O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Foydaning buxgalteriya (hisob) me’yori


Download 0.77 Mb.
bet49/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Foydaning buxgalteriya (hisob) me’yori
  • ARR = o‘rtacha (yoki boshlang‘ich) investitsiyalarning hajmiga nisbatan foizda ifodalangan loyihadan olingan o‘rtacha buxgalteriya foydasi. Maxraj sifatida aynan qaysi ko‘rsatkich ishlatilishini aniqlab olish va keyin shu asosda foydalanish kerak.


  • Qaror qabul qilish qoidasi: ARRsi belgilangan minimumdan yuqori bo‘lgan loyihalar qabul qilinadi; ARR qanchalik ko‘p bo‘lsa, loyiha shu qadar jozibali bo‘ladi.


ARR bo‘yicha xulosalar:


  • Bu usul aksiyadorlarning boyligini maksimallashtirish mezoniga bevosita bog‘liq emas. Undan foydalanish mantiqsiz xulosalarga olib kelishi mumkin.


  • Naqd pul oqimlarining vaqt jihatini deyarli hisobga olmaydi.


  • Ba‘zi muhim ma‘lumotlarga e‘tibor qaratmaydi va keraksiz ma‘lumotlarni hisobga olishi mumkin.


  • Foydalanish nisbatan sodda bo‘ladi.


  • NPVdan sezilarli darajada ortda qoladi.




Baholash usullarini amaliyotda qo„llash
  • Barcha to‘rt usul keng qo‘llaniladi.


  • Diskontlash usullaridan foydalanish (NPV va IRR) asta-sekin kengaymoqda.


  • Ko‘pgina kompaniyalar turli usullardan foydalanadilar.


  • Yirik kompaniyalar baholash usullaridan kichik kompaniyalarga nisbatan malakaliroq foydalanadi.




NAZORAT SAVOLLARI
  1. Inflyatsiyani hisobga olish diskontlash maqsadi sanaladimi? Javobingizni tushuntirib bering.


  2. Kelgusi pul oqimlarini moliyalashtirishning muqobil xarajatlarini hisobga oluvchi stavka bo‘yicha diskontlash zarurligi haqida gapirganda, —muqobil” deganda nimani nazarda tutamiz?


  3. Sof keltirilgan qiymat usulini qaysi xususiyatiga ko‘ra investitsiya qarorlari qabul qilishda nazariy jihatdan qo‘llash mumkin?


  4. PBP usulida jiddiy kamchiliklar mavjud. Shunga qaramay, u potensial investitsiya loyihalarini baholashda keng qo‘llaniladi. Nima uchun?


  5. Ichki daromadlilik stavkasi usulidan foydalanishning asosiy kamchiligi nimadan iborat? Bu amaliyotda muammo tug‘diradimi?


  6. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab kompaniyalar amaliyotda qo‘llaniladigan investitsiyaviy baholashning to‘rtta usulini bir nechtasidan foydalanadi. Nima uchun?





Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling