O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


Investitsiyalarning funktsional tuzilmasi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#260106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
tizhorat banklarini investitsion faoliyatini takomillashtirish

Investitsiyalarning funktsional tuzilmasi 

Moliyalashtirish 

manbalari  bo’yicha 

investitsiyalar 

tuzilmasi 

Investitsiyalar

ni  qayta  ishlab 

chiqarish 

tu-


zilmasi 

 

 



 

 

Investitsiyalar



ni 

texnogik 

tuzilmasi 

Investitsiyalar

ni 

mulk 


shakllari 

bo’yicha 

tuzilmasi 

Investitsiyalar

ni 

tarmoqlar 



tuzilma 

Investitsiyalarni 

mintaqaviy 

huquqiy tuzilmasi 

Investitsiya-

larni  moliya-

viy tuzilmasi 

Asosiy  jamg’arma 

investitsiyalarinin

iqtisodiy 



tuzilmasi 

Jamg’arma 

qo’yilmalarini 

hududiy 


tuzilmasi 


12

 

 



Investitsiya  faoliyatini  amalga  oshirish  katta  moliyaviy  resurslarni,  shu 

jumladan  qarzga  olinganlarini  ham  safarbar  qilinishini  talab  qilgani  sababli, 

tijorat  banki  investitsiya  portfelini  shakllantirish  paytida  unga  doimiy  to’lovga 

qobillikni  ta’minlaydigan  yuqori  darajali  joriy  daromadli  loyihalarni  kiritish 

lozim.  Bundan  tashqari,  joriy  daromadlarning  bir  qismi  investitsiya  faoliyati 

optimal tuzilmasini saqlab turish maqsadida jamg’armalashtirilishi  mumkin; 

3)  Bank investitsiya risklarini minimallashtirilishini ta’minlash. Daromad 

o’sishining  yuqori  sur’atlarini  ta’minlaydigan  alohida  olingan  investitsiya 

dastaklari, yuqori darajali risklarga ega bo’lishi mumkin. 

Biroq  investitsiya  portfeli  doirasida  bu  daraja  investitsiya  faoliyatining 

alohida  yo’nalishlari  miqyosida  minimallashtirilishi  lozim.  Bank  investitsiya 

portfeli  bo’yicha  risklarning  umumiy  darajasini  minimallashtirish  jarayonida 

asosiy  e’tibor  jamg’armani  yo’qotish  riskini  minimallashtirishga  qaratiladi.     

Bundan  tashqari,  investitsiya  portfeli  bo’yicha  risk  nazoratga  olingan  bo’lishi 

kerak; 

4)  tijorat  banklarining  investitsiya  faoliyati  likvidligini  yetarli  darajasini 

ta’minlash. Investitsiya portfelini samarali boshqarilishiga erishish, jamg’armani 

nisbatan  foydali  investitsiya  dastaklariga  tez  fursatda  qayta  investitsiyalash 

imkoniyatlarini ta’minlash uchun investitsiya portfelining ma’lum qismi yuqori 

likvidli xarakterga ega bo’lishi lozim. Investitsiya portfelining likvidlik darajasi 

davlatning  investitsion  iqlimi,  investitsiya  bozori  kon’yunkturasining 

jo’shqinligi hamda banklar investitsiya faoliyatining o’ziga xos xususiyati bilan 

belgilanadi. 

Investitsiyalarning asosiy massasi, ya’ni, ulushi tijorat banklari tomonidan 

ishlab  chiqiladigan  tegishli  mezon  ko’rsatkichlari  asosiga  kiritilishi  mumkin. 

Investitsiya  portfelini  shakllantirish  vaqtida  qimmatli  qog’ozlar  bozorining  har 

qaysi qatnashchisi:  

 



uning  uchun  maqbul  bo’lgan  jamg’arma  o’sishini  minimal  sur’atining 

me’yoriy ko’rsatkichlarini; 




13

 

 



  joriy  daromadlilikning  minimal  darajasini  (yoki  joriy  daromadlilik 

me’yorini); 

  investitsiya riskining maksimal darajasini



 

yuqori  likvidli  investitsiya  dastaklarining  jamg’arma  sig’imiga  ko’ra 



minimal ulushini belgilashi mumkin. 

Mazkur  mezon  bir  qator  ko’rsatkichlaridan  nafaqat  umumiy  portfel 

borasida, balki portfel uchun investitsiyaning aniq moliyaviy dastaklarini tanlash 

vaqtida ham qo’llanishi mumkin.  

Bundan  tashqari,  jahondagi  ko’pchilik  davlatlarning  tartibga  soluvchi 

organlari  banklarga  o’z  investitsiya  siyosatini  yozma  ravishdagi  hujjatda 

ifodalashni tavsiya etib, unda quyidagi jihatlar ajratiladi: 

1)  bank  qabul  qilishni  mo’ljallagan  qimmatli  qog’ozni  o’z  vaqtida 

so’ndirmaslik riski; 

2)  so’ndirilishiga  qadar  qimmatli  qog’ozlar  aylanishining  rejadagi 

muddatlari,  shuningdek,  barcha  sotib  olingan  qimmatli  qog’ozlarning  likvidlik 

darajasi; 

3)  bank  o’zining  investitsiya  portfeli  yordamida  erishmoqchi  bo’lgan 

maqsadi; 

4)  bank  yordamida  riskni  pasaytirishni  mo’ljallayotgan  investitsiya 

portfelining diversifikatsiyasi. 

Mazkur  strategiya  tarkibiga  kiradigan  moliyaviy  aktivlarning  bir  qismi 

bank  uchun  jamg’arma  qiymatini  o’stiradi,  boshqasi  esa  –  daromad  keltiradi. 

Bunda  bitta  qismdan  ko’rilgan  zarar,  ikkinchidan  olingan  daromad  bilan 

qoplanishi mumkin. 

Shunday  qilib,  tijorat  banklarining  qimmatli  qog’ozlar  bozoridagi 

investitsiya faoliyatini iqtisodiy mohiyati va ahamiyati shundaki, turli sohalarda 

faoliyat  yurituvchi  mijozlarni  tijorat  banklarga  jalb  qilish  yo’li  bilan  qimmatli 

qog’ozlar bozorini takomillashtirish, foyda olish maqsadida xo’jalik yurituvchi 

su’ektlarni  bo’sh  moliyaviy  resurslarini  investitsiyalarga  samarali  joylashtirish 

va  investitsiya  faoliyati  natijasida  tadbirkorlik  faoliyati  ob’ektlarini  mulkiy  va 




14

 

 



intellektual  boyliklarini  daromad  shakli  va  boshqa  foyda  samaradorligiga 

yo’naltirishdan iboratdir.  

Rivojlangan  qimmatli  qog’ozlar  bozorida  tijorat  banklarning  investitsiya 

faoliyatini  maqsadini  belgilaydigan  asosiy  omillar  daromad  olish  hamda 

aktivlarning  ma’lum  guruhini  bundan  ko’ra  yuqori  likvidliligini  ta’minlash 

ehtiyoji bilan shartlangan.  

Bankni  investitsiya  strategiyasi  maqsadlarni  uyg’unlashuvi  asosida 

yaratiladi, ya’ni: 

 

qimmatli  qog’ozlar  emissiyasi  asosida  an’anaviy  investitsiya  faoliyati 



uchun qo’shimcha pul mablag’larini jalb qilish; 

  mablag’larni 



qimmatli  qog’ozlarga  investitsiyalashdan  bankka 

to’lanadigan  foizlar  va  dividendlar  hamda  qimmatli  qog’ozlarni  kurs  bo’yicha 

qiymati o’sishi hisobiga foyda olish

 



bank  ta’sir  ko’rsatish  doirasini  raqobatni  kengaytirish  hamda 

korxonalar  va  tashkilotlar  jamg’armasida  qatnashish  hisobiga  mijozlarni  jalb 

qilish; 

 



bankni  likvid  mablag’lariga  qo’yilmalar  daromadliligini  ta’minlagan 

holda likvidlilikni kerakli zaxirasini ushlab turish; 

 

qonunchilik  bilan  ruxsat  etilgan  qo’shimcha  xizmatlarni  amalga 



oshirishdan foyda olish. 

Qimmatli qog’ozlarni milliy bozori oborotlari o’sgani sari banklar uning 

eng  faol  institutsional  qatnashchilariga  aylanib,  emissiya  faoliyati  hajmlarini, 

amalga  oshiriladigan  operatsiyalar  nomenklaturasini  hamda  ko’rsatiladigan 

operatsiyalar  assortimentini  kengaytirib  boradilar.  Bank  qimmatli  qog’ozlar 

bozori  va  dastaklari  bilan  banklarni  operatsiyalarining  asosiy  huquqiy  bazasi 

O’zbekiston  Respublikasi  qonunlari  hamda  Prezidentimizning  farmonlarida 

belgilab  berilgan,  jumladan  «Qimmatli  qog’ozlar  va  fond  birjasi  to’g’risida», 

«Banklar  va  bank  faoliyati  to’g’risida»,  «Aksiyadorlik  jamiyatlari  va 

aksiyadorlarni  huquqlarini  himoyalash  to’g’risida»,  «Qimmatli  qog’ozlar 

bozorini  amal  qilish  mexanizmi  to’g’risida»,  shuningdek  tijorat  banklari 



15

 

 



faoliyatini  tartibga  soladigan  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining 

me’yoriy hujjatlaridan iborat. 

Tijorat  banklarining  yuqorida  shakllantirilgan  investitsiya  faoliyatini 

amalga  oshirish  strategiyasi  bank  investitsiya  faoliyatining  maqsadlari,  ustuvor 

yo’nalishlari  va  uslublari  bilan  farqlanuvchi  quyidagi  bosqichlarning  ajratib 

ko’rsatilishini ko’zda tutadi: 

 

boshlang’ich bosqich – bu 1995 yildan boshlab 1999 yilgacha bo’lgan 



davr bo’lib, ayrim tijorat banklarining (masalan, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy 

banki, Asakabank) yagona yo’nalishga ega bo’lgan yirik investitsiya loyihalarini 

ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtiroki mazkur davrga xosdir

  barqaror rivojlanish bosqichi. Bu bosqich 2000 yildan boshlanib hozirgi 



kungacha davom etmoqda, mazkur davr chegaralarida investitsiya o’sishi davom 

etmoqda,  tijorat  banklarining  investitsiya  faoliyati  kengaymoqda,  ammo  eng 

muhimi,  bank  investitsiyalarining  mamlakat  umumiy  investitsiya  faoliyatiga 

ta’siri kuchaymoqda; 

  uchinchi  bosqich  ,  aftidan,  2005  yildan  keyin  boshlanib,  bunda 



kompleks  multiplikativ  turdagi  investitsiya  loyihalari  afzal  ko’rilishi  bilan 

ajralib turadi. Buning evaziga iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgartishlar amalga 

oshirilishi  va  mamlakat  ishlab  chiqarish  salohiyatini  barqaror  ravishda 

o’stirishga erishish mumkin bo’ladi. 

Tijorat  bankining  investitsiya  siyosati  investitsiya  portfeli  strukturasida 

o’z  ifodasini  topmoqda.  Banklar  investitsiya  protfellarining  bir  qancha  turlari 

mavjudligini  ta’kidlab  o’tish  mumkin,  ular  strategik  vazifalar  va  investitsiya 

rejalarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. 

Tijorat bankining investitsiya faoliyatiga asos qilib olinadigan investitsiya 

maqsadlari, odatda, quyidagi tarzda shakllantiriladi: 

 

bank  foydasini  ko’paytirish,  kelgusida  yanada  keng  ko’lamli 



investitsion vazifalarni hal etish uchun mablag’larni bir joyga jamlash

  yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda soliq imtiyozlarni olish. 



Strategik  maqsadlarni  o’z  ichiga  olgan  bank  investitsiya  rejasi  investitsiya 


16

 

 



dasturida – bank maqsadlariga erishishga qaratilgan tadbirlar muayyan tizimida 

o’z aksini topishi lozim. Eng avvalo tez o’suvchi investitsiya portfelini ta’kidlab 

o’tish  mumkin.  Investitsiya  portfeli  bu  turi  bozor  iqtisodiyotining  qaror  topish 

va  rivojlanish  davriga  xosdir.  Mazkur  davrda  tijorat  banklari  cheklangan 

sarmoyaga  ega  bo’lgan  holda,  o’z  kapitalining  tez  o’sishiga  katta  ahamiyat 

beradilar, shuning uchun ham ular o’zlarining investitsiyam faoliyatida ko’proq 

jadal o’sayotgan tarmoqlarining aksiyalarini xarid qilishni ko’zda tutadilar yoki 

o’z  mablag’larini    xarajatlari  tez  qoplanadigan  tarmoqlar  (savdo)ni 

rivojlantirishga  sarflaydilar.  Biroq,  banklar  mablag’larining  bunday  sarflanishi 

katta  xatar  bilan  bog’liqdir.  Bundan  tashqari,  bu  kabi  portfel  sust 

diversifikatsiyalangan. 

Investitsion faoliyatga ta’sir qiluvchi omillar. Rivojlangan mamlakatlarda 

tijorat  banklarining  investitsion  faoliyati  daromad  keltirish  nuqtai  nazaridan 

bank    daromadi  tartibida  kredit  foizidan  keyingi  ikkinchi  manba  hisoblanadi. 

Tijorat  banklari  investitsion  faoliyatining  daromadlilik  darajasiga  bir  qator 

iqtisodiy va tashkiliy omillar ta’sir ko’rsatadi.  

Bu omillar orasida asosiylari sifatida  quyidagilarni keltirish mumkin. 

Bular: 

  davlatning barqaror rivojlanuvchi iqtisodiyoti



  tovar  ishlab  chiqarish  va  xizmat  sohasidagi  turli  mulkchilik 

shakllarining  mavjudligi,  shu  jumladan  bank  faoliyatida  xususiy  va  aksioner 

mulk shakllarining ustuvorligi; 

  kredit-moliya  tizimining  bir  me’yorda  va  aniq  faoliyat  yurituvchi 



strukturasininng mavjudligi; 

 



qimmatbaho  qog’ozlar  bozorining  zamonaviy  va  rivojlangan 

muassasalarining mavjudligi; 

 

qimmatli  qog’ozlarni  muomalaga  chiqarish  va  qimmatli  qog’ozlar 



bozori    qatnashchilari  faoliyatini    nazorat    qiluvchi  qonuniy  aktlar  va 

tartiblarining mavjudligi; 




17

 

 



  tijorat banklarining xalqaro investitsion faoliyatini yuritish amaliyotida 

bo’lgan yuqori sifatli qimmatli qog’ozlar muomalasining amal qilishi

 



investitsion  faoliyat  soxasi  va  qimmatli  qog’ozlar  bozori  uchun 

mo’ljallangan    yuqori  malakali  mutaxassislar  va  tadbirkorlarning  mavjudligi, 

ularni tayyorlash va boshqarish. 

Masalan,  AQSh  iqtisodiyoti  barqaror  bo’lganligi  uchun  AQSh  federal 

hukumatining qimmatli qog’ozlari risklardan holi hisoblanadi. 

Davlat hokimiyatining nafaqat zayomlar olishi, balki o’z majburiyatlarini 

to’lash qobiliyatiga ega bo’lishi davlatning qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil 

qilish va butun moliya-kredit mexanizmining faoliyat yuritishi uchun muhimdir. 

Bozor  riskining    mohiyati  qimmatli  qog’ozlar  bozorda  kutilmagan 

o’zgarishlar yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lib, bu o’zgarishlar natijasida ba’zi 

bir  qimmatli  qog’ozlarning  investitsiya  ob’ekti  sifatida  qadri  tushushi  mumkin 

va  ularning  sotuvini  faqatgina  katta 

  chegirma

  (skidka)  bilan  amalga  oshirish 

mumkin bo’ladi. 

Tijorat  bankining  o’z  likvidliligini  xavf  ostiga  qo’yib  daromad  olish 

maqsadida  salmoqli  mablag’larini  investitsion  faoliyatiga  qo’yishi  bank  ishida 

katta  yoki    kichik    miqdorda    investitsion  riskning  yuzaga  kelishiga  imkoniyat 

yaratadi.  Bunday  holda  tijorat  banklarining  investitsion  faoliyati    qimmatbaho  

qog’ozlar  bilan aktiv operatsiyalar olib borish riski bilan bog’liqdir.  Bu esa o’z 

navbatida bank rahbariyatidan bu sohada aniq taktika, strategiya va ish rejasini 

ishlab chiqishini,  ya’ni, investitsiya siyosatini ishlab chiqishni talab etadi. 

Investitsiya  portfelini  diversifikatsiya    qilish.  Shunday  qilib,  banklar 

tizimida investitsiya siyosati, tijorat banklari faoliyatining bir yo’nalishi bo’lib, 

u ma’lum risk darajasiga asoslangan bankning qimmatbaho qog’ozlar bilan aktiv 

operatsiyalarini  o’z  ichiga  oladi  va  bank  faoliyatining  daromadliligi  va 

likvidliligini ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. 

Jahon  amaliyotida  tijorat    banklari  investitsiya  sohasida  yuqori  tajribaga 

ega.  Shuning  uchun  ham  jahon  amaliyotida  erishilgan  yutuqlarga  asoslangan 

holda  investitsiya  faoliyatining  asosiy  maqsadlari,  vazifalari,  mollari, 




18

 

 



strategiyasi  va  taktikasini  hisobga  olgan  holda  tijorat  banklarining  investitsiya 

siyosatini  amalga  oshirish  bo’yicha  "investitsiyaning  oltin  qoidasi"  ishlab 

chiqilgan.  Unga  ko’ra  "Qimmatli  qog’ozlardan  keladigan  daromad  har  doim 

investor  shu  daromadni  olish  uchun  to’qnash  keladigan  risk  darajasiga 

proportsionaldir". 

Investitsiya  faoliyatining  tamoyillari  va  qimmatli  qog’ozlarga 

mablag’larni  qo’yishning  asosiy  omillari-daromadlilik,  likvidlik  va  risk 

orasidagi  bog’liqlikdan  kelib  chiqqan  holda  har  bir  tijorat  banki  yuqoridagi 

omillar ta’sirini anglagan yoki anglamagan holda yoki bu investitsiya siyosatini 

yaxshi  yoki  yomon  amalga  oshiradi.  Bu  o’z  navbatida  bankning  investitsiya 

siyosatida  bank  tomonidan  ma’lum  darajadagi  investitsiya  riskiga  yuborishini 

bildiradi  va  tijorat  bankining  investitsiya  siyosatida  tegishli  choralar  ishlab 

chiqish zarurligini anglatadi. 

Investitsiya  bilan  bog’lik  risklarni  kamaytirish  usullaridan  biri  bu 

banklarning  investitsiya  portfelini  diversifikatsiya  qilishdir.  Investitsiya 

portfelini    diversifikatsiya  qilish  bankning  investitsiya  portfelida  turli  xil 

ko’pdan-ko’p  qimmatli  qog’ozlarning  mavjudligiga  erishishni  bildiradi. 

Diversifikatsiya    usulida  investitsiya  siyosatini    amalga  oshirishda  qimmatli 

qog’ozlarning har xil xususiyatlarini hisobga olish lozim. Bular: 

 



ularning  to’lash    muddati  va  sifati  (ta’minlangani),  emitentning 

salohiyati, qimmatli qog’ozlarning sifati bo’yicha diversifikatsiya qilinishi: 

 

qimmatli  qog’ozlarning  geografik  tarqalishi  bo’yicha  difersifikatsiya 



qilinishi, 

 



qimmatli  qog’ozlarning  to`lanish  muddati  bo’yicha  majburiyatlarning 

turi va h.k 

Yuqoridagi  belgilar  bo’yicha  ta’minlanganligiga  ko’ra  diversifikatsiya 

qila turib investitsiya siyosatining maqsadlari aniqlanadi. 

Tijorat  banklarining  qimmatli  qog’ozlar  portfelini  diversifikatsiya 

qilishning  quyidagi  turlari    mavjud.  Bular    qimmatli  qog’ozlarning  turlari, 




19

 

 



muddlati    bo’yicha  diversifikatsiya  qilish,  qimmatli  qog’ozlarning  emitentlari 

bo’yicha diversifikatsiya qilish va boshqalar. 

Qimmatli qog’oz sifatiga doir diversifikatsiyaning asosiy maqsadi - riskni 

minimallashtirish  (u  emitentning  o’z  majburiyatlarini  bajara  olmay  qolishlik 

ehtimoli  bilan  belgilanadi).  Shu  munosabat  bilan  aksiya  sifatining 

ta’minlanganlik  darajasi  bo’yicha  diversifikatsiya  usuli  ham  mavjud  bo’lib, 

nazariyotchilar  fikricha,  u  bir  qator  omillarni  o’rganib  chiqishni  talab  qiladi: 

Bular emitent qanday faoliyat bilan shug’ullanishini, aksiya daromadi, dividend 

miqdori,  kompaniya  aksiyasining  joriy  narxi,  zaxirasi,  kompaniyani  kim 

boshqarayotganligi va boshqalar bo’lib, ko’rsatilgan savollarga javobni emissiya 

prospekti va birja axborotnomalaridan olish mumkin. 

Qimmatli  qog’ozlarning  geografik  tarqalishiga  nisbatan  diversifikatsiya 

maqsadi  -  tegishli  rayonlardagi  iqtisodiy  qiyinchiliklar  ro’y  berganda  yuzaga 

keladigan risklarni kamaytirishdan iborat. 

Qimmatli  qog’ozlarning  to’lash  muddati  bo’yicha  diversifikatsiyadan 

maqsadi foiz stavkalarining tebranishi bilan  bog’liq risklarning oldini olishdan 

iboratdir.  Bu  investitsiya  siyosatini  amalga  oshirishda  tijorat  banklari  odatda 

qimmatli  qog’ozlarning  tugatilish  muddati  bo’yicha  pog’onali  strukturadan 

foydalanishadi. Bundan pog’onali struktura natijasida muddati tugagan qimmatli 

qog’ozlar  bo’lmaydi  va  ularni  uzoq  muddatli  yuqori  daromadli  qimmatli 

qog’ozlarga investitsiya qilish imkoni tug’iladi. 

Qimmatli qog’ozlarning foiz darajalari prognozi amaliyotida nazariyadan 

farq  qiladi.  Shuning  uchun  tijorat  banklari  prognoz  natijalarining  ishonchlilik  

darajasini oshirish maqsadida foiz stavkalarini tarkibini tahlil qiladilar. 

Odatda jahon amaliyotida tijorat banklari o’z investitsiya siyosatini ishlab 

chiqarish va amalga oshirish uchun boshqarish strukturasida maxsus investitsiya 

bo’limlarini  tashkil  qilishadi.  Bo’limdagi  xodimlar  soni  bir  qator  omillarga 

bog’liq  bo’lishi    mumkin.  Bular:  qimmatli    qog’ozlar  portfeli  kattaligi,  bo’lim 

tomonidan qimmatli qog’ozlarni sotib olish va sotib olish bo’yicha bajariladigan 

funktsiyalarga,  bankning  mijozlariga  ko’rsatadigan  xizmatlarga,  qimmatli 




20

 

 



qog’ozlar turi va sifatiga va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Bo’lim ishchilarining 

malakasi  qanchalik  yuqori  bo’lsa,  ular  bajarayotgan  vazifa,  ishning  sifati  ham 

shunchalik yuqori bo’ladi. 

 



21

 

 




Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling