O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Korporativ boshqaruv va direktorlarning roli


Download 0.77 Mb.
bet6/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Korporativ boshqaruv va direktorlarning roli

So‘nggi vaqtlarda korporativ boshqaruv to‘g‘risidagi masala ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. “Korporativ boshqaruv” (corporate governance) termini kompaniyani boshqarish va uning ustidan nazorat qilish yo‘llarini ifodalash uchun qo‘llaniladi. Korporativ boshqaruv masalasi juda muhim, chunki kompaniya egalari (aksiyadorlar) odatda uning faoliyati ustidan har kunlik nazoratni amalga oshirmaydilar. Aksiyadorlar o‘zlarining manfaatlariga xizmat qilishlari uchun direktorlarni yollaydilar, hodisalarning ushbu holatini hisobga olib, direktorlarning qarori aksiyadorlarning oliy qiziqishlarini ifoda etadi deya taxmin qilish mumkin. Ammo, amaliyotda har doim ham bunday emas. Ba‘zan direktorlar, birinchi navbatda o‘zlarining qiziqishlari haqida qayg‘uradilar, masalan, ish haqini ko‘tarish lozimligi yoki qo‘shimcha imtiyozlar (qimmatbaho avtomobillar, xorijga sayohat va h.k.). Natijada aksiyadorlar va direktorlar qiziqishlari o‘rtasida nizo (konflikt) chiqishi mumkin.


Qachonki direktorlar shaxsiy manfaatlarini aksiyadorlar hisobidan boshqarsalar (ta‘minlasalar), bu, shubhasiz, aksiyadorlar uchun muammo bo‘ladi. Ushbu holat butun bir jamiyatga muammo bo‘lishi mumkin. Agar aksiyadorlarda ularning resurslari yomon boshqarilayotganligi borasida shubha paydo bo‘lsa, ular o‘z pullarini qo‘yilmaga qo‘yishni xohlamaydilar. Kapitalning yetishmasligi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan investitsiyalar miqdorining kamayishini bildiradi, pul resurslari qiymati esa oshadi, chunki kompaniyalar mavjud kapital uchun raqobat qiladilar. Shunday qilib, aksiyadorlar to‘g‘risida yetarli g‘amxo‘rlik qilmaslik iqtisodiyotning faoliyatiga qattiq ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday muammolardan qochish uchun bozor iqtisodiyoti yuqori raqobatbardosh bo‘lgan ko‘p mamlakatlar direktorlar
faoliyatini nazorat qiladigan hamda tartibga soladigan qoidalar tizimini tuzadilar.
Ushbu qoidalar odatda asosan 3 ta eng muhim prinsiplarga asoslangan.


  • Axborotning oshkoraligi. (Disclosure). Yaxshi korporativ

boshqaruv asosida yotadi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Tashkiloti ma'ruzasida (1998) kompaniyalar to‘g‘risida axborotni oshkor etishning quyidagi afzalliklari keltirilgan:


—Korporativ faoliyat to‘g‘risida o‘z vaqtida va adekvat axborot investorlarga aksiyalarni sotish yoki sotib olish borasida asoslangan qarorlarni qabul qilish imkoniyatini, hamda eng muhimi - bozorga mavjud boshqaruv tizimi asosida kompaniyaning qiymatini aks ettirishga yordam beradi”. Agar bozor boshqaruv tizimini samarasiz deb topsa, aksiyalar bahosining pasayishi boshqaruv tizimining susaygan (samaradorligi past)ligini tasdiqlaydi va uni o‘zgartirish uchun imkoniyat yaratadi.


  • Hisobdorlik (Accountability). Direktorlarning majburiyatlari

va rolining tavsifini, monitoring jarayonining adekvatligini ta‘minlashni o‘z ichiga oladi. Buyuk Britaniyaning korporativ qoidalari kompaniya direktorlarining aksiyadorlar manfaatlaridan kelib chiqib faoliyat yuritishlarini talab qiladi. Bu shuni anglatadiki, ular o‘zlarining mansab va bilimlarini aksiyadorlar hisobidan foyda olishga ishlatishga urinmasliklari kerak. Qonun ham yirik kompaniyalarning yillik hisobotlarini mustaqil auditdan o‘tkazishni talab qiladi. Mustaqil auditning maqsadi direktorlar tomonidan tayyorlanadigan moliyaviy hujjatlar (hisob-kitoblar)ga ishonchni oshirishdan iborat.




  • To‘g‘rilik, halollik (Fairness). Direktorlar aksiyadorlar uchun

mumkin bo‘lmagan (aksiyadorlar ololmaydigan) ichki (insayderlik)


ma‘lumotlarni boshqarishdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmasliklari
shart. Pirovardida, ham qonun, ham London fond birjasi direktorlarning
kompaniya aksiyalari bilan operatsiyalar o‘tkazishiga cheklov qo‘yadi.
Bunday cheklovlarga misol sifatida, kompaniya faoliyatining yillik
natijalarini e'lon qilishdan bevosita oldin, shuningdek, rejalashtirilgan
11
birlashish yoki ijrochi direktorning ketishi kabi muhim voqealarni xabar qilishdan oldin, direktorlar aksiyalarni sotishlari yoki sotib olishlari mumkin bo‘lmasligini aytish mumkin.



    1. Download 0.77 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling