O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA KITOB1
jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-ketlshdagi yaxlit jarayon
bo’lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir matssadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirshgan va kafolatlangan natija berishiga tsaratilgan pedagogik jarayondir. Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish o’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo’ygan maqsad, tanlagan mazmun, uslub, shakl, vositaga, ya’ni texnologiyaga bog’liq. O’qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bunda talaba larning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film (yoki tarqatma material, chizma va plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar) kerak bo’lar. Bularning hammasi o’qituvchi va talabalarga bog’liq. SHu bilan birga o’quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va shiroitni, eng asosiysi, talabalarning imkoniyati va extiyojini va hamkorlikdagi faoliyatni tashkil eta olishini hisobga olishi kerak. SHundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak. Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalaridagi o’qitish jarayonida “Juftlikda ishlash”, “Kontseptual xarita”, “Hamkorlikda ishlash”, “FSMU”, “Blits-so’rov”, “Zig-zag”, “Davra suhbati”, “Nilufar guli”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Sinkveyn”, “Pinbord”, “Bumerang”, “Debatlar”, “Insert”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Kubik”, “Tushunchalar tahlili”, “T-sxema”, “Venn diagrammasi”, “BBB strategiyasi”, “Ikki qismli kundalik”, “Esse”, “Taqriz”, “Keys-stadi”, “Baliq skleti”, “Assesment”,”Zinama-zina”, “Rolli o’yinlar” va shu kabi yuzlab har xil innovatsion ta’lim texnolgiyalari ishlab turibdi va pedagoglar o’z dars mashg’ulotlarining mazmuniga ko’ra ulardan samarali foydalanmoqdalar. 5.6. Ta’lim metodlarini tanlash. Ta’lim metodlarini tanlash birinchidan, darsda ko’zda tutilgan o’quv maqsadlariga bog’liq. Masalan, darsning maqsadi yangi bilimlarni o’rganishdan iborat bo’lsa, o’qituvchi bu bilimlarni o’zi bayon etadi yoki talabalarning kitob bilan mustaqil ishlashini tashkil qiladi. Birinchi holda u turli xil narsalarni ko’rsatish bilan qo’shib olib boriladigan hikoya, tushuntirish, ma’ruza yoki suhbat usulidan foydalanishi mumkin. Agar darsda talabalarda amaliy ko’nikmalar hosil qilinishi kerak bo’lsa, buning uchun mashq qilish usuli qo’llaniladi. Ikkinchidan, o’rganiladigan fanning mazmum va darsning aniq materialiga bog’liq bo’ladi. Masalan, «Tikuv buyumlari texnologiyasi» fanida o’rganish kiyimga ishlov berishda bir xil usullar, ishlab chiqarish ta’limi darslarida esa butunlay boshqa usullar qo’llaniladi. Ayrim hollarda o’rganilayotgan texnologik jarayonlarni talabalar bevosita kuzatishlari mumkin. SHuning uchun o’qituvchi bu kuzatishni tajribalarda yoki mehnat faoliyati jarayonida tashkil etadi. Agar ularni bevosita kuzatish mumkin bo’lmasa, o’qituvchi turli xil ko’rsatmali qurollarni namoyish qilishdan foydalanadi. Uchinchidan, talabalarning ilgarigi tayyorgarlik darajasiga va shaxsiy tajribasiga bog’liq. Agar yangi material talabalarga butunlay notanish bo’lsa, o’qituvchi buni ko’rsatmali qurollar va tajribalarni ko’rsatish bilan qo’shib o’zi bayon qiladi. Nihoyat, to’rtinchidan, ma’lum bir o’qitish usulini tanlash asbob-uskunalar, ko’rsatmali qurollar va o’quv jarayonining normal o’tishini ta’minlaydigan boshqa shart-sharoitlarning borligiga, shuningdek, o’qituvchining tajribasi, ish uslubi va shaxsiy sifatlariga bog’liq. O’qituvchining vazifasi-bu shart-sharoitlarni yaxshilash hamda o’zining pedagogik mahoratini doimo takomillashtirib borishdan iborat. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim: zamonaviy didaktikaning etakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari; o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xosligi; xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi; muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni; u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt; ta’lim oluvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi; ta’lim oluvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi; o‘quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi; o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari; o‘quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatilganligi. O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq echimlar qabul qiladi. Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 8. Ta’lim metodlari deganda nimani tushunasiz? 9. O’qish va o’qitish tushunchalarini izohlab bering? 10. Ta’lim metodlari qanday tasniflanadi? 11. Og’zaki ta’lim metodlarini qanday turlari mavjud? 12. Suhbat metodini o‘ziga xos xususiyatlari nimada? 13. Og‘zaki bayon etishda o‘qituvchi nutq texnikasi qanday bo‘lishi kerak? 14. Ko’rgazmali metodlarni afzalliklarini tushuntirib bering? 15. Mashq nima? 16. Innovatsiya tushunchasiga ta’rif bering? 17. Ta’lim metodlarini tanlash qanday mezonlarga asoslanadi? 6. TA’LIM JARAYONIDA KO’RGAZMALI VOSITALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling