O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


Download 369.06 Kb.
bet9/28
Sana31.03.2023
Hajmi369.06 Kb.
#1314032
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
55d19931e46d6

Iqtisodiy fanlarni o’rganishda masala-mashqlarning ustunlik tomonlari
quyidagilar:













Masalalardan foydalanish amaliyot yo’nalishiga ega bo’lgani uchun mavzuni o’rganish va talabalar bilimini nazorat qilishning samarali usuli hisoblanadi. Ayniqsa, talabalarning
bilimini nazorat qilishda imkoniyati katta.










Masala mavzusi uchun har qanday vaziyatni tanlash mumkin. Masalalar talabalar bilimini butun dastur bo’yicha nazorat qilish, shu bilan birga, asosiy yoki qiyin kategoriyalar
yoki mavzularni tushunishga qaratilgan bo’lishi mumkin










Masalalarning muntazam yechib turilishi hamda uni
muhokama qilish talabalarning olgan bilimini uzluksiz nazorat qilish, tushunmagan kategoriyalarni tushunib olish imkoniyatini beradi






5-rasm. Metodning afzallik tomonlari14


Shuni ham ta’kidlash kerakki, masala va mashqlarning murakkabligi jihatidan tabaqalashtirgan holda tuzilib, talabalarning salohiyatiga ko’ra beriladi. Natijada murakkab masalani yecholmay hafsalasi soviydigan talabalarni ham darsga, o’rganilayotgan mavzuga diqqatini qaratish mumkin.
Qisqa qilib aytganda masala va mashqlar:

  • birinchidan sinalgan, qadimiy dars o’tish uslubi hisoblanadi.

  • ikkinchi tomondan, imkoniyatlari nihoyatda ko’pligi tufayli eskirmaydigan, doimo zamonaviy metoddir.

  • uchinchidan, universal, barcha iqtisodiy fanlarni o’rganishda qo’llash mumkin bo’lgan metoddir.

Shuningdek dars mashg’ulotlarida mashqlarning muvaffaqiyatli o’tkazilishi quyidagilarga bog’liq hisoblanadi:15



14 Tojiboyeva D. “Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi” o’quv qo’llanmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi

  1. O’quvchi-talabalarning mashqlar nima maqsadda o’tkazilayotganini tushunishi. Mashqlarning ongli ravishda olib borilishi, o’quvchilarning qoidani misollarda tatbiq qila olishi, uni o’z misollari bilan isbot qilib bera bilishidir. Agar o’quvchi qoidani tushunmasdan mashq qilsa, nima uchun shunday qilayotganini isbotlab bera olmasa, unda shu fandan yuzaki ko’nikma hosil bo’ladi. Bunday ko’nikma unutiladi, o’quvchi yangi materialni o’rganayotganida undan foydalana olmaydi, uni mustaqil ishlolmaydi.

  2. Mashqlarning izchil, tizimli bo’lishi har bir yangi ko’nikma ilgari to’plangan bilim, ko’nikma va malakalarga yangi tarkibiy qism bo’lib qo’shiladi. O’quvchi-talabalar har bir yangi ishi avvalgi ishga asoslangan holda bajarishi lozim. Mashqlar izchillik bilan olib borilsa, o’quvchilarning mustaqil ishlash darajasi ham oshib boradi. Masalan, o’quvchi-talabalar dastlab muayyan tipdagi masalani o’qituvchi bilan birgalikda yechadilar (masalani bir bola doskada, boshqalar esa daftarda yechishadi), keyin sinfdagi o’quvchilarning barchasi o’qituvchi bilan birgalikda masala mavzuini tuzadilar va daftarlariga yozadilar. Nihoyat, o’quvchilar murakkabroq masalalarni ham mustaqil yecha oladigan bo’ladilar.

  3. Mashqlar turli-tuman bo’lsa, o’quvchilar mustaqil ishlashga o’rganadilar, takror qilishga diqqatlarini bir joyga to’playdigan bo’ladilar, darsga qiziqishlari orta boradi. Turli-tuman mashqlar o’quvchilarning o’zlashtirgan qoidalarini turli materialga tatbiq qila olishlarini, har qanday vaziyatda ham esankiramay masalani har xil usullar bilan yechish yo’llarini topa olishlariga o’rgatadi. Ammo bir darsning o’zidayoq turli mashq shakllarini tatbiq qilishga ortiq darajada berilib ketmaslik kerak.

  4. Mashqlarning doimiy takrorlanib turishi. Hosil bo’lgan ko’nikmalarni esdan chiqarmaslik uchun, avval o’tilganlarni darslarda takrorlab turish kerak.

  5. Mashqlarning muvaffaqiyatli o’tishi mashqlarga berilgan vaqtda ham bog’liq. Yangi qoidalarni esda qoldirish va mustahkamlash uchun tatbiq




15 Manba: Pedagogika. Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanm. / Abdullaeva Sh.Sh. Xolmamatova L.A., TAQI, 2005. - b.
qilinadigan mashqlar qisqa bo’lishi, lekin tez-tez o’tkazilib turishi kerak.

  1. Mashqlarni o’tkazishda, albatta, o’quvchilarning ish xususiyatlarini, bilim darajalarini, mustaqil ishlash saviyalarini hisobga olish talab qilinadi.

  2. O’quvchi-talabalarning o’z bilimlaridan amaliy topshiriqlarda ongli ravishda foydalanishlarini ta’minlash. O’quvchilarni qo’l mehnati darsiga doir oddiy topshiriqlarni bajarishga (oddiy o’quv qurollari, modellar, o’yinchoqlar yasash, maktab er uchastkalarida, jonli burchaklarda ishlash), o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga, uy-ro’zg’or ishlariga qatnashishga o’rgatish kerak.

O’quvchi-talabalarning mustaqilligini orttirishga qaratilgan mashqlar ularda hosil bo’lgan ko’nikma, malakalaridan mustaqil, ijodiy tusdagi ishlarida to’g’ri foydalana bilishga o’rgatishi kerak. (Masalan, insho yozish, murakkab masala va misollar echish, modellar, o’quv qurollari yasash va boshqalar.) Bunday ijodiy tusdagi ishlarda bolalarning faoliyatlari ancha katta o’rin tutadi.
O’qitish usullarini tanlashda o’quv ishlarining aniq maqsadi hisobga olinadi. Yangi materialni bayon qilishda ko’pincha o’qituvchining hikoyasi tatbiq qilinadi, materialni takrorlashda suhbat va izohli o’qishdan foydalaniladi, olgan bilimlarni turmushga tatbiq qilishga o’rgatishda amaliy mashqlar o’tkazish kabi qator usullar qo’llaniladi. O’quvchilarning mustaqil mantiqiy fikr qilishlari, qunt, irodalarini tarbiyalash hamda nutq madaniyatini rivojlantirish, tegishli ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishda mustaqil ishning ahamiyati hamisha diqqat markazida bo’lishi, dars jarayonini shu maqsadga muvofiq qurish nazarda tutilmog’i lozim.
Prezidentimiz I.A.Karimov “Iqtisodiy faoliyatning bozorga xos mexanizmlariga ko’proq erkinlik berish zarur. Buning uchun tegishli huquqiy zamin, tashkiliy va iqtisodiy shart sharoitlarni yaratishimiz kerak”16 deb ta’kidlaganidek nazarda tutilgan ishlar to’liq ado etilmoqda.
Shu bilan bir qatorda iqtisodiy fanlarni o’qitish, iqtisodiy ong va madaniyatni shakllantirish masalalari ham bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.



16 Karimov. I. A “Ozod va obod Vatan erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz”. T “O’zbekiston” 2000,13-bet
Iqtisodiy fanlarni o’qitishni takomillashtirishda “Bank ishi” fanini chuuqur o’qitish ham muhim ahamiyatga ega.
“Bank ishi” fanini o’qitish o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib,o’ziga xos murakkab jarayon. Bu murakkablik mavzuni o’qitishda ham, butun fanni o’qitishda ham bank faoliyatining barcha yo’nalishlarini chuqur o’rganishni , bank xodimi etikasini, bank va kredit faoliyati bilan bog’liq me’yoriy-huquqiy hujjatlarini, kerakli malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirishni, doimiy izlanishni talab qiladi.
Amaliy ta’lim metodlari ta’lim oluvchilar faoliyatining juda keng jabhalarini qamrab oladi. Amaliy ta’lim metodlaridan foydalanishda quyidagi usullar keng qo’llaniladi: masalaning qo’yilishi, uning bajarilishini rejalashtirish, tezkor rag’batlantirish, yo’llanma berish va nazorat qilish, yo’l qo’yilgan kamchiliklar sabablarini aniqlash, ta’lim maqsadiga to’la erishishni ta’minlash uchun tegishli tuzatishlar kiritib borish. Bunday metodlar qatoriga o’quvchilar o’zlashtirgan bilimlarini amalda qo’llashlari talab qilinadigan yozma mashqlarni kiritish mumkin. Amaliy metodlarga shuningdek ta’lim oluvchilarning tovush yozuvchi, ijro etuvchi uskunalar, jumladan kompyuterlar yordamida bajariladigan mashqlar ham kiradi. Amaliy ta’lim metodlari og’zaki hamda ko’rgazmali metodlar bilan birgalikda qo’llaniladi, chunki har qanday mashg’ulotlar avvalida albatta yo’riqnoma berilishi shart. Og’zaki tushuntirish va namunalarni namoyish qilish, shuningdek bajarilgan ish tahlili butun mashg’ulot davomida ham davom ettiriladi.
O’qituvchi-pedagog qaysi fanni o’qitmasin, darsda qaysi metod qo’llanmasin, ta’lim metodi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilanganidek barkamol ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalash vazifasini yechishi kerak va shu maqsad yo’lida faoliyat olib borish zarur. Va nihoyat hozirgi kunda o’quvchi-talabalarni mustaqil ishlashga , izlanishga undaydigan, interfaol metodlar asosida darslarni tashkil etishni yo’lga qo’yish kerak. Ta’lim jarayoni asosan , uchta funksiyani bajaradi. Ya’ni, bilim berish, tarbiyalash va rivojlantirish.
Har bir vazifani bajarilishi mavzuni tushuntirish, umumlashtirish , mustahkamlash va o’z bilimlarini amalda qo’llash kabi asosiy komponentlarni o’z ichiga oladi. O’quvchi-talabalarning mustaqil ishlashini tashkil etish ta’lim jarayonining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Ayniqsa bugungi axborot ma’lumotlarining tez va ko’p o’zgarib borishi davrida mustqil ishlashsiz o’qitish va o’quvchilarning mustaqil ishlari birligini ta’minlash mumkin emas. Shu tufayli keyingi yillarda fanda mustaqil ishlash metodlari o’qitishning asosiy metodlari sifatida o’rganilib ta’lim va tarbiya jarayonlarining keng tarqalgan usullari vazifasini bajarmoqda. Shunday bo’lsada pedagoglar orasida biz amaliy ish jarayonida nazariy bilimlarni qo’llash metodlarni ajratgan bo’lsakda, endi nimaga mustaqil ishlash metodini ajratishimiz kerak.
Ushbu fikrlarga oydinlik kiritish maqsadida bu metodlarni farqlarini ko’rish va ajratib chiqish zarurligini anglash mumkin va ular quyidagicha:

  1. Amaliy metodlar asosan nazariy bilimlarni amaliy qo’llash va mustahkamlashga. Ekspremental mehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’llanma bo’ladi. Ular ko’pincha o’qituvching bevosita rahbarligi ostida qo’llaniladi.

  2. Mustaqil ishlash metodlari mashqlar bajarish jarayonida bilimlarni qo’llashga yordam beradi va o’quvchilar tomonidan oson o’zlashtiriladi hamda xotirada uzoq saqlanadi. Ya’ni o’quv materialini o’rganishda masala va mashqlardan foydalanish dars sifatini samaradorligini oshirishda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Masala- mashqlar yechish iqtisodiy mantiqiy fikrlashga o’rgatadi. O’z fikrini atrofdagilarga tushuntirish, o’rtoqlashish, baholashga o’rgatadi.

  3. Masala va mashqlar talabaning bilimini keng ko’lamda tekshirish , olgan nazariy bilimini real hayotda qo’llay olish imkonini kengaytiradi. Texnologiyalardan xabardor bo’lish, shuningdek juda ko’p metodlar usullarni bilish kerak bo’ladi. Har bir darsni rang-barang,qiziqarli bo’lishi avvaldan puxta o’ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq.

  1. Download 369.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling