O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari (AATex) —


Download 6.49 Mb.
bet12/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari (AATex) — boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun rivojlangan dasturiy ta‘minlanish, hisoblash texnikasi va aloqaning 17
foydalanilgan vositalari hamda axborotlarni mijozlarga taklif qilishning usullarini qo'llash asosida axborotlarni yig'ish, ro'yhatga olish, uzatish, jamlash, qidirish, ishlab chiqish va himoyalash opеratsiyalarini amalga oshirish usullari va vositalarining tizimiy tashkil qilingan majmuidir.
Texnologiya dеganda kеng ma‘noda uch xil: axborotli, uskunaviy va ijtimoiy nuqtai nazarlarni o'z ichiga oluvchi moddiy boyliklarni ishlab chiqarish haqidagi fan tushuniladi. Axborotli nuqtai nazar ishlab chiqarishning tamoyillari va usullarini bayon qilinishini, uskunaviy ishlab chiqarish yordamida amalga oshiriladigan mehnat qurollarini, ijtimoiy — xodimlar va ularni tashkil qilishni amalga oshiradi. Tor sanoat ma’nosida, texnologiya deganda yakuniy mahsulotni olish maqsadlarida mehnat predmeti ustidan qilinadigan harakatlarning izchilligi tushuniladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tushunchasi milliy iqtisodiyotda yigirmanchi asrning so'nggi o'n yilligida informatikaning vujudga kelishi jarayonlarida paydo bo'lgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari axborotlarni ishlab chiqish haqidagi fan sifatida axborotlarni boshqa moddiy resurslar bilan bir qatorda butunlay haqiqiy ishlab chiqarish resursi sifatida ko'rib chiqila boshlaganligi uchun vujudga kelgan. Buning ustiga, axborotlar va ularning yuqori darajasi — bilimlarni ishlab chiqarish yangi sanoat texnologiyalarini zamonaviylashtirish va yaratishga hal qiluvchi ta’sir ko'rsatdi.
Insoniyat o'zining rivojlanishi jarayonida, eng avvalo, uning mehnatini engillashtiruvchi va samaraliroq qiluvchi mehnat qurollarini yaratishga e‘tibor bergan. Shunday fikr mavjudki, dastlabki mehnat qurollarining paydo bo'lishi va axborotlarni almashtirishga ilk harakatlar o'rtasida insoniyat million yillik yo'lni bosib o'tgan.
Eng sodda axborot texnologiyalari paydo bo'lishiga yozuvning yuzaga kelishini kiritish mumkin. Bu, qoyalardagi rasmlar va po'stloq, papirusdagi rasm va belgilardir. Axborotlardan nusxa ko'chirishga imkon beruvchi va hozirgi vaqtda ham katta o'rin egallovchi qog'ozli axborot texnologiyalari asrini ochgan kitobning bosib chiqarilishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishiga qudratli turtki bergan.
Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi quyidagilar: texnik ta’minot texnologiyasi, telekommunikatsiya texnologiyasi, dasturiy ta‘minot texnologiyasi. Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining aniq variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi. Ularning ayrimlari axborot texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi texnik vositalardan, ko'proq kompyuterlar, kommunikatsiya texnikalari, tashkiliy texnika vositalari, dasturiy ta’minot, tashkiliy - uslubiy materiallar va texnologik zanjirga birlashgan personaldan iborat bo'ladi. Ushbu harakat zanjiri axborotlarni yig'ish, uzatish, to'plash, saqlash, qayta ishlash, foydalanish va tarqatishni ta‘minlaydi. Ushbu texnologiyalarning asosiy tarkib topishi 2.2 - rasmda keltirilgan.
Agar axborot tizimining butun hayotiy tsikli ko'rib chiqiladigan bo'lsa, avtomatlashtirilgan axborot tizimi deganda, axborot tizimlarini, bazaviy, dasturiy, apparat va kommunikatsiya platformani loyihalash uslubiyoti va texnologiyasi majmui tushuniladi.
Texnologiyalar yadrosi

Texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash tarmoqlari
2.2 - rasm. Tехnologiyalar tarkibi.
Axborot texnologiyasining asboblari - foydalanuvchining maqsadga erishishini ta’minlaydigan ish texnologiyasi, ma’lum bir turdagi kompyuter uchun mo'ljallangan o'zaro bog'liq bir yoki bir necha dasturiy mahsulotlar sanaladi.
Har qanday axborot texnologiyasining maqsadi - belgilangan tashuvchi vositada talab qilingan sifat darajasida kerakli axborotlarni olishdir. Ayni paytda axborotlarni qayta ishlash jarayonining tezkorligi va ishonchliligi, axborot resursidan foydalanish jarayonining ko'p mehnat talab qilishiga, ma’lumotlarni qayta ishlash qiymatiga nisbatan cheklashlar bor.
Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassislarga, texnik xodimlarga axborotlarni qayta ishlash va qaror qabul qilishda, o'z vaqtida ishonchli va kerakli hajmda axborot olish, avtomatlashtirilgan ofislar tashkil etish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo'llagan holda tezkor majlislarni o'tkazish uchun mo'ljallangan zamonaviy axborot tizimlarini yaratish imkonini beradi.
Axborotlarni uzatish va almashtirishga ehtiyojni insoniyat o'z rivojlanishining eng dastlabki pallalaridayoq sezgan. Agar boshida axborotlarni uzatishni jadallashtirish uchun gulxanlar, choparlar, keyin pochta semaforli telegraf va boshqalardan foydalanilgan bo'lsa, elektr telegraf va telefonning kashf qilinishi bilan axborotlarni uzatish imkoniyatlari tubdan o'zgardi. Radio va televideniye, keyin kompyuterlar, aloqaning raqamli tizimlari va hisoblash tarmoqlarining kashf qilinishi, 1978-yilda birinchi ShKning kashf qilinishi va uning axborotlarni jamlash, qayta o'zgartirish hamda uzatishning xuddi uskunaviy vositasi sifatida benihoya tez tarqalishi va rivojlanishi yangi avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini amalda inson faoliyatining barcha sohalariga tadbiq etishga imkon berdi. Aloqa vositalari axborotlarni ishlab chiqish, jamlash va aks ettirish sohasidagi yutuqlarini integratsiyalash avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini shakllanishiga ko'maklashdi (2.3 - rasm).




1980-y.

ААТех

2.3 - rasm. Texnik yutuqlar asosida AATexni shakllantirish.

1978- y.

1956- y.
1945- y.

1922- y.


Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining asosini quyidagi texnik yutuqlar tashkil qiladi:

  • magnitli va optik disklar kabi mashina manbalarida axborotlarning katta hajmlarini jamlash vositalarini yaratish;

  • amalda yer sharining istalgan nuqtasida axborotlarni qabul qilish, foydalanish va uzatishga imkon beruvchi radio va televizion aloqa, teleks, telefaks, aloqaning raqamli tizimlari kompyuter tarmoqlari, kosmik aloqa kabi turli xildagi aloqa vositalarini yaratish;

  • belgilangan algoritmlar bo'yicha axborotlarni ishlab chiqish va aks ettirishga bilimlarni jamlash va generatsiyalashga imkon beruvchi kompyuterlarni, ayniqsa, shaxsiysini yaratish.

Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari barcha axborot operatsiyalarini avtomatlashtirish doirasini oshirishga va demak, jamiyatning ilmiy-texnik taraqqiyotini jadallashtirishga yo'naltirilgan.
Falsafiy ma‘noda axborotlar haqiqiy dunyoning aks ettirilishidir; u bir xaqiqiy obyekt boshqa bir haqiqiy obyekt haqida ega bo'lingan ma’lumotlardir. Snunday qilib, axborot tushunchasi u aks ettirayotgan belgilangan obyektning xususiyati bilan bog'liq.
Axborotlar matematik turdagi mavhum tushunchalarni ham o'z ichiga olishi mumkin. Ammo bir qator xususiyatlari axborotlarni moddiy dunyoga yaqinlashtiradi.
Masalan, axborotlarni olish, yozish, uzatish, o'chirish mumkin. Axborotlar yo'qdan vujudga kelishi mumkin emas. Ammo axborotlarni real dunyodan ajratuvchi xususiyatlari Ьог.
Axborotlarni bir tizimdan boshqasiga uzatishda uning uzatuvchi tizimdagi soni kamaymaydi, uzatuvchi tizimda uning soni qoidaga ko'ra qo'paysa ham. Bundan tashqari axborotlarni uning manbalaridan mustaqilligi kuzatiladi, chunki turlicha jismoniy muhitlar bo'yicha uning semantikasi, ya‘ni mazmundorligi, mazmunidan qat‘iy nazar turli-tuman jismoniy signallar yordamida o'zgartirilishi mumkin. Har qanday moddiy obyekt haqidagi axborotlar kuzatish yo'li bilan, tabiiy yoki hisoblash tajribasi yoki mantiqiy xulosa yo'li bilan olinishi mumkin. Shu munosabat bilan, axborotlar tajribagacha bo'lgan yoki tajriba va dalillardan ayrim va tajribadan keyingi yoki tajriba va dalillarga asoslangan, o'tkazilgan tajriba natijasida olinganlarga bo'linadi.
Moddiy dunyoda axborotlar almashuvi, uning o'zgarishi va uzatilishi sodir bo'lishi uchun axborotlarning manbasi, uzatkich, aloqa kanali, qabul qiluvchi va axborotlar oluvchisi bo'lishi kerak. Uzatish muhiti axborot manbasi va oluvchisini axborot tizimiga birlashtiradi (2.4-rasm). Bunday axborot-kommunikatsiya texnologiyalari nafaqat odamlar orasida vujudga keladi. Axborotlar almashish hayvonot va o'simlik dunyosida ham sodir bo'ladi. Agar inson axborot tizimlarining ishtirokchisi bo'lsa, unda gap ma‘naviy axborotlar, ya‘ni inson tomonidan aks ettiriladigan axborotlar haqida ketadi. Axborotlarni oluvchi uni axborotlardan qanday vazifa uchun foydalanishiga muvofiq baholanadi. Shu bois ham axborotlar nisbiylik xususiyatiga ega. Bitta axborotning o'zi bitta oluvchi uchun chuqur ma‘noga ega va g'oyatda qimmatlidir, boshqasi uchun esa oldindan ma‘lum yoki foydasizdir. Masalan, yuqori energiyali zarrachalar fizikasidagi so'nggi yutuqlar haqidagi axborot yadrochi fizik uchun juda muhim va agronom uchun butunlay foydasizdir.
Axborotlar turlari bo'yicha tasniflanadi. Ilmiy axborot — tabiat, jamiyat va tafakkurning obyektiv qonunlarini eng to'liq aks ettiruvchi axborotdir. U olinish yoki foydalanish sohasi bo'yicha siyosiy, iqtisodiy, texnik, biologik, fizik, belgilanishi bo'yicha ommaviy va maxsusga bo'linadi.

2.4. - rasm. Axborotlarni foydalanuvchiga yetkazib berish texnologiyasi.

Tashkiliy boshqaruv tizimlarida kishilarni boshqarish bilan bog'liq iqtisodiy axborot va texnik obyektlarni boshqarish bilan bog'liq texnik axborotlar farqlanadi.
Iqtisodiy axborot moddiy boyliklar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish, avtomatlashtirilgan iste’mol qilish jarayonlarini aks ettiradi. Iqtisodiy axborot ko'proq ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog'liqligi sababli, u ko'pincha ishlab chiqarish axboroti dеb ataladi.
Iqtisodiy axborot natijaviy axborotning ko'pgina turlarini olish uchun katta hajmi, ko'p martalab foydalanilishi, mantiqiy operatsiyalarning katta soni va nisbatan murakkab bo'lmagan matematik hisob-kitoblar bilan ta’riflanadi.
Bozor munosabatlari sharoitlarida axborotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga o'sib borayotgan talab shunga olib keladiki, axborotlarni ishlab chiqishning zamonaviy texnologiyasi texnik vositalar va, eng avvalo, ShK, kommunikatsiya vositalarining juda xilma-xil turlarini qo'llashga mo'ljallangan. Ular asosida nafaqat axborotlarni jamlash, saqlash, qayta ishlash, balki terminal qurilmalarni mutaxassis yoki qaror qabul qiluvchi rahbarning ish joyiga judayam yaqinlashtirish maqsadida turli konfiguratsiyalardagi hisoblash tizimlari va tarmoqlari tashkil qilinadi. Bu AATtex ko'p yillik rivojlanish yutug'idir.
1950-yillarning oxirida EHMning paydo bo'lishi va ulardan foydalanish imkoniyatlarining jadallik bilan takomillashuvi boshqaruv mehnatini avtomatlashtirish, axborot mahsulot va xizmatlar bozorini shakllantirish uchun haqiqiy shart-sharoitlarni yaratdi. AATex rivojlanishi axborotlar ishlab chiqish va uzatish texnik vositalari yangi turlarining paydo bo'lishi, EHM va ShK foydalanishning tashkiliy shakllarini takomillashishi, infratuzilmani
kommunikatsiyalar yangi vositalari bilan to'ldirilishi bilan parallel ravishda bordi. AATex evolyutsiyasi 2.2-jadvalda berilgan.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling