O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Dorivor o‘simlik xom ashyolarini tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   117
Dorivor o‘simlik xom ashyolarini tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi: 
1. Dorivor o‗simliklarni tayyorlash ishini uyushtirish. 
2. Mahsulotni yig‗ish. 


15 
3. Yig‗ilgan mahsulotni quritish. 
4. Yig‗ilgan mahsulotni standart (tavar) holiga keltirish. 
5. Mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash).
6. Mahsulotlarni transport vositalari bilan jo‗natish. 
7. Dorivor mahsulotlarni saqlash. 
Dorivor o‗simliklarni tayyorlashni o‗z vaqtida to‗g‗ri uyushtirish juda katta 
ahamiyatga ega. Odatda, bu ish bilan tuman markaziy dorixonasi (TMD) 
shug‗ullanadi. Tuman hududida dorivor o‗simliklar mahsulotini tayyorlash 
ishlarini uyushtirish bilan TMD da katta provizor-farmakognost lavozimidagi 
mutaxassis, agarda bunday lavozim bo‗lmasa, u holda dorixona mudirining 
o‗rinbosari yoki shu vazifani bajarish yuklangan biror boshqa mutaxassis 
shug‗ullanadi. 
Dorivor o„simliklarni tayyorlashni uyushtirishda quyidagilar bajariladi va 
tashkil qilinadi: 
- ma‘lum tuman buyicha dorivor o‗simliklarning tayyorlash rejasini bilish 
va uni tumanda yig‗ish mumkin bo‗lgan dorivor mahsulot miqdoriga solishtirgan 
holda aniqlash;
- ro‗znoma va radio orqali xalq o‗rtasida qanday dorivor o‗simliklar 
qachon, qanday qilib, qaerda yig‗ilishi, quritilishi, sotib olish bahosi hamda qaerda 
topshirilishi lozimligi to‗g‗risida to‗liq axborot beradigan tegishli tushuntirish 
ishini olib borish; 
- xudi shu ko‗rsatilgan masalalarni to‗liq aks ettiradigan varaqalar chop 
ettirish va uni aholi ko‗p yig‗iladigan, hammaga yaxshi ko‗rinadigan erlarga osib 
qo‗yish; 
- dorixona qoshida dorivor o‗simlik xom-ashyolari tayyorlovchilar uchun 
qisqa muddatli o‗qish (tushuntirish) nitashkiletish; 
- dorivor mahsulotni yig‗iladigan erni aniqlash;
- dorivor o‗simliklar ko‗p o‗sadigan joyini va zahirasini aniqlash; 
-dorivor mahsulot yig‗iladigan joyni tanlaganda iloji boricha transport 
vositasi (avtomashina) boradigan va aholi yashaydigan erdan joydanolis 
bo‗lmasligini hisobga olish kerak. CHunki dorivor mahsulotlarni yig‗ishga ishdan 
bo‗sh bo‗lgan shueerli aholi, maktab o‗quvchilari va pensionerlar jalb etiladi; 
- dorivor mahsulotlarni tayyorlashni tashkil etish; 
- yig‗ilgan dorivor mahsulotni tayyorlangan joyda quritishni tashkil qilish. 
Agarda mahsulotni yig‗ilgan joyida quritishni iloji bo‗lmasa, u holda uni zudlik 
bilan quritiladigan erga transport vositasida etkazish va quritishni tashkil etish. 
Dorivor o‗simliklar mahsulotini tayyorlash tegishli, vakolatli tashkilotlar 
tasdiqlagan qat‘iy reja bo‗yicha olib boriladi. Bu ishni rejalashda dorivor 
o‗simliklarni tabiiy sharoitda yo‗qolib ketmasligini va ularni muhofaza qilishning 
boshqa chora-tadbirlari in‘obatga olingan bo‗lishi kerak: 
- rejalangan miqdordan ortiqcha tayyorlamaslik; 
- dorivor o‗simlik mahsulotini faqat ko‗rsatilgan va rejalangan daladan 
yig‗ish hamda yig‗iladigan dalani har yili qoidaga binoan almashtirib turish; 


16 
- dorivor mahsulotni yig‗ish rejasi uni ekspluatatsion zahirasidan ortiqcha 
bo‗lmasligiga rioya qilish; 
- ko‗p yillik o‗tli o‗simliklarning dorivor mahsulot sifatida uning er ustki 
qismidan foydalaniladigan bo‗lsa, uni ildizi bilan sug‗urib olmaslik, ya‘ni bu 
dorivor o‗simlikni tabiiy sharoitda yo‗q bo‗lib ketishining oldini olish va 
boshqalar. 
Hozirgi vaqtda dorivor o‗simliklar hamma hududlarda tayyorlanadi. 
Avvalda bu ishlar Ukraina, Belarus respublikalari, Kavkaz va Rossiyaning Evropa 
qismidagi viloyatlar, avtonom respublikalarida va o‗lkalarida yaxshi yo‗lga 
qo‗yilgan. 
Dorivor o‗simliklarni tayyorlash, qayta ishlash hamda o‗stirish bilan 
quyidagi idoralar shug‗ullanadi: 
O‗zbekiston respublikasi ―Tabiatni muhofaza qilish» qo‗mitasi- 
«bionazorat» tashkiloti tabiiy holda o‗sadigan dorivor o‗simliklar mahsulotlarini 
tayyorlash ishlarini rejalaydi, dorivor mahsulot miqdorini va yig‗iladigan dalalarni 
aniqlaydi hamda rahbarlik qiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligining respublika 
„Farmatsiya― ishlab-chiqarish birlashmasi boshqarmasi va uning viloyatlardagi 
idoralari turli dorivor o‗simlik mahsulotlarini katta miqdorda tayyorlaydi. Masalan, 
makkajo‗xori onalik ustunchasi (soqoli, popugi), tog‗rayxon, bo‗ymodaron, 
achchiq shuvoq, na‘matak va boshqalar. 
«Dori-darmon» davlat aksiyanerlik aksiyadorlikjamiyati har yili 21 tur 
dorivor o‗simliklardan 60-70t onnaga yaqin miqdorda mahsulotlar tayyorlaydi. 
Jumladan, dalachoy, achchiq shuvoq, bo‗ymodaron, zubturum, oqqaldirmoq, 
gazanda, dala qirqbo‗g‗imi, mayda gulli tog‗rayxon, makkajo‗hori onalik 
ustunchasi, na‘matak mevasi va boshqalar. 
Dorivor o‗simliklarni yig‗ish bilan yana Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi 
O‗rmon xo‗jaligi qo‗mitasiga tegishli ―SHifobaxsh‖ ICHB va boshqa tashkilotlar. 
Bu idoralar o‗zlariga biriktirilgan xududlarda o‗sadigan dorivor o‗simlik 
mahsulotlarini yig‗adi va tegishli korxonalarga topshiradi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling