O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Innovatsion mahsulotlarni siljitish kanallari tasnifi


Download 337.32 Kb.
bet68/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsion mahsulotlarni siljitish kanallari tasnifi:


Ommaviy kanallar. Ommaviy kanallar ommaviy talab bo’lgan arzon sotuv obyektlariga va buning natijasida, omma mujassam topgan butun marketing makoni axborot «qalpog’i» bilan qamrab olinadigan «omma» auditoriyasi miqdoriy toifasiga xizmat ko’rsatadi.
Ommaviy kanallar qatoriga tashqi reklama, hamma uchun qiziqarli ommaviy axborot vositalari, low narx toifasiga mansub tovarlar o’rovi, ba‘zida esa shu tovarlarning o’zi, paketlar, Internet, to’g’ridan-to’g’ri ommaviy reklama va transportdagi reklama kiritiladi.
Tashqi reklama — reklama taxtalari va alohida turadigan konstruksiyalar, uylar devorlaridagi reklama polotnolari, axborot pannosi (jumladan, yorug’lik yordamidagi), transportda reklama va b. — eng keng doirali auditoriya uchun ko’rinarli bo’lib, shu sababli ommaviy kanallar qatoriga kiritiladi. Savdo nuqtalari oldidagi viveska, vitrina va shtenderlar mahalliy kanallar qatoriga kiritiladi.
Hamma uchun qiziqarli ommaviy axborot vositalari bu – ko’pchilik o’qiydigan bosma davriy matbuot nashrlari, ko’pchilik ko’radigan televizion dasturlar va tinglaydigan radiostansiyalardir. Ular ommaviy auditoriya uchun qiziqarli bo’ladi. Masalan, istalgan kanaldagi yangiliklar dasturi, radiodagi musiqiy dasturlar.
Ularga qarshi qo’yiladigan tor ixtisoslashgan ommaviy axborot vositalari ham mavjud: «Tishlar» jurnalini stomatologlar o’qiydi, «Soch turmaklari» jurnali sartaroshlar uchun qiziqarli bo’ladi. Biroq stomatologlar va sartroshlar bu omma emas, balki kichik guruhdir.
low narx toifasidagi tovarlar o’rovi ham ommaviy kanal bo’lib xizmat qiladi, chunki u «ommaviy ravishda xalq ichiga kirib boradi». «May choyi» qutisini ochib, uning ichidan «choy xabarnomasi»ni olish mumkin.
low narx toifasida shunday tovarlar mavjudki, ularga o’rov kerak ham emas. Masalan, kiyim-kechakda nafaqat ishlab chiqaruvchining, balki bu mahsulot sotilgan magazinning ham logotipini topish mumkin.
Paketlar bu alohida pozitsiya, chunki u tashqi reklama (mini-shaklda bo’lsa ham) va o’rov o’rtasidagi holatni egallaydi. Biz paketlarga nimalarnidir solamiz va u bilan ko’cha bo’ylab yuramiz. Ko’plab magazinlar va savdo markazlari o’z reklama vositalarida paketlarga ega.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling