O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA KITOB1
Birinchi shart-ko’nikma nima maqsadda shakllantirilishini anglashdir. Har
qanday ko’nikma-avtomatlashgan darajaga etkazilgan harakatlar tizimidir. Agar talaba o’quv materialini o’zlashtirishda ularning ahamiyatini tushunmasa, bu harakatlarni shakllantirish qiyin bo’ladi. Masalan: tikuv mashinasi kiyimni qaysi qismlarini tikishga mo’ljallanganligini va buning uchun kiyim materialiga mos ravishda ip va ignalar tanlanishi tartibini bilmasa, shu ishlarni bajarishdagi harakatlarni shakllantirish qiyin bo’ladi. Ikkinchi shart-mashqlarning tizimli bo’lishi. Odatda, ko’nikmalarni egallashdagi kamchiliklarga o’quv mashqlari tizimini tashkil etish va o’tkazishdagi kamchiliklar sabab bo’ladi, ya’ni mashqlarni o’tkazish uchun kerakli vositalar bilan ta’minlanmaganligi. Uchinchi shart-amaliy harakatlarni anglagan holda bajarish. Talabalar harakatlarning muayyan fikriy rejasiga asoslanishlari, ish jarayonlarining izchilligini yaxshi tushunishlari zarur. Ularni mexanik tarzda takrorlashga va yodlab olishga yo’l qo’ymaslik kerak. To’rtinchi shart-dastlabki amaliy harakatlar va jarayonlarga puxta tayyorlanish. Ular ongli ravishda reja asosida bajarilsa, ko’nikma tezroq, muvaffaqiyatliroq shakllanadi. Buning uchun talabalar nazariy bilimlarni yaxshi egallashlari kerak. Beshinchi shart-mashqlarni mustaqil bajarish va o’zini o’zi nazorat qilish. Talaba ko’nikmani mustaqil bajara boshlaganida u o’z harakatlarini nazorat qiladi. O’qituvchi talabaga o’z-o’zini nazorat qilish usullarini o’rgatishi zarur. Masalan, talaba kiyimni bironta detaliga bezak berish jarayonini amaliy o’rgangandan keyin, uyda o’zi mustaqil ravishda bajarishga va baho berishga o’rganadi. Oltinchi shart-bajarilgan mashqlar, amaliy ishlar tahlili va ularni baholash. O’quv ko’nikmalari va malakalarida ijobiy va salbiy jihatlar bo’ladi. Talabalar yo’l qo’yadigan tipik xatolar namoyon bo’ladi. Lekin o’quv xonasida yaxshi ishlarni namoyish qilish, rag’batlantirish kerak. Ijobiy namuna asosida o’qitish afzalroqdir. Agar ko’nikmani shakllantirish shartlariga rioya qilinsa, o’qitishning amaliy metodlari o’quv materialining muvaffaqiyatli egallanishiga olib keladi. Amaliy metodlarga mashqlar, instruktaj (yo’llanma)lar, o’quv qo’llanmalar bilan ishlash, laboratoriya tajribalari, kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish kiradi. Mashqlar – ta`lim jarayonini tadqiq qilish har bir yangi operatsiyani qisqa muddatli (5-15 minut) mashqlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu mashqlarni shartli ravishda ta`limiy mashqlar deyiladi. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida talabalar har xil buyumlar tayyorlar ekan, mehnat usullari va harakatlarini bajarish bo’yicha mashq qilishni davom ettiradilar. Bunday mashqlarni tayyorgarlik mashqlari deyiladi. Amaliy metod hisoblangan mashq talabalarning ko’nikma va malakalar hosil qilish maqsadida muayyan amallarni ko’p marta va ma’lum maqsadni ko’zlab bajarilishini ko’zda tutadi. Umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishga tadbiqan olganda, mashqlardan ko’zlangan asosiy maqsad talabalarning bilimlarini mustahkamlash hamda takomillashtirish, ularda olingan bilimlarni har xil ishlab chiqarish masalalarini echishga tatbiq etish ko’nikmalari hosil qilishdan iborat. Mashqlar odatda, dars davomida o’tkaziladi, ular o’quv faoliyatining barcha bosqichlari uchun xos bo’lib, o’quv jarayonidagi o’rniga qarab har xil didaktik vazifalarga ega bo’ladi va muayyan pedagogik talablarga javob berishi kerak. Mashqlarga nisbatan qo’yiladigan zarur talablardan biri ularning ma’lum Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling