5-amaliy mashg‘ulot uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmlari tuzilishi va ishlashi. Ishdan maqsad


Download 16.68 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi16.68 Kb.
#1228788
Bog'liq
5-amaliy mashg`ulot


5-amaliy mashg‘ulot

UZATMALAR QUTISINI BOSHQARISH MEXANIZMLARI TUZILISHI VA ISHLASHI.




Ishdan maqsad: Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmlari tuzilishi, ishlashi va o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganish.


Kerakli uskunalar: TTZ-80 traktori, Isuzu, Nexia va Ford avtomobillarining uzatmalar qutisi va
ularni boshqarish mexanizmlari qirqimlari, montaj stendlar, maketlar, chizmalar, plakatlar va asboblar
to‘plami.


Ish hajmi: Amaliy mashg‘ulot vaqti 2 soat auditoriya va 1 soat mustaqil ishlashga mo‘ljallangan.


Umumiy ma’lumotlar
Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmlari uzatmalarni ulash, mashinaning ishlash sharoitining
o‘zgarishiga qarab uzatmalarni almashtirish, neytral uzatma holatiga keltirib uni uzish uchun xizmat
qiladi. Ularning tuzilmasi uzatmalarni traktorni to‘xtatib (quvvat oqimini uzib) almashtirish yoki
to‘xtatmasdan (quvvat oqimini uzmasdan yoki qisqa muddatga uzib) almashtirish usuliga bog‘liq.
Birinchi holat uchun uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmi:
– shesterna-karetkalarni yoki bikr blokirovka muftalarini (doimo ilashgan shesternalar bo‘lganda)
ishchi yoki neytral holatga o‘tkazish uchun;
– ularni o‘q bo‘yicha siljishdan saqlash uchun;
– ularni o‘z-o‘zidan qo‘shilishini yoki ajralishining oldini olish uchun;
– bir paytda ikki uzatmani qo‘shilib qolishining oldini olish uchun xizmat qiladi.
Oxirgi holatda uzatmalar qutisining kinematik zanjirida ichki yopiq kontur hosil bo‘ladi,
shesternalar aylanishiga ularning tishlarida, blokirovka muftalarida va vallarda sinib ketishga olib
keluvchi kuchlanishning keskin oshishi sodir bo‘ladi. Boshqarish mexanizmi mexanik, richag–tortqili
tizimdan iborat bo‘lib, traktorchining jismoniy kuchi bilan boshqariladi.
Ikkinchi holatda uzatmalar qutisiga faqat doimiy ilashmada bo‘lgan shesternalar o‘rnatilgan bo‘lib,
ularning blokirovkasi uch xil usulda amalga oshiriladi: sinxronizatorlar yoki gidravlik bosiladigan ko‘p
diskli friksion muftalar (vallarining o‘qi qo‘zg‘almas uzatma qutilari) yoki shunga o‘xshash friksion
muftalar va tormozlar yordamida. Oxirgi holda uzatmalar qutisining gidravlik boshqarmasi moyni
bosim ostida kerakli mufta tormozining busterlariga yuborishdan va ularni ajratish paytida uning
chiqib ketishini ta’minlashdan hamda ularning o‘z-o‘zidan ulanishini va ajralib ketishidan saqlashdan
iborat.
Ishni bajarish tartibi
1. TTZ-80 traktori, Isuzu, Nexia va Ford avtomobillarining uzatmalar qutisi va ularni boshqarish
mexanizmlari qirqimlari, montaj stendlar, maketlar, chizmalar, plakatlardan foydalanib, uzatmalar
qutisini boshqarish mexanizmlari tuzilishi va ishlashini o‘rganish.
2. TTZ-80 traktori, Isuzu, Nexia va Ford avtomobillarining uzatmalar qutisi qirqimi va montaj
stendlaridan foydalanib boshqarish mexanizmlari sxemasini chizish.
3. O‘qituvchi ko‘rsatmasiga binoan uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmlari alohida qism va
detallarining eskizlarini chizish hamda jadvalni to‘ldirish.
Hisobot mazmuni
1. Uzatmalar qutisining boshqarish mexanizmi sxemasini chizish va barcha elementlarini qisqacha
tavsiflash.
2. Sinxronizator sxemasini chizish va ishini tavsiflash
3. Uzatmalar qutisining boshqarish mexanizmi alohida qism va detallarining eskizlarini chizish.
4. Jadvalni to‘ldirish.
Nazorat savollari
1. Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmlarining vazifasi.
2. Uzatmalar qutisini boshqarish mexanizmlari qanday asosiy elementlardan tashkil topgan?
3. Sinxronizatorning tuzilishi va ishlashi.
4. Qanday mexanizm ilashish muftasi uzilmaganda, uzatma qo‘shilishining oldini oladi?
5. Qaysi qurilma bir vaqtda ikki uzatmaning qo‘shilib qolishiga qarshilik qiladi
Download 16.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling