O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti
Download 7.94 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meva va urug‘ (Plodы i semena)
G‘uncha (Butonы) –Xom-ashyo achchiq ermon, yapon soforasi
o‗simliklarida gullar ochilish davrigacha terib olinadi. Ut (Trava) – gullash davrida yig‗ib olinadi. Ayrim turlarini – gulashni boshlagan davrda (achchiq ermon, navbatgulli afsonak,), mevalash davrida (oddiy igir). Dorivor o‗tlar orasidan begona o‗tlarni olib tashlagan holda o‗roq, pichoq, qaychi yordamida o‗rib olinadi. O‗tlarning bir turlarida erdan 5-10 sm yuqori qilib kesib olinadi. O‗sish nuqtasini saqlagan holda yoki dag‗allashgan poya qismidan tashqari (dalachoy, katta qoncho‗p, dala qirqbo‗g‗imi, tog‗rayxon navbatgulli afsonak), boshqalarda faqat belgilangan uzunlikdagi gullagan qismi yoki yon shoxlari (uchbo‗lakli ittikanak). Ayrim hollarda (bir yillik o‗simliklarda) ildiz qismi bilan sug‗urib olinadi va so‗ngra ildizi kesib tashlanadi (Jag‗-jag‗). O‗simliklarni qayta tiklanishi uchun 1 m2 da rivojlangan bir necha ekzeplyar o‗simliklar qoldiriladi. Quritishdan yig‗ilgan xom-ashyoning qo‗shimcha qismlari, yo‗g‗on yog‗ochlangan poyalari olib tashlanadi (Bu tadbirlar dastlabki qayta ishlash hisoblanadi). Ayrim hollarda quritishdan so‗ng xom-ashyo maydalanadi (kiyik o‗ti, devzira, dorivor moychechak). Meva va urug‘ (Plodы i semena)-To‗liq pishgan davrda yig‗ib olinadi (sersuv mevalar – ezilmagan, yumshoq bo‗lmagan va b.), Ko‗pchilik mevalar 60- 70% pishish davriga kelganda yig‗ib olinadi (Soyabonguldoshlar, Zig‗irdoshlar, Karamguldoshlar). Quruq meva va urug‗larni tayyorlash davrida odatda o‗simlikning er ustki o‗rib olinadi, quritiladi va maydalanadi (Oqzira). Sersuv mevalar qo‗lda teriladi, meva po‗stlog‗ini shikastlamagan holda terish kerak, chunki shikastlanish mevalar mog‗orlanadi. Ayrim hollarda ko‗p shikast etkazmagan holda mevalarni maxsus moslamalar yordamida yulib olinadi, shu borada dastlabki ishlov berish alohida e‘tibor talab qiladi. CHakanda, do‗lana, itburunlar va boshqalarning mevasini yig‗ishda shoxlarni kesib olish yoki sindirish yo‗l qo‗yilmaydi. Dastlabki ishlov berishda sersuv mevalar orasidan ezilgan, pishish davri o‗tib ketgan, pishmasdan qolgan, hashoratlar va zararkunandalar zararlaganlari olib tashlanadi, quruq mevalar orasidan ezilib ketgan boshqa o‗simliklar qismlarini, organik va mineral aralashmalari olib tashlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling