O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA KITOB1
Frontаl tаjribа-аmаliy mаshg’ulotlаrdа guruhdаgi bаrchа tаlаbаlаr bir tipdаgi
jihozlаrdа yakkа-yakkа bo’lib yoki kichik guruhlаrgа bo’linib ishlаb, bir xil topshiriqni bаjаrаdilаr. Nofrontаl tаjribа-аmаliy mаshg’ulotlаrdа tаlаbаlаr kichik guruhlаrgа bo’linnib hаr xil mаshqlаrni bаjаrаdilаr yoki hаr xil jihoz vа moslаmаlаrdа ishlаydilаr. qaramay umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishda nofrontal tajriba-amaliy mashg’ulotlar ko’p hollarda o’tkaziladi,chunki bunda hamma talabalar uchun bir turdagi jihoz va moslamalarni bo’lishi shart emas. Tajriba-amaliy mashg’ulotlar davomida talabalar ma’lum bir jarayonni kuzatadilar, tavsiflaydilar, kattaliklarni o’lchaydilar, hisoblaydilar, biror hodisa bo’yicha eksperimentlar o’tkazadilar, natijalarni umumlashtiradilar, tahlil qiladilar, mexanizm va yig’ma birikmalarni qismlarga ajratadilar-yig’adilar, rostlaydilar, sozlaydilar, nazorat qiladilar. Umumkasbiy va maxsus fanlarni o’rganishda o’tkaziladigan tajriba-amaliy mashg’ulotlarini quyidagi 8.1-jadvaldagi ko’rinishda guruhlash mumkin. 8.1-jadval Maxsus fanlardan tajriba-amaliy mashg’ulotlarining mazmuniga ko’ra guruhlari T/ r Tajriba-amaliy mashg’ulot turi Tajriba-amaliy mashg’ulotlarda bajariladigan ishlar mazmuni O’quv fani nomi 1 Har xil texnikaviy hodisa va jarayonlarni, xom-ashyo, material hamda mahsulotlarning xossalarini kuzatish va tahlil qilish Po’latning xossalariga termik ishlov berishning turlari va rejimlari ta’sirini aniqlash Konstruktsion materiallar texnologiyasi Urug’larning ekilish xossalari (urug’ unuvchanligini, tozaligini, ekishga yaroqliligini aniqlash) Dehqonchilik asoslari 2 Mashina, mexanizm, apparat, asbob, moslama va shu kabilarning tuzilishi hamda ishlashini kuzatish va tahlil qilish Don yig’ish kombaynining sozlanishlarini amalga oshirish Qishloq xo’jalik mashinalari Erga ishlov berish texnologiyasini tuzish Qishloq xo’jaligini mexanizatsiya lashg 8.3.Tajriba-amaliy mashg’ulotlarini o’tkazish metodikasi. Maxsus fan o’qituvchilari maxsus fanlardan tajriba-amaliy mashg’ulotlarini o’tkazar ekanlar, talabalarni nazariy mashg’ulotlar davomida olgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanadilar, ularni chuqurlashtiradilar. Tajriba-amaliy mashg’ulotlardan ko’zda tutilgan maqsad ko’p jihatdan uni o’tkazish metodikasini talabalar ishiga maxsus fan o’qituvchisining rahbarlik qilish usullarini, ayrim tajriba yoki amaliy ishlarni bajarish tartibi va shu kabilarni belgilab beradi. Talabalar nazariy materialni o’zlashtirib olganlaridan, o’rganilayotgan hodisalar, jarayonlar bilan tanishganlaridan so’ng ular bilan tajriba-amaliy mashg’ulotni o’tkazish ancha oson ko’chadi. Bu holda o’qituvchining yangi mavzu bo’yicha mashg’ulot o’tkazishga oid o’quv axboroti nihoyatda qisqa va aniq bo’ladi. Natijasiga asoslanib talabalar ma’lum xulosalar chiqarishi kerak bo’lgan tajriba-amaliy mashg’ulotlarni bajarish ancha murakkab hisoblanib, ta’lim oluvchilarni bunga oldindan tayyorlash va o’qituvchining o’quv axboroti ancha batafsil bo’lishi zarur. Bunday ish davomida o’qituvchi talabalar ishini kuzatibgina qolmay, balki ularning faoliyatini yo’lga soladi, ularni zarur xulosalarga olib keladi. 3 Texnikaviy kattaliklar, parametrlar, xarakteristikalar orasidagi miqdoriy va sifatiy bog’lanishlarni tekshirish. Bu bog’lanishlarning optimal qiymatlarini aniqlash Traktorning tortish kuchini aniqlash Traktor va avtomobillar 4 Har xil texnikaviy va texnolgik kattaliklarni aniqlash va nazorat qilish uchun nazorat qiliash asboblaridan foydalanish usullarini o’rganish Tuproq namligini quritish pechi va tarozilar yordamida aniqlash Dehqonchilik asoslari Moyning qovushqoqligini viskozimetr bilan aniqlash Yonilg’i- moylash materiallari 5 Buzuqliklarni diagnostik qilish, sozlash, rostlash, moslash va h.k. Mashinalar agregatlari,mexanizm va tarkibiy qismlarini sozlash va rostlash Mashina va jihozlarga TXK va ta’mirlash O’qituvchi talabalarga tajriba-amaliy mashg’ulotlarining bajarilish jarayoniga yo’riqnoma berish yo’li bilan rahbarlik qiladi. Yo’riqnoma berishdan ko’zlangap asosiy maqsad talabalar ongida topshiriqni eng samarali bajarish uchun faoliyatning yo’nalish asoslarini yaratishdan iborat. Psixologlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, insonning mehnat faoliyati ikki tomonga: yo’nalish va ijro tomonlariga ega. Yo’nalish tomoni faoliyatning ob’ektiv sharoitlarining (masalalar, usullar, mezonlar, bajarilish shartlari, texnika vositalari va shu kabilar)ning inson ruhiyatidagi in’ikosi, ijro tomoni esa harakatning bevosita bajarilishi. I. P. Pavlov ta’limotiga ko’ra, yo’nalish refleksi markaziy asab tizimida shartli bog’lanishlar hosil bo’lishiga asos hisoblanadi. Bu bog’lanishlar bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilishniig fiziologik asosidir. Tajriba-amaliy mashg’ulotlarini o’quv jarayonida amalga oshirishda yo’riqnomalar tizimidan foydalaniladi. Yo’riqnomalar mashg’ulotda o’tkazilish vaqtiga ko’ra kirish, joriy va yakunlovchi yo’riqnomalarga; ma’lumot berish usuliga ko’ra og’zaki va yozma yo’riqnomaga bo’linadi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling