O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet39/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

3.3. Qoplash davri
Qoplash davrini (payback period, PBP) aniqlash usuli oddiy savol tug‘diradi: kutilayotgan pul oqimlari natijasida investitsiya qilingan mablag‘lar qancha vaqt ichida qoplanadi?
Quyidagi pul oqimlari ko‘rib chiqilgan 3.1-rasmga qaytamiz:
«Zenit», f. st. «Super», f. st.

Narx (bir vaqtning o‘zida to‘lanadi)


20 000

25 000

Har yilgi tejamkorlik:


Yil 1

4 000

8 000

2

6 000

6 000

3

6 000

5 000

4

7 000

6 000

5

6 000

8 000


Investitsiyaviy imkoniyatlarni hisobga olib, kutilayotgan qoplash davri quydagicha bo‘lishi kerakligi haqida xulosaga keldik:

«Zenit» «Super»
4 yil, (pul oqimi har bir marta yil 4 yil
oxiriga to‘g‘ri kelish sharti bilan) yoki 35/7 yil (pul oqimi yil davomida teng ravishda taqsimlanganda)
bo‘lish vaqtiga qarab hisobga olinmaydi. U pul oqimini ikki toifaga bo‘ladi: qoplanish nuqtayi nazardan ahamiyatli va ahamiyatsiz pul oqimlari. 3.1-misolda pul oqimlarining kelib chiqishiga oid hisob-
kitoblarning to‘liq bo‘lmasligini ko‘ramiz. “Super” loyiha uchun PBP “Zenit” loyihasidek (to‘rt yil) bir xil bo‘ladi, hatto dastlabki uch yil hech qanday tejamkorlik bermaydi va to‘rtinchi yilda u esa 25 000 f. st.ni tashkil qiladi.
Shubhasiz, hech bir oqilona investor bu ikki holatni teng darajada qulay deb hisoblamaydi; shunga qaramasdan PBP usuli ular orasidagi farqni aniqlay olmaydi. Ba‘zi kompaniyalar PBP usulini to‘g‘irlaydi va bu ma‘lum darajada ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. PBPni hisoblashda ushbu kompaniyalar diskontlangan pul oqimlarini hisobga oladi. —Zenit” loyihasiga nisbatan diskontlashgan o‘lchamlarni qo‘llab, qoplashning diskontlashgan davri pul oqimlari bir yil davomida bir tekisda bo‘lishi sharti bilan 42925/3404 yilni tashkil qilishini ko‘ramiz, aks holatda u 5 yildan iborat bo‘ladi. “Super” loyiha umuman o‘zini oqlamaydi, ya‘ni uning kiritilayotgan pul oqimlari summasi dastlabki investitsiyalarga hech qachon teng kelmaydi.
  • PBP usuli yordamida hisoblashda barcha tegishli ma‘lumotlar ishlatilmaydi. Ushbu usul qoplash to‘lov muddati tashqarisida bo‘lgan barcha holatlarni rad etadi. Masalan, PBP usuli —Super” loyiha bo‘yicha kutilgan pul oqimlari bilan boshqa shunga o‘xshash loyihalar bo‘yicha kiruvchi va chiquvchi pul oqimlari o‘rtasidagi farqni to‘rtinchi yilgacha va har yili tejamkorlik hajmi 20 000 f. st. bo‘lgan keyingi 10 yil davomida ajrata olmaydi. Bu yuqorida ko‘rib chiqilgan qoplanishning diskontlashgan davrini aniqlash usuliga taalluqlidir.


  • PBP usulini ishlatish juda oson va har doim deyarli aniq natijalar beradi. Biroq natijalarining talqini bir xil emas. Muayyan kompaniyaning qoplash darajasi nimadan iborat? Qabul qilingan qaror so‘zsiz subyektiv bo‘ladi.


PBP usulining o‘zi firmani beixtiyor qaror qabul qilishga undaydi. Bundan qoplanish muddati eng kam bo‘lgan loyiha tanlanishi istisnodir. Hatto bu holatda ham mazkur usul firmani farovonlikni maksimallashtirishga emas, balki tez daromad olishga yetaklaydi.


PBPning himoya qiluvchilarining gapiga qaraganda, u eng risksiz loyihalarni tanlashga, ya‘ni vaqtning minimal davrida investitsiyalar riskka duch bo‘lgan loyihalarni aniqlashga ko‘mak beradi.
Ammo bu holatda ham PBP usuli riskni soddalashtirilgan ko‘rinishidan kelib chiqadi. U faqat loyihani muddatidan oldin tugashi bilan bog‘liq riskni hisobga oladi. Masalan, savdo kutiladigan darajadan past, zararlar rejadan oshib ketish holatlarini u inkor qiladi.
Umuman olganda, investitsiyaviy loyihani tanlashda PBP eng samarali usuli emasligini qayd qilish lozim, shuningdek, uning ishlatilishi nooptimal qaror qabul qilishga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga u NPVga qaraganda loyihaga boshqa ko‘z bilan qarashga imkon beradi. Ayniqsa bu likvidlilik masalasida asqotadi. Shunday qilib, PBP usuli NPV usuliga foydali qo‘shimcha ravishda ba‘zi bir tadqiqotchilar tomonidan ma‘qullandi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling