Ishchi o’quv dasturi «Axborotlashtirish texnologiyalari» kafedrasining 2018 yil «31» avgustidagi 1-sonli yig’ilishida muhokama qilindi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlash uchun tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri: prof. I.Jumanov
Ishchi o’quv dasturi SamDU “Amaliy matematika va informatika” fakulteti Kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2018 yil «31» avgust №1 sonli majlis bayonnmasi)
Fakultet kengashi raisi: prof. A. Axatov
Kelishildi: O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i: dots. A.Xolxo’jayev
Kirish
Algoritm tushunchasi zamonaviy matematika va informatikaning asosiy tushunchalaridan biridir. EHM va programmalash (dasturlash) metodlarining paydo bo’lishi, birinchidan, algoritmikaning (algoritmlashtirishning) informatikada muhim rol o’ynashiga; ikkinchidan, uning yaqqol amaliy yo’nalishga ega bo’lgan nazariyasini rivojlantirishga; uchinchidan, yirik olim N.Virt tomonidan “Algoritmlar + ma’lumotlar strukturalari = programmalar” ko’rinishli formulani taklif qilinishiga olib keldi.
Shularni hisobga olsak, algoritmlar - Amaliy matematika va informatikaning fundamental qismlaridan biri bo’lib, uning tushunchalari, metodlari va natijalari yangi, samarali va raqobatbardosh dasturlarni yaratishda, mavjud dasturlarni optimallashtirishda, dasturlash texnologiyalarini rivojlantirishda o’z nazariy va amaliy tadbiqini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |