O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA KITOB1
Kirish yo’riqnomasi talabalarni tajriba-amaliy mashg’ulotlarni bajarishga
tayyorlashda juda muhim ahamiyatga ega. Har bir tajriba-amaliy mashg’ulot bajariladigan ishdan ko’zlangan maqsad, maqsad sari olib boradigan yo’llar talabalarga tushunarli bo’lgan taqdirdagina ijobiy va qimmatli natijalar beradi. Talabalar o’zlariga taklif etilayotgan ish o’rganilgan material bilan qanday bog’langanligini yoki yanada oldinga siljish uchun u qanday ahamiyatga ega ekanligini anglab olishlari kerak. Kirish yo’riqnomasining metodikasi ko’p jihatdan tajriba-amaliy mashg’ulotni o’tkazishdan ko’zda tutilgan asosiy didaktik maqsadga va uning qanday o’tkazilishiga bog’liq. Tadqiqot xarakteridagi tajriba-amaliy mashg’ulot Kirish yo’riqnomаsini o’tkаzishdаn mаqsаd mashg’ulot mavzusi ochib berilаdi, uni o’tkаzish rejаsi belgilаnаdi, ishni tаshkil etish, аsbob vа jihozlаr bilаn ishlаsh, yozuvlаr, hisoblаr yuritish, hisobot uchun mаteriаllаr tаyyorlаsh to’g’risidа zаrur ko’rsаtmаlаr berilаdi. o’tkaziladigan bo’lsa, o’qituvchi talabalarga bu mashg’ulotning tartibini batafsil gapirib beradi, kattaliklar qanday tartibda o’lchanishini, ularning qanday yozib borilishini tushuntirdi, ishni bajarish usullarini namoyish qiladi. Kirish yo’riqnomasi vaqtida ham, ishning borishi davomida ham o’qituvchi talabalar e’tiborini olinanigan natijalarni bir-biriga solishtirib ko’rish zarurligiga, ular orasidagi bog’lanishlarni aniqlashga, xulosalarni asoslashga jalb etadi. Bu vaqtda ta’lim oluvchilarga sekin-asta asosiy xulosaga olib keladigan savollar berish foydali. Masalan, “Sharbat tayyorlash” mavzusidan tajriba-amaliy ish o’tkazishda o’qituvchi talabalar e’tiborini uzum mevasida ozuqa moddalarni saqlab qolish quritish vaqti va haroratiga bog’liqligini aniqlash zarurligiga qaratadi. Kirish yo’riqnomasi o’tkazish metodikasiga tajriba-amaliy mashg’ulotlarning tashkiliy shakllari katta ta’sir etadi. Tajriba-amaliy mashg’ulot frontal shaklda olib borilganda o’qituvchi butun guruhga, asosan, og’zaki tarzda batafsil yo’riqnoma beradi. Og’zaki yo’riqnomaning asosini tajriba-amaliy mashg’ulotni bajarish usullarini tushuntirish va ko’rsatishning qo’shib olib borilishi tashkil etadi. Gap shundaki, talabalar uchun harakatni to’g’ri bajarishning yo’nalish asosi bo’lib bu harakatning konkret namunasi hisoblanadi. Talabalar ishni bajarish davomida ana shu namunaga taqlid qiladilar va o’z harakatlarini unga solishtirib ko’radilar. Talabalarda faoliyatning bunday yo’nalish tomonini o’qituvchi usullarni ko’rsatib hosil qiladi. Joriy yo’riqnoma. Tajriba-amaliy mashg’ulotining bajarilishiga rahbarlikni o’qituvchi ish o’rinlarini aylanib chiqish davomida joriy yo’riqnoma berish yo’li bilan amalga oshiradi. Ba’zan o’qituvchining o’zi savollar berib, talabalarning ishni qanchalik ongli ravishda bajarayotganliklarini tekshirib ko’radi. O’qituvchi talabalarning ishi Joriy yo’riqnomаni o’tkаzidаn mаqsаd o’qituvchi ishning borishini nаzorаt qilаdi, ishni bаjаrishdа pаydo bo’lgаn tushunmovchilik vа qiyinchiliklаrni engishdа tаlаbаlаrgа yordаm berаdi, ishni to’g’ri bаjаrish bo’yichа tаlаbаlаrning sаvollаrigа jаvob berаdi. ochiq-oydin noto’g’ri yo’ldan ketayotganligini yoki talabalar xavfizlik texnikasi qoidalarini buzayotganligini ko’rgan taqdirdagina ularning ishiga aralashadi. Joriy yo’riqnoma jarayonida o’qituvchi bir zveno yoki bir talabaga yordam ko’rsatar ekan, zinhor boshqa zveno yoki talabalarni nazardan chetda qoldirmasligi kerak. Talabalarga beriladigan yordam aytib berishdan yoki boshqasiga almashtirishdan iborat bo’lmasligi lozim. O’qituvchi talabalarning ishini kuzatar ekan, ularning mustaqil ishlashiga yo’l qo’yib berishi, arzimagan xatolar uchun ularni koyiyvermasligi zarur. Agar talaba qiynalib qolsa, qo’shimcha savollar berish yo’li bilan uni shunday yo’lga solib yuborish kerakki, oqibatda talabaning o’zi nuqsonlarning sababini tushunadigan va ularni tuzatish yo’llarini aniqlaydigan bo’lsin. Agar talaba asboblardan to’g’ri foydalanishga qiynalsa, unga tegishli usullarni qaytarib ko’rsatish va ularni takrorlashni taklif etish lozim. Murakkab tajriba-amaliy ishlarni bajarishning ma’lum bosqichida ishniig talabalar bajargan qismini nazorat qilish foydalidir. Masalan, elektrotexnikadan tajriba-amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda o’qituvchi bunday nazoratni topshiriqqa tegishli elektr sxemalar yig’ilgandan keyin, ish o’rinlariga tok berishdan oldin o’tkazadi. Agar tajriba-amaliy mashg’ulot zvenolarga bo’linib bajariladigan bo’lsa, ishda butun zveno a’zolari ishtirok etishiga erishmoq kerak. Zvenoda ish shunday taqsim qilinishi kerakki, har bir talaba ma’lum vazifani bajaradigan bo’lsin. Talabaning yoki zvenoning ishi topshiriqni tahlil qilishdan va uni bajarish tartibini o’rganishdan boshlanadi. So’ngra talabalar barcha zarur narsalarni taxt qilib va ish o’rnini puxta tayyorlab, topshiriqning ayrim bosqichlarini bajarishga kirishadilar, zarur hisoblashlarni, yozuvlarni bajaradilar, xulosalarni ta’riflaydilar. Tajriba-amaliy mashg’ulotlar bajarilgandan keyin barchf talabalar bilan birga Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling