O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


USK-2E quritgichida dorivor o„simlik xom ashyolariga birlamchi


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117
USK-2E quritgichida dorivor o„simlik xom ashyolariga birlamchi 
ishlov berish texnologiyasi 
Quyosh va an‘anaviy energiya manbalaridan kombinatsiyalangan holda 
foydalanishga asoslangan quritish qurilmalari universal quyosh yoqilg„ilik 
qurilmalari nomini olgan. Ular quyosh va sun‘iy quritish uslublarining ustunlik 
tomonlarini birlashtirib ixcham, transportda ko‗chirishga oson, arzon va energiya 
sarfi kamroq bo‗lgan quritgichlar yaratish imkonini berdi. Ular kichik va o‗rta 
dorivor o‗simlik xom-ashyolariga birlamchi ishlov berib, qayta ishlash 
korxonalariga mo‗ljallangan. Universal quritish qurilmasida asosan o‗simlik xom 
ashyosini qayta-ishlash va quritish texnologiyasi ko‗zda tutiladi. 
Dorivor o‗simlik xom ashyosiga(yashil massasi) quritishdan oldin (ulardagi 
fiziologik-bioximik jarayonlarni to‗xtatish va sifatini saqlash maqsadida) dastlabki 


43 
ishlov berish lozim. Bunda, o‗simlik xom ashyosiga infra qizil nurlar yordamida 
dastlabki ishlov beriladi. Bu jarayonda oqsil molekulalari hamda ferment tizimlari 
denaturatsiyaga uchraydi. Bu hol dorivor o‗simlik xom ashyosi to‗qimalarida 
o‗tayotgan turli-xil fiziologik-biologik jarayonlarni tez to‗xtalishiga olib keladi va 
biologik faol moddalarning parchalanishining oldi olinadi. Bu bilan yuqori sifatli 
quritilgan mahsulot olishga erishish mumkin.
Qayta ishlanadigan o‗simlik xom ashyosiga quritgichning elektron 
boshqarish bloki yordamida optimal quritish rejimini berish lozim. Buning uchun 
uning termorostlagich boshqarish bloki kengaytirilgan rostlash diapozoniga ega 
bo‗lishi kerak. Quritishga kesib maydalanib tayyorlangan xom ashyo universal 
quritgichlarda quritilganda undagi quritish jarayoni o‗zgaruvchan quyidagi 
haroartda 50-60 
0
S dan oshirilmaydi. Bu vaziyatda xom ashyo o‗zining birlamchi 
yashil rangini saqlab, undagi biologik fa‘ol moddalarning minimal yo‗qotilishi 
kuzatilishi mumkin. Kuritishning bu usulida atrof muhitga hech qanday zarar
etkazilmaydi, ekologik toza mahsulot ishlab chiqariladi va yuqori iqtisodiy 
samaraga erishiladi.


44 
USK-2E Quyosh yoqilg‗ilik qurilmasi quyidagicha ishlaydi. YUklash eshigi 
vositasida quritish materiali (dorivor o‗simlik xom ashyosi) quritish o‗rindiqlariga 
(padnislariga) joylashtirilib qo‗yiladi. Qurilmada (USK-2E) yuqori havoning bir 
qismini atmosferaga, qolgan qismi esa kamera devori va plyon bilan hosil qilingan 
retserkulyasiya konturiga uzatiladi. U erda havoning qoraytirilgan devor va devor 
yuzasidan yurgandagi konvektiv issiqlik almashinuv hisobiga ko‗tarilladi. Havo 
kamera devori va plyonka orasida harakatlanib turbulent oqim hosil bo‗ladi. Bu 


45 
esa issiqlik almashinish jarayonining tezkorligini oshiradi. Bunday qurilmalar 
an‘anaviy energiya manbalarining 40 % gacha miqdorini tejash imkonini beradi. 
SHundan so‗ng USK-2E quritgich moslamasining kamera eshiklari yopilib 
markazdan qochma ventilyator va kalorifer ishga tushurilib issiq havo oqimi 
kameraga o‗zatiladi. Jarayonning qanday kechayotgani to‗g‗risida aniq tasavvur 
va ma‘lumotlarga ega bo‗lish uchun har bir soatda xom-ashyo mahsuloti
joylashtirilgan to‗rtta patnisning har biri tarozi vositasida o‗lchab boriladi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling