O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet42/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

1997,%


Kichik kompaniya- lar
1985, %


Qayta ishlash sanoat korxonalari (turli darajada)
1993%

Sof keltirilgan


32

39

68

74

80

36

71

qiymat Ichki daromadli

44

57

75

81

81

28

80

lik darajasi Qoplash davri

73

81

92

94

70

82

86

Foydaning buxgalteriya

51

49

56

50

56

37

77

me‘yori Jami

200

226

291

299

287

183

314




Manbalar: 1Pike (1982); 2Pike and Wolfe (1988); 3Pike (1996);
4Arnold and Xatzopoulos (2000); 7McIntyre and Coulthurst (1985);
6Drury, Braund, Osborne and Tayles (1993).
Arnold va Xadzopulos tadqiqotlarda ishtirok etgan yirik kompaniyalarning 80%i NPVni qo‘llaganligmi aniqladi, ammo deyarli barcha hollarda boshqa usullar bilan birgalikda ishlatilgan - bitta yoki undan ko‘proq. Shuningdek, so‘rovda qatnashgan yirik firmalar NPV, IRR yoki ularning kombinatsiyasidan foydalangan. Ko‘pgina hollarda IRR NPV uchun yaxshi almashtirish sanaladi.
Lekin, aftidan, NPV barcha firmalar tomonidan ishlatilmasligiga asoslangan holda aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish birlamchi maqsad emas, deb xulosa qilish noto‘g‘ri bo‘lardi. Payk va Ooi (Pike va Ooi, 1988) tomonidan ko‘rsatib o‘tilgandek, aslida, muayyan kompaniya uchun aksiyadorlarning farovonligini maksimallashtirish ahamiyati bilan NPV usuli o‘rtasida jiddiy bog‘liqlik mavjud emas. Ehtimol, moliyaviy qaror qabul qiladiganlarning ba‘zilarida ma‘lum bir maqsadni nazariy jihatdan uning amalga oshishiga imkon beruvchi baholash usullari bilan bog‘lash imkonini beradigan tajriba yetarli emas. Taxmin qilinganidek, kamroq tajribaga ega kichik kompaniyalar orasida NPV ning kamroq ommalashishi buning tasdig‘i bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Boshqa tomondan, yirik va kichik kompaniyalar o‘rtasida NPVdan foydalanish bo‘yicha nomutanosiblikni ular turli maqsadlarni ko‘zlashi bilan ham tushuntirishi mumkin.
Ba‘zi kompaniyalar NPV usulidan foydalanishi va bu farovonlikni maksimallashtirish bilan qanday bog‘liq ekanligini o‘zlarining yillik hisobotlarida ma‘lum qiladi. Dvigatellar va elektr energetikasi tizimlari ishlab chiqaruvchi “Rolls-Royce plc” kompaniyasi 2003-yilgi hisobotida quyidagini ma'lum qilgan: —Guruh investitsiya loyihalari aksiyadorlar uchun qiymat yaratishiga ishonch hosil qilish maqsadida ularning barchasini risk va kelgusi pul oqimlari bo‘yicha qat‘iy tekshiruvdan o‘tkazadi”. Hisobotda, shuningdek, guruh tomonidan investitsiya
qarorlarini baholash uchun diskontlangan pul oqimlari tahlili qo‘llanilganligi haqida xabar beriladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling