O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Ichki daromadlilik stavkasi (IRR)


Download 0.77 Mb.
bet48/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Ichki daromadlilik stavkasi (IRR)
  • IRR = loyihaning NPV darajasi nolga teng bo‘lgan diskontlash stavkasi.


  • Ko‘rsatkich kiruvchi va chiquvchi pul oqimlari loyihaning hayotiy siklining turli paytlarida yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olgan holda foizlarda ifodalangan investitsiyalardan o‘rtacha foydani aks ettiradi.


  • Qaror qabul qilish qoidasi: IRR kapital qiymatidan yuqori bo‘lgan loyihalar qabul qilinadi; IRR qanchalik yuqori bo‘lsa, loyiha shunchalik jozibador bo‘ladi.


  • Ushbu ko‘rsatkich, odatda, aniq hisoblanmaydi; bunda sinov va xatolar usulini qo‘llash lozim.


  • IRR bo‘yicha xulosalar:


  • Bu usul aksiyadorlar farovonligini oshirish vazifasi bilan bevosita bog‘liq emas. U, odatda, NPV bilan bir xil natija beradi, lekin turli ko‘lamdagi raqobatlashuvchi loyihalar mavjud bo‘lgan vaziyatda u odamni chalkashtirishi mumkin;


  • usul pul oqimlarining vaqt jihatini hisobga oladi;


  • usul barcha muhim ma‘lumotlarni hisobga olish imkonini beradi;


  • Har doim ham amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan aniq natijalarni bermaydi:


  • ko‘pincha loyihaning hayot sikli davomida moliyalashtirishga xarajatlar o‘zgarishiga dosh berolmaydi;


  • nostandart pul oqimlari kuzatilganda, to‘plam yoki IRR mavjud emasligi muammosi yuzaga keladi;


  • NPV usulidan ortda qoladi.




Qoplash davri (PBP)
  • PBP = boshlang‘ich investitsiyadan chiquvchi pul oqimlari kiruvchi pul oqimi hisobiga o‘zini qoplashi uchun talab qilingan vaqt davri.


  • Qaror qabul qilish qoidasi: PBPsi belgilangan maksimal muddatdan oshmaydigan loyihalar qabul qilinadi; PBP qanchalik qisqa bo‘lsa, loyiha shuncha jozibali bo‘ladi.


  • Diskontlangan PBPni olish uchun diskontlangan kelgusi kiruvchi oqimlarni qo‘llash yo‘li bilan biroz yaxshilanishi mumkin.


  • PBP bo‘yicha xulosalar:


  • Usul bank aksiyadorlarining farovonligi bilan bog‘liq emas; qoplash sanasi kelgandan so‘ng kiruvchi pul oqimlarini e‘tiborsiz qoldiradi.


  • Usulning “diskontlanmagan” varianti pul oqimlarining vaqt jihatini yaxshi hisobga olmaydi.


  • Muhim ma‘lumotlarning salmoqli miqdorini e‘tiborsiz qoldiradi.


  • Usul har doim aniq natijalar bermaydi va amaliyotda qo‘llash uchun noqulay bo‘lishi mumkin.


  • NPVdan sezilarli darajada ortda qoladi, ammo tushunish oson va likvidlilikni baholash imkonini beradi, bu uning keng qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin.





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling