O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Investitsiyalarni baholash usullaridan foydalanish amaliyoti


Download 0.77 Mb.
bet40/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

3.4. Investitsiyalarni baholash usullaridan
foydalanish amaliyoti

Amaliyotda qo‘llaniladigan usullarning kamchiliklari, nazariy afzalliklari va asosiy xususiyatlarini o‘rgangach, bu usullar aslida kompaniyalar tomonidan qay darajada qo‘llanilishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.
So‘nggi 30 yil mobaynida investitsiyaviy baholash usullaridan amaliy foydalanish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazildi. Britaniya kompaniyalariga bag‘ishlangan bir qator nashrlarda Payk (Pike 1982, 1996), Payk va Vulf (Pike and Wolfe, 1988), Arnold va Xadzopulos (Arnold and Hatzopoulos, 2000), Makintayr va Kaultxerst (McIntyre and Coulthurst, 1985), shuningdek, Druri va boshqalar (Drury, Braund, Osborne and Tayles, 1993)ning asarlari katta qiziqish uyg‘otadi.
Paykning, shuningdek, Payk bilan Xerstning tadqiqotlari juda yirik firmalarga bag‘ishlangan; amalda ularda Buyuk Britaniyadagi eng yirik 300 kompaniyadan 100 tasi ko‘rib chiqiladi. Arnold va Xadzopulos Buyuk Britaniyadagi eng yirik 1000 ta kompaniyaning 100 tasi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazadi, shuning uchun tadqiqot natijalarini, umuman olganda, yirik kompaniyalarning boshqa tadqiqotlari natijalari bilan solishtirish mumkin. Makintayr va Kaultxerst 1985-yilgi kompaniyalar to‘g‘risidagi qonunda o‘rta biznes ta'rifiga mos tushuvchi 141 ta korxonadan iborat to‘plamni ko‘rib chiqadi. Ushbu kompaniyalar quyidagi uch mezondan ikkitasini qoniqtirgan: yillik aylanmasi - 1,4 - 5,75 million f.st, asosiy jamg‘armasi - 0,7 -2,8 mln f. st, yollanma xodimlar soni 50-250 kishi. Buyuk Britaniyaning eng yirik kompaniyalari bilan solishtirganda, Makintayr va Kaultxerst tadqiqotida ko‘rib chiqilgan firmalar, rasman biznesning qaysi toifasiga tegishliligidan qat‘i nazar, nisbatan kichik sanaladi. Arnold va Xadzopulos 100 ta uncha katta bo‘lmagan, ammo Makintayr va Kultxerst tadqiqotlarida keltirilgan firmalardan ancha yirik bo‘lgan kompaniyalarni o‘rganib chiqdilar. Druri va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqot har xil kattalikdagi 260 ta Britaniya kompaniyasini o‘z ichiga qamrab oldi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling