O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti “soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi


Korxonalar zimmasidagi soliq yuki darajasini baholash mezonlaridan


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/26
Sana04.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1745073
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
ozbekiston respublikasida soliq yuki darajasini baholash mezonlari (1)

 
2.3. Korxonalar zimmasidagi soliq yuki darajasini baholash mezonlaridan 
foydalanish tahlili (Kitob tumani DSI ma’lumotlari asosida). 
 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida Hukumatimiz tomonidan olib 
borilayotgan soliq islohotlarining amaliy natijasi asosan harakatdagi soliqlarni 
soddalashtirish va unifikatsiya qilish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat 
byudjeti bilan hisob-kitoblari mexanizmini takomillashtirish, soliq hisobotlarini 
taqdim etish holatlarini kamaytirishga qaratilgan. Respublikamiz hukumati 
tomonidan olib borilayotgan soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari yuridik va 
jismoniy shaxslar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishga, soliqqa tortish tizimini 
soddalashtirishga, soliq stavkalarini pasaytirishga, soliqqa tortiladigan ob’ektlarni 
maqbul darajada kamaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. 
Keyingi bir necha yillardan buyon, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
soliq siyosatining markazida, soliq to’lovchi sub’ektlardan soliq yukini pasaytirish 
orqali xo’jalik sub’ektlari va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik hamda tijorat 
faoliyatini jadallashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Pirovardida, milliy 
iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan korxonalar va jismoniy shaxslarning ixtiyorida 
ko’plab moliyaviy mablag’lar qolishiga qulay imkoniyat tug’ilmoqda. O’z 
navbatida, korxonalar ixtiyoridagi moliyaviy resurslar hisobiga ishlab chiqarish va 
xizmat ko’rsatish kengaytirishga sarf qilmoqdalar. Bir so’z bilan aytganda, 
investitsion imkoniyatlari kengaymoqda. Jismoniy shaxslar uchun qo’shimcha 
mablag’lar hisobiga o’zlarining ijtimoiy muammolarini bartaraf etishi bilan birga, 
yuqori saviyali ijtimoiy xizmatlardan foydalanishiga qulaylik yaratilmoqda.
Iqtisodiy sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirish masalasi ko’p 
xollarda soliqlarni minimallashtirish orqali aks ettiriladi. Aytish lozimki, bir soliq 
turini yoki stavkasini kamaytirish boshqa turdagi soliq yoki yig’im to’lovlarini 


35 
ko’payishiga olib kelishi mumkin. Xususan, foyda solig’i summasi kamaysa
ijtimoy infrastruktura solig’i bazasi ko’paydi va natijada soliq xajmi xam o’z 
o’zidan oshadi. Bundan tashqari, davlat yoki ma’lum xudud doirasida bir soliq 
turini ko’payishi qolgan soliqlarning kamayishiga yoki byudjet daromadlarining 
umumiy qisqarishiga olib kelishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, davlat uchun 
optimal ishlaydigan soliq tizimiga ega bo’lish juda muhimdir. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlari to’laydigan ayrim turdagi soliq 
to’lovlarinigina kamaytirishga intilmasdan balki, moliyaviy oqimlarni 
boshqarishning ratsional tizimini yaratish hamda soliqlarni rejalashtirish 
uslublarini qo’llagan xolda soliq yuki darajasini baholashlari ham muhimdir.
Quyidagi jadvalda Kitob tumanida faoliyat yuritayotgan “FAZO-OMAD” 
korxonasining moliyaviy natijalari va soliq yuki ko’rsatkichlari tahlilini keltirib 
o’tamiz: 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling