O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
avgustda Vazirlar Mahkamasida o‗tkazilgan №114-yig‗ilish bayonining 
―Respublikamizda za‘faron (shafran) plantatsiyalarini barpo etish, farmatsevtika 
sanoati ehtiyojlarini ta‘minlash va eksportbop dorivor o‗simliklarni ko‗paytirishni 
tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ gi EDO-03/1-421-sonli qarori bilan 
―O‗rmon ho‗jaligi davlat qo‗mitasi‖, ―Agrobank‖ ATB, ―O‗zbekoziqovqatxolding‖ 



XK, ―O‗zfarmsanoat‖ DAK, ―Brand Investment Group‖ MCHJ ta‘sischiligida, 
za‘faron (shafran) o‗simligi bo‗yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, uni 
ko‗paytirish va etishtirish hamda boshlang‗ich jarayonda eksport qilishga 
ixtisoslashtirilgan “SHafran ilmiy tadqiqot markazi” MCHJ tashkil etildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2018 yildagi ―Respublikada 
Kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash 
xajmlarini ko‗paytirish xamda eksport qilish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-
3617-son qarori kabi boshqa qaror va qonunlar shular jumlasidandir. Buning 
natijasida hozirgi kungacha dori-darmon ishlab chiqarish tarmog‗ining o‗simliklar 
xom-ashyosiga bo‗lgan talabi imkon darajasida qondirilmoqda. 
2. 
Fanning maqsad va vazifalari 
Farmatsevtika sanoati uchun dorivor o‗simliklar xom ashyo mahsulotlarini 
tayyorlash saqlash va dastlabki qayda ishlash bevosita etishtiruvchi (tayyorlovchi) 
mutaxassislarga bog‗lik bo‗lib, ko‗yiladigan farmatsevtik talablarga javob berishi 
kerak. YA‘ni, xom ashyo mahsulotlarni tovar (belgilangan tartibda) holatida 
tayyorlash, o‗simliklarni belgilangan tartibda quritish, xom ashyo mahsulotlarini 
imkoniyati boricha isrof qilmasdan hamda sifatli saqlash; mahsulotlarni saqlash 
davrida tegishli texnologik jarayon va usullarni qo‗llab ularning sifatini yanada 
oshirish, oz mehnat sarf-harajat qilib, mahsulotlarni rentabelь holda saqlashni 
taqozo etadi. 
Ma‘lumki, dorivor o‗simlik xom ashyolari xalq xo‗jaligi iste‘mol mollari 
sirasiga kiradi. Etishtirilgan xar bir xom ashyoning sifati qator omillarga bog‗liq 
bo‗lib, farmatsevtika mahsulotlarining (xom-ashyo) texnologik qiymati to‗g‗ridan-
to‗g‗ri agrotexnik tadbir, ob-havo, etishtirish sharoiti, hosilni yig‗ib olish usuli va 
muddati, xom ashyo mahsulotining turi va kimyoviy tarkibi, tashish va saqlash 
sharoitiga, umuman olganda tovar sifatiga uzviy bog‗liqdir. SHu bois
Respublikamizda farmatsetika sanoatining dorivor o‗simliklar xom ashyosiga 
bo‗lgan talabini qondirish, ularni belgilangan tartib va talab darajasida tayyorlash, 
quritish va saqlashni taqozo etadi.
Dorivor o‗simliklarni tayyorlash, quritish va saqlash texnologiyasi fani 
xom-ashyo turlarini sifatli tayyorlash va saqlash jarayonlari, shuningdek ularni 
dastlabki qayta ishlash jarayonlari bilan tanishtiradi va atroflicha o‗rgatadi. Soha 
mutaxassislari etishtirgan xom ashyo mahsulotni qanday maqsadda ishlatilishini 
bilishi muhim. Bu fanni to‗liq o‗rganish mutaxassislarda dorivor o‗simliklar xom-
ashyosini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash bo‗yicha malakali bilim va 
ko‗nikmalarni shakllantiradi.
Dorivor o‗simliklarini tayyorlash, quritish, saqlash va dastlabki qayta 
ishlash fanining maqsadi shartli ravishda quyidagicha izohlanadi; 
1.Dorivor o‗simliklar xom ashyo turlari va ularni tayyorlash mavsumlarini 
nazariy va amaliy asoslarini o‗rgatish. 
2.Dorivor o‗simliklar xom-ashyolarini tayyorlash, quritish, saqlash va 
dastlabki qayta ishlash usullari o‗rgatish. 
3.Xom-ashyoni ishlab chiqarish uchun tayyor tovar va sertifikat asosida 
standart holiga keltirish usullarini o‗rgatish. 



4.Farmatsevtika sanoatiga toza va ekologik sof dorivor xom-ashyo 
mahsulotlarini etkazib berish. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling