O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Sovg„alar nasihatlardan samaraliroqdir


Download 337.32 Kb.
bet70/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Sovg„alar nasihatlardan samaraliroqdir


Bitta professional mijozlarga ularning o’z tanishlariga berish uchun 100 dollar miqdorgacha maxsus diskont kartochkalar beradi. Natijada, tavsiya berar ekan, odamlar mutaxassis taklif etayotgan sovg’ada ishtirok etganday bo’ladi. Professionalning bahosiga ko’ra, bunday amaliyot unga olinadigan tavsiyalarni 10%ga oshirish imkonini berdi. Nima bo’lganda ham sizning tavsiya haqidagi iltimoslaringiz samaradorligi ularni his etib bo’ladigan bironta narsa bilan hamrohlik qilganda yuqoriroq bo’ladi.
Fikrlar yetakchilariga ishlab, ularni natijadan moddiy manfaatdor qiling. Ularga tavsiya bo’yicha kelgan har bir kishi uchun foiz bering. Tavsiyalarni esa xuddi o’sha tavsiya xatlari yordamida kuzatish mumkin.
Mahalliy kanallar. Mahalliy kanallar o’z nomidan kelib chiqqan holda mahalliy guruhlarga xizmat ko’rsatadi. Axborotni kerakli paytda kerakli joyga kelganlar oladi.
Mahalliy kanallar bizni ommaviy sotuvlar emas(chunki buni hamma ham sotib ola olmaydi), balki tovarning qimmat ekanligi yoki maxsus vazifalarga yo’naltirilganligi (masalan, kolyaskalar faqat yosh bolali oilalarga – katta guruhga kerak, qimmat kolyaskalarni faqat yosh bolasi bo’lgan badavlat oila – kichik guruh xarid qila oladi) bilan qisqartirilgan sotuvlar qiziqtirgan holatda zarurdir. Bu holatda ommaviy kanallardan foydalanish – asossiz ravishda pulni ko’kka sovurishdir.
Misol: ikkita zoologga qo’riqxonadagi nosoroglarni sanab chiqish topshirildi. Birinchi zoolog vijdonan bunga bir oy vaqt sarfladi. Ikkinchi zoolog esa oxirgi kun keldi va u ham sanab chiqdi. Va – ajablanarlisi – ularning natijalari bir xil chiqdi.
142
Birinchi zoolog hayron bo’lib ikkinchi zoologdan qanday qilib buning uddasidan chiqqanligini so’radi. Ikkinchi zoolog: "Men shuni bilamanki, BARCHA yo’lbarslar HAR KUNI aynan SHU ERDA suv ichadi, men ularni mana shu erda sanab chiqdim" deb javob berdi va ularning suv ichadigan joyini ko’rsatdi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki: ularning yuradigan yo’llarni topib, bu yo’lda o’zining axboroti bilan bo’lish mumkin bo’lgan bir paytda potensial mijozlarni butun shahar bo’ylab izlash shartmikan?
Bugungi kunda tug’ruqxonadan chiqayotgan yosh onalarning ko’pchiligi reklama bukletlari va bepul taglik namunalari, bolalar ozuqasi va go’daklar uchun kosmetika mahsulotlari to’plamini sovg’a tariqasida olmoqda. Bolalar kosmetikasi markalari bilan tanishuv ko’pincha aynan shunday boshlanmoqda. Bunday mahsulotlar ishlab chiqaruvchi firmalar asosan tovarlarni siljitishning shu usulidan foydalanadi. Albatta, ular to’g’ridan-to’g’ri reklamasiz ish bajarmaydi, biroq eng katta samarani keng miqyosli televizion reklama emas, balki pediatrlar orqali (fikrlar yetakchilari orqali shaxsiy kanal), tug’ruqxonalar orqali va yosh onalar uchun ixtisoslashgan nashrlar orqali siljitishyordam bermoqda.
Ikkita aniqlik kiritib o’tamiz:
"Suvloqlar" doimiy (bizdan doimo mustaqil) va maxsus tashkil qilingan (tematik ko’rgazmalar, bayram va shoular, taqdimotlar, tematik ma‘ruzalar va h.k.) bo’lishi mumkin.
Oyoq bilan yurish, ko’z (ko’rish) va quloq (tinglash) bilan «yurish» mumkin.
Shunday ekan, mahalliy kanallar ("suvloqlar") tabiiy (u erga boriladi) va axborot (tinglanadi va ko’riladi) turlarda bo’lishi mumkin. ularni alohida ko’rib chiqamiz.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling