ashyoning sanitar holati (tabiiy quritishga nisbatan) 
qoniqarli bo‗ladi. 
Quritish vaqtining davomiyligi bir necha soatga kisqaradi. Mahsulotning 
sifati (tabiiy quritishga) nisbatan yuqori, quritish uchun talab etiladigan maydon 
esa (tabiiy quritishga) nisbatanancha kamayadi. Ishlab chiqarishning sanitar holati 
oshadi. Quritish jarayoni iqlim sharoitlariga bog‗liq bo‗lmaydi. 
Quritish davrini ijobiy tomonga o‗zgartirishga imkon beradi. Kech kuz 
oylarida tayyorlangan o‗simlik organlari yoki uzilgan ho‗l meva xom ashyo 
mahsulotlarini sifatli qurishi va talablarga javob berishini ta‘minlaydi. 
Hozirgi kunda turli xil sun‘iy (USK-2E va b.q) quritgich moslamalari 
mavjud va bundan turli sohalarda maqsadli ravishda foydalaniladi. 


41 
 
19-rasm. Sun‟iy quritish binosi (shiyponlar) 
1-stelaj, 2-issiqlik pechi,3- issiqlik trubalari, 4-xavo o„tkazgich, 5-havo 
tortgich trubalar,6- tutin trubalari, 7-pastki groizontal to„siq 
 
Sun‟iy quyosh-yoqilg„ilik quritish qurilmalari. Quyosh va an‘anaviy 
energiya manbalaridan kombinatsiyalangan holda foydalanishga asoslangan 
quritish 
qurilmalari 
quyosh-yoqilg„ilik 
qurilmalari 
nomini 
olgan. 
Kombinatsiyalangan quyosh yoqilg‗ilik quritgichlar quyosh va sun‘iy quritish 
uslublarini ustunlik tomonlarini birlashtirib ixcham, transportda ko‗chirishda oson, 
arzon va energiya sarfi kamroq bo‗lgan quritgichlar yaratish imkonini berdi. Ular 
kichik va o‗rta qayta ishlash korxonalariga mo‗ljallangan. 
Quyosh-yoqilg‗ilik quritgichlar samaradorligini oshirishning quyidagi
prinsiplari ishlab chiqilganda, unda: 
1. Issiqlik manbai quvvati rejimini rostlash hisobiga quritish agentini 
belgilangan haroratini ushlab turish; 
2. Quyosh kollektorining nur yutish paneli bilan quritish kamerasi tashqi 
devori funksiyasi birlashtirilib, qayta ishlangan quritish agenti issiqligi 
regeneratsiyasini ta‘minlash; 


42 
3. Quritish kamerasidan chiqadigan issiqlikdan samarali foydalanishni 
ta‘minlab beruvchi regenerativ issiqlik utilizatorlaridan foydalanish ko‗zda 
tutilgan. 
Qishloq xo‗jalik mahsulotlarini quritishda ularning quyidagi o‗ziga xos 
xususiyatlarini inobatga olish lozim; ya‘ni, jarayonning uzoq kechishi, ularning 
issiqlik-fizik xususiyatlarining o‗zaro bog‗liqligi, qurtish agenti optimal sarfini 
ta‘minlovchi pnevmo-timizimining noyobligi va boshqa ko‗rsatgichlar. 
Quritish agenti energiyasidan foydalanish va uni regeneratsiyalash 
shartlarini tahlil qilish uchun quyidagi ratsional texnologik jarayonni tuzish 
imkoniyatlari ishlab chiqilgan. 
-issiqlik almashinish qonuniyatlarining o‗zgarishi bilan bog‗liq bo‗lgan 
mahsulot massasini bosqichma-bosqich qayta ishlash; 
-quyosh issiqlik energiyasi va devor orqali yo‗qotilayotgan issiqlik
energiyasini regeneratsiyalash uchun plyonka qoplamaslik quritgich kamerasi 
yuzasini quyosh havo kollektorining nur yutuvchi paneli sifatida foydalanish; 
-issiqlik manbai quvvatini tekis kamaytirgan holda qayta ishlangan issiqlik 
tashuvchining energiyasini samarali ushlovchi regenerativ isiqlik utilizatoridan 
foydalanish; 
-atrof-muhit haroratining sutka davomida o‗zgarishini, hamda issiqlik 
tashuvchining regenerativ utilizatorda qizib, o‗zgarishini e‘tiborga olgan holda 
issiqlik manbai quvvatini tekis rostlovchi harorat rostlagichidan foydalanish; 
-mahsulot ichki qatlamlaridagi namlikni keyinchalik bug‗latish uchun, 
uning yuzasiga chiqishni ta‘minlovchi ossillyasiya rejimini qo‗llash; 
-tayyor mahsulotda namdorlik tekis bo‗lishini ta‘minlash uchun mahsulot 
barcha qatlamlarida issiqlikning tekis uzatishni ta‘minlash; 
-texnologik jarayonga mos ravishda issiqlik manbai quvvatini rostlash 
tizimini yaratish; 
-quyosh yoqilg‗ilik quritish qurilmalarida rostlanuvchi issiqlik jarayonlarini 
ta‘minlab beruvchi texnologik jarayonni ishlab chiqish. 
YUqorida sanab o‗tilgan masalalar echilishi uchun mahsulot va quritish
agentining texnologik xossalarining dinamikada o‗zgarishini hamda mahsulot 
issiqlik texnik xususiyatlarini o‗zgarishini o‗rganish maxsus talab etiladi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling