O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA KITOB1
Tayanch so’z va iboralar: Tajriba-amaaliy mashg’ulotlar maqsadi, tajriba-
amaliy mashg’ulot turlari, miqloriy va sifatiy tajriba-amaliy mashg’ulotlar, frontal va nofrontal tajriba-amaliy mashg’ulotlar, tajriba-amaliylarni o’tkazish metodikasi, kirish, joriy va yakuniy yo’riqnoma. 7.1. Tajriba va amaliy mashg’ulotlarining maqsadi. Tajriba va amaliy mashg‘ulotlar - oliy ta’limda talabalar mustaqil suratda bajaradigan amaliy ish turlaridan hisoblanadi. Ular nazariy bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash, mustaqil tajribalar bajarish malakasini rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi. O’quv jarayonining asosiy bosqichlaridan biri bilimlarni amalda tadbiq etishdan iborat, buning natijasida talabalarda ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi. Umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishda olingan bilimlarni amalda tadbiq etish shakllaridan biri tajriba va amaliy mashg’ulotlaridir. Masalan: tuproqning qattiqligini tortish kuchiga ta’sirini tekshirish; moyning qovushqoqligini aniqlash; mashinaning ish unumdorligini aniqlash va hokazo. Masalan: dastgohlar va ularning mexanizmlarni qismlarga ajratish, yig’ish, sozlash, rostlash; tokarlik, parmalash, jilvirlash dastgohlarida, tikuv va to‘quv mashinalarida ishlash; biror kattalik yoki parametrlarni o’lchash, hisoblash va hokazo. Tаjribа mаshg’ulotlаridаn ko’zdа tutilаdigаn mаqsаd- muаyyan texnologik jаrаyonlаrni, qonuniyatlаrni, sаbаb-nаtijаli bog’lаnishlаrni vа shu kаbilаrni tekshirish mаqsаdidа turli xil eksperimentlаr o’tkаzish orqаli ushbu hodisаlаrni kuzаtish hаmdа tаhlil qilishni o’rgаnishdir. Аmаliy mаshg’ulotlаridаn ko’zdа tutilgаn mаqsаd - tаlаbаlаrdа texnikаviy obъektlаrni yanаdа chuqurroq o’rgаnish mаqsаdidа ulаrdаn foydаlаnish bilаn bog’liq bo’lgаn аmаliy ko’nikmа hаmdа mаlаkаlаr hosil qilishdir. Maxsus fanlar bo’yicha tajriba va amaliy mashg’ulotlar bevosita ishlab chiqarish xarakteriga ega emas. Ulardan ko’zlangan yagona maqsad - talabalarga mazmuni jihatidan umumkasbiy va maxsus fanlar bilan bog’liq bo’lgan texnologik jarayonlar, texnikaviy hodisalar, umumiy qonuniyatlar, amaliy qoidalar, texnikaviy talablar va shu kabilarni amalda o’rgatishdir. Tajriba-amaliy mashg’ulotlar davomida talabalar o’zlaridagi mavjud bilimlarni chuqurlashtiradilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar va bu bilimlarni amalda tadbiq etishga o’rganadilar, bu esa ularda kasbiy malakalarni oshirish uchun zarurdir. O’quv jarayoniida tajriba va amaliy mashg’ulotlar “sof holda” qo’llanilmaydi. Ular o’quv dasturlariga tajriba-amaliy mashg’ulotlar tarzida kiritilgan. O‘z vazifasi, o‘quv jarayonida tutgan o‘rni jihatidan umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bo‘yicha bajariladigan tajriba-amaliy ishlar nazariy ta’lim bilan ishlab chiqarish orasida oraliq vaziyatni egallaydi, hamda malakali mutaxassislar tayyorlashning bu ikki tomonini o‘zaro bog‘lashning eng muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Bu bog‘lanish tajriba-amaliy ishlar rukni va mazmunini aniqlashda, tajriba-amaliy ishlar jarayonida talabalar olgan uquvlarni ishlab chiqish jarayonida tatbiq etish va kengaytirishda, ularni o‘tkazish metodlari hamda metodik usullarini uyg‘unlashtirishda namoyon bo‘ladi. 8.2. Tajriba-amaliy mashg’ulot turlari. Tajriba-amaliy mashg’ulotlarni mazmuni va tashkil etish xarakteriga ko’ra qo’yidagi turlarga ajratiladi. Tajriba-amaliy mashg’ulotlarni ularning xarakteri jihatidan miqdoriy (miqdorga bog’liq bo’lgan) va sifatiy (sifatga bog’liq bo’lgan) ishlarga bo’lish mumkin. 8.2.1.Miqdoriy va sifatiy tajriba-amaliy mashg’ulotlar. Miqdoriy tajriba-amaliy mashg’ulotlar aniq o’lchashlar, hisoblab chiqarishlar, hisoblar bilan bog’liq. Ularning natijalari tekshirilayotgan ob’ekt yoki hodisalardagi miqdoriy bog’lanishlarni ochib beruvchi muayyan kattalik bilan ifodalanadi. Miqdoriy tajriba-amaliy mashg’ulotlarga quyidagilar misol bo’la oladi: maydalangan tuproqning sifat ko’rsatkichlarin aniqlash; ekish mashinalarida urug’ sarfini aniqlash; kultivator ishchi organlarini sozlash va hokazo. Sifatiy tajriba-amaliy mashg’ulotlar davomida talabalar xulosalar qiladilar, qonuniyatlarni aniqlaydilar, bilimlarini chuqurlashtiradilar; ularda zarur ko’nikmalar hosil bo’ladi. Sifatiy tajriba-amaliy mashg’ulotlarga quyidagilar misol bo’la oladi: metallarni cho’zilashga sinash; bajariladigan ishniig turiga qarab keskichlar tanlash; har xil dastgohlar va mashinalarning tuzilishini o’rganish va xokazo. 8.2.2.Frontal va nofrontal tajriba-amaliy mashg’ulotlar. Tajriba-amaliy mashg’ulotlar frontal va nofrontal o’tkazilishi mumkin. Tajriba-amaliy mashg’ulotlarni frontal tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega: o’qituvchini guruhdagi talabalarga rahbarlik qilishi va mashg’ulotning bajarilishini kuzatib turishi osonlashadi; butun guruhga bitta mavzu bo’yicha yo’riqnoma berish mumkin bo’ladi. Bu usulning kamchiliklari jumlasiga o’quv xonasida juda ko’p bir xil asbob-uskunalar yoki tarqatma materiallar bo’lishini talab etilishi kiradi. O’quv materialini darslarda o’rganishdan oldin yoki o’rganish bilan bir vaqtda bajariladigan tajriba-amaliy ishlar frontal o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Tegishli o’quv materialini o’rganishni tugallovchi tajriba-amaliy mashg’ulotlar ham frontal o’tkazilishi mumkin. Bunda tajriba-amaliy mashg’ulotlarning mazmuni ayrim guruhlar uchun har xil bo’ladi. Nofrontal shaklda tashkil etilgan tajriba-amaliy mashg’ulotlar qo’yidagi kamchilikga ega: ishlarni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish ma’lum darajada qiyin bo’ladi, chunki o’qituvchi barcha talabalarga umumiy ko’rsatma berish va natijalarni jamoa bo’lib muhokama qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Shunga Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling