O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Download 337.32 Kb.
bet104/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Mahalliy kanallar - o’z nomidan kelib chiqqan holda mahalliy guruhlarga xizmat ko’rsatadi. Axborotni kerakli paytda kerakli joyga kelganlar oladi.
Mahalliy kanallar bizni ommaviy sotuvlar emas(chunki buni hamma ham sotib ola olmaydi), balki tovarning qimmat ekanligi yoki maxsus vazifalarga yo’naltirilganligi (masalan, kolyaskalar faqat yosh bolali oilalarga – katta guruhga kerak, qimmat kolyaskalarni faqat yosh bolasi bo’lgan badavlat oila – kichik guruh xarid qila oladi) bilan qisqartirilgan sotuvlar qiziqtirgan holatda zarurdir.
Individual kanallar - individual kanallar sanoat yo’nalishidagi tovarlarga yoki premium guruhidagi xalq iste‘moli tovarlariga, va, natijada, kolichestvennuyu kategoriyu "birlikning" miqdoriy toifasiga xizmat qiladi.
Bosma nashrlar - bosma nashrlarga birinchi o’rinda gazeta va jurnal kabi davriy matbuotlar, shuningdek, varaqalar, reklama bukletlari va ko’pchilik odamlar orasida tarqatish uchun mo’ljallangan boshqa bosma mahsulotlar kiradi.
Xabar berishga oid kanallar (radio va televidenie) - xabar berishga oid kanallar dinamik, vaqt bo’yicha o’zgaradigan axborot uzatish xususiyati bilan ajralib turadi. Bu qatorga birinchi o’rinda radio va televidenie, jumladan, sun‘iy yo’ldoshli teleko’rsatuvlar va o’ziga xos bo’lgan kabelli radio kiradi.
Ko„chadagi reklama va tranzit reklama – shaklan xilma-xillik va rangba- ranglik darajasi eng yuqori reklama bo’lib, devordagi oddiy yozuvdan yirik shaharlarda yorug’lik reklamasi yorqin ranglari va ko’kda parvoz qilayotgan aeroplan tortib yuradigan transparantlargacha bo’lgan ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Yarmarka bu – namunalarning xalqaro iqtisodiy ko’rgazmasi bo’lib, u nomlanishidan qat‘i nazar o’tkazilayotgan mamlakat urf-odatlariga muvofiq keng iste‘mol tovarlari va/yoki asbob-uskunalar yirik bozorini ifodalaydi, bitta joyning o’zida chegaralangan vaqt davomida belgilangan muddatlarda bo’lib o’tadi va unda eksponentlarga milliy va xalqaro miqyosda savdo bitimlari tuzish uchun o’z mahsulotlari namunalarini namoyish etishga ruxsat beriladi. Unda olib chiqqan holda savdo qilishga ruxsat etiladi.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling