O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi


III BOB. XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA AUDITORLIK HISOBOTI VA


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/42
Sana04.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1747575
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Bog'liq
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi

III BOB. XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA AUDITORLIK HISOBOTI VA 
XULOSASI TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
3.1 Auditorlik xulosasi va auditorlik hisobotini tuzish bo`yicha xorijiy 
tashkilotlar amaliyoti
 
Iqtisodiyotning jahon miqyosidagi integratsiyalashuvi va davlatlarning yalpi 
daromadidagi xorij mamlakatlari investitsiyalarining oshib borayotganligi 
investorlar uchun qulay sharoitlarni yaratish va bevosita ularga taqdim etiladigan 
axborotning ishonchli bo`lishi kerakligini taqozo etadi. Ishonchli moliyaviy 
axborot esa auditorlik tashkilotlari va o`z-o`zidan ular tomonidan tuziladigan 
auditorlik hisoboti hamda xulosalarida o`z aksini topadi. Demak, xalqaro iqtisodiy 
integratsiya xalqaro audit normalarini yaratish va takomillashtirishga bo`lgan 
ehtiyojni keltirib chiqaradi. 
Xalqaro auditni unifikatsiyalangan holda tashkil qilish uchun, avvalo, 
buxgalteriya hisobining baynalmilallashuviga e’tibor qaratish lozim. Milliy hisob 
va audit tizimlarini xalqaro miqyosda uyg’unlashtirish maqsadida 1966 yilda 
Xalqaro tadqiqot guruhi tuzilgan edi. Ushbu tadqiqot guruhiga AQShning 
buxgalter-auditorlari, shuningdek Kanada, Angliya, Uels, Shotlandiya, Irlandiya 
davlatlarining maxsus mutaxassislari kiritilgan. Mazkur tashkilot jahonning 
ko’pgina davlatlarida tadqiqot o’tkazib, milliy hisob va audit tizimlari o’rtasidagi 
tafovutlar xususida hisobot tayyorlagan. Hisobot ma’lumotlari natijalariga ko’ra 
buxgalteriya hisobi va audit standartlari bo’yicha maxsus xalqaro tashkilot 
tuzishga qaror qilingan. Natijada xalqaro hisob va audit standartlarini ishlab 
chiquvchi Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC) va Xalqaro 
buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) tuzilgan. 
1973 yil 29 iyunda Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, 
Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Irlandiya hamda AQSh buxgalterlar 
tashkilotlari o’rtasidagi kelishuv natijasi sifatida tuzilgan Buxgalteriya hisobi 
xalqaro standartlari qo’mitasi (International Accounting Standarts Committie - 
IASC) bugungi kunda xalqaro auditorlik faoliyatida ulkan nufuzga ega. Hozirgi 
vaqtda uning tarkibida jahonning 103 mamlakatidan 142 ta vakillar qatnashmoqda.


65 
Yevropada buxgalterlar va auditorlarning ikkita professional tashkiloti 
salmoqli o’rin egallaydi. Bu buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha xalqaro 
komitet – BHSXK (International Accounting Standarts Committie – IASC) va 
Evropa ekspert buxgalterlarining federatsiyasi EEBF (Federation des Experts 
Somptables Europeen - FEE). FEE 1987 yil 1 yanvarda tashkil topgan va shtab-
kvartirasi Bryusselda joylashgan. 
Auditorlik faoliyatining rivojlanishi yirik transmilliy kompaniyalarning 
vujudga kelishiga olib keldi. Bunday auditorlik kompaniyalari ichida eng yiriklari 
quyidagilar:

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling