O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi


-rasm. Auditorlik hisoboti va xulosasidan foydalanuvchilar


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/42
Sana04.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1747575
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
Bog'liq
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi

2.12-rasm. Auditorlik hisoboti va xulosasidan foydalanuvchilar
52
 
Rasmdan ko`rinib turibdiki, auditorlik tekshiruvlari natijalarining barcha 
foydalanuvchilarga birdek foydali bo`la olmasligi ularni tuzish va taqdim etish 
bilan 
bog`liq 
muammolarni 
umumlashtirishga 
yordam 
beradi. 
1-toifa 
52
Muallif tomonidan tuzilgan.


60 
foydalanuvchilar bilan bog`liq muammolar quyidagilardan iborat: 

auditorlik hisobotida tahlil amallarining kamligi, umuman yo`qligi 
yoki 
diagramma, 
jadval 
ko`rinishida 
aks 
ettirilmaganligi 
sababli 
tushunmovchilikka olib kelishi; 

matn ko`rinishidagi axborotning o`rganish uchun ko`p vaqt talab 
etishi; 

auditorlar aniqlagan kamchiliklar yoki muammolarni bartaraf etish 
bo`yicha boshqa korxonalar tomonidan amalga oshirilgan tadbirlarning taqqoslama 
ko`rsatkichlari yo`qligi; 

barcha aksionerlarning iqtisodiy terminlar bilan tanish emasligi 
sababli hisobot va xulosalaridagi ayrim ma`lumotlarni o`zlashtira olmasligi

xalqaro amaliyotdan farqli ravishda auditorlik xulosasida audit 
jarayonidagi eng muhim deb topilgan masalaning ko`ndalang qo`yilmaganligi va 
ushbu 
masalani 
yechish 
bo`yicha 
qanday 
amallar 
bajarilganligining 
yoritilmaganligi; 

mahalliy va xorijiy auditorlik tashkilotlari tomonidan auditning milliy 
va xalqaro standartlari asosida tuzilgan auditorlik hisoboti va xulosasi o`rtasidagi 
tafovutlar hisobiga yuzaga kelgan tushunmovchiliklar va ho.k. 
2-toifa fodalanuvchilarida faqat auditorlik xulosalaridan foydalanish huquqi 
bo`lgani sababli undagi juda qisqa ma`lumot foydalanuvchi uchun juda kam 
ma`lumot berishi mumkinligi muammosini keltirib chiqaradi.
3-toifa bilan ham xuddi shu holatni kuzatish mumkin, biroq ularning orasida 
korxonaga sarmoya kiritishi mumkin bo`lgan investorning auditorlik xulosasidagi 
ma`lumotlardan qoniqmasligi korxona uchun riskli bo`lishi mumkin. 
4-toifa foydalanuvchilari davlat manfaatlarini himoya qilganligi sababli ular 
tomonidan seziladigan muammo hisobot va xulosaning tahliliy ko`rsatkichlari 
bilangina bo`gliq bo`lishi mumkin.
Auditorlik hisobotlarini tuzish va taqdim etishni amalga oshiradigan 
auditorlik tashkilotlari ushbu masalada eng ko`p muammolarga duch kelishi 


61 
mumkin va ular quyidagilardan iborat: 

mamlakat miqyosida moliyaviy hisobotlarni yuritish xalqaro talab 
darajasiga o`tkazilmaganligi sababli moliyaviy hisobot to`g`risidagi auditorlik 
hisoboti va xulosasini xalqaro standartlar asosida tuzish va taqdim etish jarayoni 
tartibga solinmaganligi hamda yagona me`yor yaratilmaganligi; 

xo`jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat sohasi va tarmoqlari bo`yicha 
ixtisoslashtirilgan auditorlik hisoboti va xulosalarining namunalari hamda audit 
natijalarini 
umumlashtirish 
bo`yicha 
xalqaro 
yagona 
dastur 
ishlab 
chiqarilmaganligi; 

aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalining o'zgarishi auditorlik 
hisobotida kapital va aktivlarni shakllantirishni tekshirish jarayonlariga ta'sir qilib, 
ish hajmini oshiradi va o`z-o`zidan aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy soni 
qisqargani bilan tashqi auditni amalga oshirish bo'yicha ish hajmining ko'payishi 
hisobiga auditorlik tashkiloti bilan aktsiyadorlik jamiyatlari o'rtasida tuziladigan 
shartnoma summalari oshishi;

auditorlik faoliyatining milliy standartlarida ayrim xalqaro standartlarning 
analogi yo`qligi bir vaqtning o`zida ikki xil standartni qo`llash va chalkashliklarga 
olib kelishi mumkinligi; 

auditorlik xulosasida faqat matn emas, balki ko`rsatkichlar bilan 
ifodalangan ma`lumotlarning ifoda etish me`yorlari keltirilmaganligi va ho.k. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling