O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet46/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Foydaning buxgalteriya me’yori
Nazariy asoslari deyarli to‘liq mavjud emasligiga qaramay, ARR usuli hozirgacha keng qo‘llanilmoqda. PBP masalasida bo‘lgani kabi savol tug‘iladi: bu usuldan foydalanadigan kompaniyalar haqiqatdan ham farovonlikni maksimallashtirishga harakat qiladilarmi? ARR keng foydalanish kompaniya muayyan darajada boyligini oshirish maqsadi 77
bilan uyg‘unlashtirgan holda, aftidan, buxgalteriya foydasi olishga harakat qilayotanidan dalolat beradi (bu masalalar ham 2-bobda muhokama qilingan). Biroq xuddi PBP holatida bo‘lgani kabi, ARRdan foydalanish ham boshqaruv malakasining yetishmasligini anglatishi mumkin. Aksariyat menejerlar moliyaviy hisobot hujjatlari - foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot va boshqalardan foydalanishga odatlanib qolgan. Bu odamlar buxgalteriya ko‘rsatkichlari muayyan investitsiyaviy imkoniyatlarni baholash uchun to‘g‘ri kelmasligiga qaramay, diskontlangan pul oqimlari tushunchasi bilan emas, buxgalteriya tushunchalari bilan fikrlashni afzal ko‘rishadi - albatta, asosiy maqsad aksiyadorlar farovonligini oshirishdan iborat bo‘lgan hollarda. Bizningcha, menejerlar muayyan loyihaning moliyaviy hisobotga ta‘siridan shunchaki xavotir olishadi.
Oldingi bobda keltirilgan tadqiqotlarning mualliflari ba‘zi kompaniyalar investitsiya obyektining daromadlilik koeffitsiyentini foiz ifodasida hisoblashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishni taxmin qilishadi. Bu moliyaviy hisobot ma‘lumotlariga asoslangan ko‘rsatkichdir.
Xalqaro tajriba
AQSHda so‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan tadqiqotlar u yerda ham Buyuk Britaniyadagi kabi investitsiyaviy baholash usullaridan foydalanilayotganligini ko‘rsatadi (Scapens, Sale and Tikkas 1982; Moore and Reichert 1983; Levy and Sarnat 1988; Chen 1995; Graham and Harvey 2001). AQSHda diskontlash usulidan foydalanish ko‘lami Britaniyaga qaraganda keng, biroq Buyuk Britaniya firmalaridan farqli ravishda Amerika kompaniyalari orasida IRR dan ko‘ra NPV usuli ko‘proq ommalashgan.
Xorngren, Bximani, Foster va Datar (Horngren, Bhimani, Foster and Datar, 2001) ma‘lumotlariga ko‘ra, investitsiyaviy baholash uchun ishlatiladigan usullar mamlakatdan mamlakatga sezilarli darajada farq qiladi. PBP usuli keng tarqalgan mamlakatlarning ko‘pchiligida NPV va IRR usullari ham keng tarqalgan. ARR usuli Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyadan tashqari dunyoda unchalik mashhur emas. Qizig‘i shundaki, Yaponiyada diskontlash usuli umuman qo‘llanilmaydi.
Yaponiyada investitsiyalarni diskontlash usullaridan sezilarsiz foydalanish haqida xulosa Xodderning tadqiqotida keltiriladi (Hodder, 1986). Ayni paytda ushbu muallif sof kelgusi qiymatni baholash keng qo‘llanilishini ta'kidlaydi. Ushbu bobda aytib o‘tganimizdek, ushbu yondashuv NPV uchun mantiqiy muqobildir va ayni bir natijalarni beradi. Xodderning kuzatishlariga ko‘ra, Yaponiyada keng ishlatiladigan yana bir konsepsiya yillik buxgalteriya foydasini kapitalning foydalanganlik uchun foiz miqdoriga kamaytirish imkoniyatidan iborat bo‘lgan ARR usulining bir turi sanaladi. Xodder Yaponiyada qaror konsensus yo‘li bilan qabul qilinishiga alohida e‘tibor qaratadi, bunda turli darajadagi menejerlar eng muhim investitsiya loyihalarini batafsil muhokama qiladi, rasmiy moliyaviy baholash natijalari esa qaror qabul qilish jarayonining faqat bir qismini o‘zida aks ettiradi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling